Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Nuqtali vergulning qo‘llanish holatlari


Download 0.58 Mb.
bet34/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

Nuqtali vergulning qo‘llanish holatlari
Nuqtali vergulning o‘zbek yozuvida qo‘llana boshlashi XIX asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. U o‘zbekcha matnlarda 1885-yillardan boshlab qo‘llangan. Nuqtali vergul (;) bir tinish belgisidir. Bir-birlariga baylanishli bo‘lg‘anlari uchun nuqta bilan ajralishlari istanilmagan gaplar orasig‘a qo‘yiladir: Ota ko‘ngli bolada; bola ko‘ngli dalada. Mulla bilganing o‘qur; tovuq ko‘rganin cho‘qur. Yaxshi otg‘a bir qamchi; yomon otg‘a ming qamchi .
Nuqtali vergul, yozma nutqda qo‘llanish o‘rniga ko‘ra aralash holda ishlatiladigan tinish belgilari guruhiga kiradi. Nuqtali vergul, gapning tugallanish chegarasini ko‘rsatish bilan birga, uning ma’no jihatdan keyingi gapga yaqin emasligini ham bildiradi: ma’nosi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni hodisani turli tomondan izohlovchi gaplarning chegarasini ko‘rsatadi.
Nuqtali vergul ikki elementli tinish belgilaridan sanaladi: unda nuqta va vergul vertikal holatda (;) joylashadi. Shuning uchun ham uning nomi nuqtali verguldir. Yozma matnlarda nuqtali vergul boshqa tinish belgilariga nisbatan kam qo‘llanadi.
Hozirgi o‘zbek tilida nuqtali vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:


  1. Gapda uyushiq bo‘laklar me’yoridan ortiq ko‘p bo‘lganda, ularni muayyan bir tarzda guruhlab berish zaruriyati tug‘iladi va ayni shu guruhlarning har biri nuqtali vergul bilan ajratiladi: Demak, bu daraxt ro‘dapo boyar choponlarini-yu xipcha kamzul, yasama sochlarni; qora frak va silindrlar-u, charm kurtka va budyonovkalarni; shalviragan ishtonlaru torpocha shimlarni ko‘rgan. (R.Hamzatov). Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda beriladi.


  2. Muayyan tasnif tarkibidagi tartibni bildiruvchi raqamlar (yoki harflar) qavs bilan ajratilgan bo‘lsa, ular bilan ko‘rsatilgan so‘z, so‘z birikmasi va gaplar oxiriga (eng so‘nggisidan tashqari) nuqtali vergul (ba’zan vergul) qo‘yiladi: Nutq ham til va yozuv kabi ikki xil shaklga ega: a) og‘zaki nutq; b) yozma nutq. («Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligi) Affiksal morfemalar ma’nosi va fazifasiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) so‘z yasovchi qo‘shimchalar; 2) shakl yasovchi qo‘shimchalar. (Q.Sapayev)


  3. Boglovchisiz yoki murakkab qoshma gap tarkibidagi gaplar mazmunan sezilarli mustaqil bolib, bir-biriga mazmunan bevosita yaqin bolmaganda, odatda ular orasiga nuqtali vergul qoyiladi: Hamidaning boshi og‘irlashib ketdi; ikki marta sekin, og‘zini ochmasdan esnadi. (A.Qahhor) Faqat pashsha g‘ing‘illaydi, bemor inqillaydi; har zamon yaqsin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi. (A.Qahhor) Uotasi singari baland bo‘yli, keng yag‘rinli; otda ko‘p yurgani uchun oyog‘ini kerib tashlaydi, ovda ko‘p bo‘lganidan fikrini qo‘l harakati bilan ham tushuntirib 18 gapiradi. (Sh.Xolmirzayev) Chet yoqalariga barra qo‘zi terisi yopishtirib tikilgan, yoqasi ochiq pochapo‘stin kiygan bo‘lsa, o‘ziga, po‘stini keng ko‘kragiga yarashib turgan bo‘lsa, o‘ziga; sog‘lom, baquvvat, o‘ktam, ko‘zlari tiniq, tani misday bo‘lsa, o‘ziga; Bozorboydan besh yosh katta bo‘lsa, o‘ziga; uning bular bilan necha pullik ishi bor, axir. (Ch.Aytmatov)


  4. Boglovchisiz yoki murakkab qoshma gap tarkibidagi gaplar bir nechta bolsa, ularning mazmunan bir-biriga yaqinlari vergul bilan ajratilib, qolgan muayyan bir yoki bir nechtasi nuqtali vergul bilan ajratiladi: Dunyoda boshqa bunday baxtiyor odam yo‘q, bo‘lmagan ham; omadim bor ekan, men xuddi nog‘orasini chertib o‘yinga tushayotgan yovvoyi odamga o‘xshayman. (Ch.Aytmatov) Choponning ishi qaynagan palla: mol haydaydi, ko‘ch-ko‘ronini tashiydi va hammasidan og‘irrog‘i, qo‘ylarning junini qirqadi; bularning hammasi qo‘shilib, bosh qashigani qo‘l tegmay qoladi. (Ch.Aytmatov) Vaholanki, ketaman deb, ariza berib ko‘r-chi, darrov senga militsiyani to‘g‘rilashadi, pasportni olib qo‘yishadi, hech qanday hujjat-pujjat berishmaydi; bor, akasi, ishingni qil, ketishga ruxsat yo‘q, deyishadi. (Ch.Aytmatov)
  5. Bog‘lovchisiz yoki murakkab qo‘shma gap tarkibidagi gaplarda ifodalangan voqea-hodisalarni solishtirish, qiyoslash mazmuni aniq ifodalanganda, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Ba’zilar ularning juda-juda inoq yashashlarini aytisharmish; ba’zilar esa aksincha, gap tarqatisharkanki, osmondan tushib, yerdan chiqqandek kopayishib ketgan odamlarning bir-birlarini ko‘rishga ko‘zlari, otishga o‘qlari yo‘q deyisharkan. (Sh.Bo‘tayev) Ana, Ildam ham hozir-u nozir; mana, Suyginoy - onasining ko‘zlariga tik va sadoqat bilan boqadi; ularning yonida Toshchaynar, nari borib-beri kelib turibdi. (Ch.Aytmatov) Ozgina yolg‘on ham ulug‘ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir. (A.Navoiy)


  6. Bir qancha gaplar uyushganday bo‘lib, yaxlit bir bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etganda, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Razzoq so‘fining sovuq yuzlari uning ko‘zlaridan yiroqlashganlar; nasihat yo‘li bilan minglarcha marta aytilgan va ta’kidlangan so‘zlar unutilgan; sovuq sufilarning “harom” degan da’volari sinib, parcha-parcha bo‘lgan; “nomahramlik” safsatalari ot oyoqlari ostida yanchilgan; to‘rt devorning bu tutqun qizi o‘ziga o‘xshagan tutqunlardan boshqa hech bir guvoh va tilchi bo‘lmagan shu keng dalaning quloch yetmas bag‘rida yillardan beri tug‘ilib kelgan alamlarini kuyga aylantirib, cheksiz bo‘shliqlarga yoyib yuborgan edi. (Cho‘lpon). Kamdan-kam uchraydigan qilg‘ilik bilan qo‘lga tushgan; jazo bataloni kazarmalarida bor-yo‘g‘i erkaklar bilan yotgan; xizmat mavqeidan foydalanib, ularni shunga majbur qilgan, xolos. (Ch.Aytmatov)





Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling