Differensiatsiya prinsipi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra shakli bir xil bo‘lgan (omonim) yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan (paronim) so‘zlar yozuvda diakritik belgilarni ishlatish orqali farqlanadi: atlas (geografiya) - atlas (mato), hozir (ravish) - hozir (sifat), tana - ta’na, davo - da’vo.
Semantik-uslubiy prinsip: semantikprinsip so‘z yoki so‘z shakllarining imlosini ulaming ma’nolariga tayanib belgilaydi. Masalan, lola, po‘lat (turdosh otlar) - Lola, Po‘lat (atoqli otlar), ishchi (“-chi" - kasb oti yasovchi) - ish-chi? (“-chi" - so‘roq yuklamasi), senda (“da" - o‘rin-payt kelishigi affiksi) - sen-da! (“-da" - kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi) kabi;
uslubiy prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so‘z yoki grammatik shakllarning semantik tarkibidagi uslubiy semalarning nutqdagi faollashuvini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, ota, ona, vatan, siz, o‘zingiz kabi so‘zlar yoki grammatik shakllar shu so‘zlar (shakllar) orqali ifodalangan shaxslarga yoki tug‘ilib o‘sgan yurtga, diyorga alohida hurmat-e’tibor bildirilganda bosh harf bilan yoziladi: Ota, Vatan, Ona, Siz, O‘zingiz kabi. Shuningdek, gap ichida tinchlik, ozodlik, mehnat, baxt kabi so‘zlarning ba’zan bosh harf bilan boshlanishi ham uslubiy prinsip talablaridan kelib chiqadi. Masalan, Yashasin Ozodlik, Tinchlik kabi56.
Bundan tashqari, ba’zi adabiyotlarda grafik, sintaktik prinsiplar haqida hamma’lumotlar uchraydi .
O‘zbek tili orfografiyasida fonetik, fonematik va morfologik tamoyillar yetakchi o‘rin tutadi. Orfografiya tamoyillari, imlo qoidalarini mukammal o‘rganish adabiy tilning imkoniyatlaridan imkon qadar to‘liq foydalanishga, yozma nutqda ham og‘zaki nutqdagi kabi ravon va to‘g‘ri fikr ifodalashga, imloviy, uslubiy, ishoraviy xatolarning oldini olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |