Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


OCHIQ ARTERIAL YO‘L – BOTALLO YO‘LI


Download 39.35 Kb.
bet6/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

OCHIQ ARTERIAL YO‘L – BOTALLO YO‘LI
Ochiq arterial yo‘l (OAY) - bu aorta va o‘pka arteriyalari o‘rtasida tug‘ilgandan so‘ng saqlanib qolgan patologik qon tomirdir. Arterial yo‘l homila qon sistemasida muhim anatomik a’zo bo‘lib, u embrionda o‘pka arteriyasidan kislorodga to‘yingan qonning Botallo yo‘li orqali aortaga o‘tishini ta’minlaydi. Bola tug‘ilgach, o‘pka bilan nafas olishi boshlanishi bilan, arterial yo‘l o‘z funksiyasini yo‘qotadi va tezda obliteratsiyaga uchraydi. Me’yorda bu yo‘lning anatomik bekilishi davri 2-3-8 haftadan oshmaydi. Ochiq arterial yo‘l “oq” poroklar guruhiga kirib, yurakning tug‘ma nuqsonlari orasida eng ko‘p uchraydigan turidir. Klinik statistika bo‘yicha OAY yurakning tug‘ma nuqsonlarining 11-20% ni tashkil qiladi va ayollarda erkaklarga nisbatan 2 baravar ko‘p uchraydi.
Etiologiyasi
Yurak va qon-tomirlar embriogeneziga ta’sir qiluvchi omillar sababli kelib chiqadi.
OAY chap o‘mrovosti arteriyasi qarama-qarshisida aorta ravog‘idan boshlanib, qiya yo‘nalishda oldinga va pastka boradi va o‘pka arteriyalari o‘zagining bifurkatsiyasiga yoki chap o‘pka arteriyasiga quyiladi. Yo‘l uzunligi 1 sm, atrofida, diametri-0,5-1 sm.
Gemodinamikasi
Arterial yo‘l bitib ketmaganida, aorta va o‘pka arteriyasi o‘rtasidagi bosim gradienti ta’sirida kislorodga to‘yingan qon aortadan o‘pka arteriyasiga, so‘ngra o‘pkaga o‘tadi . Qon o‘pka venalari orqali yurakning chap tomoniga va aortaga oqadi. O‘pkada qo‘shimcha qon hajmining qayta aylanishi qon tomirlarining to‘lishishiga, bu chap bo‘lma va chap qorinchaning zo‘riqishiga va ularning gepertrofiyasiga olib keladi.
Qonning arteriovenoz oqimi hajmi, bu yo‘lning diametriga aorta va o‘pka arteriyalari o‘rtasidagi bosim ko‘rsatkichi va shuningdek kichik va katta qon aylanish doiralaridagi tomirlar qarshiligining nisbatiga bog‘liqdir. Kasallikda 3 ta gemodinamik buzilishlar bosqichi tafovut qilinadi:
1-bosqich - birlamchi adaptatsiya bosqichi, kasallikning bu bosqichida o‘pka gipertenziyasi kuzatilmaydi. O‘pkadagi periferik qarshilik me’yorda va hatto biroz pastroq bo‘ladi. O‘pkada bosimning oshib ketishi asosan keng yo‘l bo‘lgan hollarda, aortadan “bosimning” o‘pka arteriyasiga berilishiga bog‘liq bo‘ladi. Qonning bunday arteriovenoz oqishi qorinchalarning hajmiy zo‘riqishiga olib keladi. Shunday qilib, bu holat kasallikning birinchi bosqichi ya’ni birlamchi adaptatsiya bosqichi deyiladi. Bu davrda qon aylanishining buzilishi rivojlanadi va bemorning kritik holati qariyb 20% holatlarda o‘limga olib keladi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling