Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet11/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

Kichik defektlar. Bu nuqson Tolochinov-Roje kasalligi deb ham yuritiladi. Defekt o‘lchamlari bir sm dan kichkina. Bu nuqsonlar hamma QATYlarning 25-40 %ni tashkil qiladi. Bu nuqsonning asosiy klinik nuqsonlari yurak sohasida qo‘pol sistolik shovqin, darmonsizlik, zo‘riqishdagi hansirash. Bolalar rivojlanishi odatdagidek. Ko‘p ifodalanmagan “yurak bukrisi” kuzatiladi. Yurakning cho‘qqi turtkisi kuchaygan. Paypaslaganda to‘shning chap tomoni bo‘ylab sistolik titrash, auskultatsiyada: ikkinchi ohang sistolik shovqin ostida yo‘qolib ketadi. Yurak sohasida, asosan to‘shdan chap tomonda 4-qovurg‘alar orasida qo‘pol sistolik shovqin eshitiladi.
EKGda o‘zgarishlar deyarli yo‘q, chap qorinchaning zo‘riqishi alomatlari kuzatiladi.
FKGda sistolik shovqin qayd qilinadi.
Rentgenogrammada yurakning odatdagi o‘lchamlari o‘zgarmagan.
Yurak bo‘shliqlari kateterizatsiyasida o‘ng qorincha va o‘pka arteriyalaridagi qonning kislorodga to‘yinganligi aniqlanadi. Bu bemorlar hozirgi vaqtda operativ davolanmaydi.
Katta defektlar. Bu nuqsonlarda defekt o‘lchamlari 1 smdan katta. Bu nuqson alomatlari bola tug‘ilganidan keyin tezda yuzaga chiqadi. Ular qon aylanishi yetishmovchiligini kuchli ifodalangan alomatlari bilan xarakterlanadi.
Bemorlarda jismoniy harakatda teri qoplamlarining oqarishi, hansirash, taxikardiya, yurak sohasidagi og‘riqlar kuzatiladi. Bu bemorlarda ozg‘inlik, tez-tez bo‘ladigan respirator kasalliklar kuzatiladi. Bola jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi.
Yurak turtkisi keng va kuchli ifodalangan, palpatsiyada to‘shdan chap tomonda va xanjarsimon o‘simta sohasida sistolik titrash aniqlanadi. Yurak bukrisi yaxshi rivojlangan. Qon aylanishi yetishmovchiligi bilan bo‘lgan bemorlarda tinchlikdagi hansirash va o‘pkaning pastki bo‘limlarida dimlanish oqibatida ho‘l xirillashlar eshitiladi. Jigar kattalashgan.
Auskultatsiyada sistolik shovqin eshitiladi.
Rentgenogrammada o‘pka tasviri kuchaygan. Uning pereferik bo‘limlarida qon tomirlari tasviri kamaygan. Yurak ikkala qorincha va bo‘lmacha hisobiga kattalashgan. O‘pka o‘zagi ravog‘i kengaygan va pulsatsiyasi yaqqol ko‘rinadi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling