Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet16/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

ExoKG diagnostikada asosiy ahamiyat kasb etadi. Bunda mitral teshik torayish darajasi bo‘lmachalararo to‘siq defekti kattaligi va nuqsonga xos bo‘lgan boshqa belgilar aniqlanadi.
Rentgenologik tekshirishda o‘pka tasvirining kuchayishi va yurak chegaralarining kengayganligi ko‘rinadi. Chap qorincha odatda kattalashmagan. Yurak bo‘shliqlarini kateterizatsiyalash va angiokardiogrammani qayt qilish ko‘p ma’lumot beradi. O‘ng bo‘lmacha va qorinchada hajm va bosimning oshganligi, chap bo‘lmachada kateter orqali kontrast yuborilganda to‘siq orqali o‘ng bo‘lmachaning kontrastlanishi aniqlanadi.
Davolash
Lyutembaxer sindromini davolash xirurgik yo‘l bilan bajariladi. Bunda ikkala nuqson birgalikda bartaraf qilinadi. Operatsiyaga faqat o‘pka gipertenziyasining og‘ir bosqichi va keskin ifodalangan miokard distrofiyasi monelik qilishi mumkin. Oddiy hollarda mitral komussurotomiya qilinadi. Klapanning deformatsiyasida va tabaqalar kalsinozida mitral klapanni protezlash operatsiyasi bajarilib, BATY (bo‘lmachalararo to‘siq yetishmovchiligi) plastika qilinadi.
FALLO TETRADASI
1886- yilda fransuz patanatomi Fallo birinchi bo‘lib bu nuqsonni batafsil yozgan. Bu nuqson yurakning sianotik tipdagi tug‘ma nuqsonlari o‘rtasida 75-80% ni tashkil qilib barcha tug‘ma poroklar ichida 11-16% gacha uchraydi.
Fallo triadasi: Bunda 3 ta nuqson kuzatiladi: 1. O‘pka arteriyasining chiqish qismi stenozi; 2. Bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni; 3. O‘ng qorincha devori gipertrofiyasi.
Fallo tetradasi: 1.O‘pka arteriyasining chiqish qismi stenozi; 2.Qorinchalararo to‘siq nuqsoni; 3.Aorta dekstrapozitsiyasi; 4. O‘ng qorincha gipertrofiyasi.
Fallo pentadasi: 1.O‘pka arteriyasining chiqish qismi stenozi; 2.Qorinchalararo to‘siq nuqsoni; 3.Aorta dekstrapozitsiyasi; 4. O‘ng qorincha gipertrofiyasi; 5.Bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni bilan xarakterlanadi.
Fallo tetradasining rivojlanishida asosiy omil arteriya konusining soat strelkasiga teskari rotatsiyasi hisoblanadi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling