Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


EKGda qorinchalar gipertrofiyasi va bo‘lmachalar gipertrofiyasining alomatlari. ExoKG


Download 39.35 Kb.
bet12/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

EKGda qorinchalar gipertrofiyasi va bo‘lmachalar gipertrofiyasining alomatlari.
ExoKG juda katta diagnostik ma’lumotlar beradi. O‘ng bo‘limlar kateterizatsiyasida o‘ng qorincha va o‘pka arteriyasida bosimning oshishi aniqlanadi va shu yerdagi qonning kislorodga to‘yinganligi qayd qilinadi.
Angiokardiografiyada defektning o‘rni, uning o‘lchamlarini aniqlashga va hamroh nuqsonlarni istisno qilish imkonini beradi.
Davolash
Katta o‘lchamdagi defektda (1 sm va undan katta) bir qator radikal va palliativ operatsiya turlari qo‘llaniladi.
Palliativ operatsiyalar o‘pkada qon oqishi va bosimini kamaytirish maqsadida o‘pka arteriyasini manjet yordamida kichraytiriladi. o‘pka arteriyasi qalin ipak ip yoki qalin ipak tasma yordamida tikilib kichraytiriladi.
Radikal operatsiyaga defektni yopish operatsiyasi kiradi. Radikal operatsiyalardan QATYni yopish operatsiyasi eng ko‘p qo‘llaniladigan operatsiya bo‘lib, u nafaqat izolyatsiyalangan QATYda boshqa murakkab nuqsonlarda (Fallo tetradasi, umumiy arterial o‘zak, tomirlarning o‘ng qorinchadan boshlanishida) ham qo‘llaniladi.
Defektni yopishni ikki usuli bor:

  • bevosita tikish

  • defektga yamoq qo‘yish.

Bevosita tikish defektning o‘lchamlari 1 smdan katta bo‘lmaganda ishlatiladi va faqat mushak qismida qo‘llaniladi. Lekin xirurgik karreksiyaga muhtoj defekt odatda katta bo‘ladi. Shu uchun ular yamoq yordamida yopiladi. Yamoq sifatida sintetik materiallar (dakron, teflon) va biologik materiallar ishlatiladi.
Operatsiya markaziy vena va arteriyalarni kateterizatsiyasi, gipotermiya, sun’iy qon aylanishi va farmokologik kardioplegiya sharoitida bajariladi. Hozirgi vaqtda QATYning yopish operatsiyasidan keyingi o‘lim hollari 10% dan kamroq kuzatiladi.
Yurakning bo‘lmachalararo to‘sig‘i yetishmovchiligi- BATY
Yurakning bo‘lmachalararo to‘sig‘i defekti-ikkala bo‘lmacha orasida to‘siq bo‘lmasligi va u orqali qonning bir bo‘shliqdan ikkinchi bo‘shliqqa haydalashi bilan xarakterlanadi. BATY yurakning tug‘ma nuqsonlari o‘rtasida bolalarda 7,8-11% gacha uchraydi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling