Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet10/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

Gemodinamikasi
Qorinchalararo to‘siq yetishmovchiligida gemodinamikaning buzilishi chap qorincha va o‘ng qorincha o‘rtasidagi bosim gradienti natijasida qonning chap qorinchadan o‘ng qorinchaga oqishi bilan xarakterlanadi. Agar defekt o‘lchamlari katta bo‘lmasa, shuntlanayotgan qon hajmi katta bo‘lmaydi. Bunda kichik qon aylanish doirasidagi qarshilikning pastligi sababli o‘ng qorincha va o‘pka arteriyasida bosim ko‘tarilmaydi yoki juda kam ko‘tariladi. Lekin defekt orqali kichik qon aylanish doirasiga o‘tayotgan qon chap bo‘lmachaga qaytib kelib, uning va chap qorinchaning hajmiy zo‘riqishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kichik o‘lchamdagi QATY ko‘pincha yurakning chap bo‘limlari faoliyatini zo‘riqtiradi. Qorinchalararo to‘siq o‘lchami katta bo‘lganda, u qonning o‘ng qorinchaga o‘tishiga qarshilik ko‘rsatmaydi va bunda qonning katta hajmi aortaga emas, o‘ng qorinchaga tushadi. Chunki katta qon aylanish doirasidagi bosim kichik qon aylanish doirasinikidan 4-5 marta katta. Bunda kichik qon aylanish doirasi qon bilan to‘ladi va o‘ng qorinchadan haydaladigan qon hajmi oshib ketadi, o‘pka pereferik qon tomirlarida qarshilik oshib ketadi. Bu omillar o‘pka gipertenziyasiga olib keladi. Shunday qilib, katta o‘lchamdagi defektda o‘ng bo‘limlar zo‘riqishi chap bo‘limlar zo‘riqishidan ko‘proq ifodalangan bo‘ladi. Vaqt o‘tgan sari katta sistolik zo‘riqish natijasida o‘ng bo‘limlar, asosan o‘ng qorincha gepertrofiyaga uchraydi. Kichik qon aylanish doirasidagi bosim katta qon aylanish doirasidagi bosimga tenglashadi va chap qorinchadan o‘ng qorinchadan o‘tayotgan qon hajmi keskin kamayadi. Keyinchalik qon o‘ng qorinchadan chap qorinchaga o‘ta boshlaydi (teskari va kesuvchi qon oqimi). Bunda zo‘riqishdagi va tinchlikdagi arterial gipoksemiya rivojlanadi. O‘pka qon tomirlaridagi o‘zgarishlar natijasida o‘ng qorinchaning sistolik zo‘riqishi kuchayib, izolyatsiyalangan o‘ng qorincha gipertrofiyasining rivojlanishiga olib keladi. Bu alomatlar Eyzenmenger sindromiga xarakterlidir.
Klinikasi va diagnostikasi
QATY klinkasi gemodinamik o‘zgarishlar darajasidan kelib chiqib, quyidagicha namoyon bo‘ladi. Kasallikni davolash taktikasi va natijalari defektning katta yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling