Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet3/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

Etiologiyasi
Yurakning tug‘ma nuqsonlari kelib chiqishi 2 ta katta omil bilan bog‘liq:

  1. Genetik omilar

  2. Atrof-muhit omillari

Irsiy – genetik omilning isboti yaqin qarindoshlar o‘rtasida turmush qurilganda yurakning tug‘ma nuqsonlari 2% dan 6% gacha uchrashi aniqlangan. Avlodida yurak nuqsonlari uchragan shaxslarning bolalarida bu nuqsonlarning qayta uchrashi ma’lumotlar asosida tasdiqlangan.
Atrof-muhit omillarida birinchi o‘rinda homiladorlikning birinchi trimestrida bolaning ona qornida virusli infeksiyalar bilan og‘rishi turadi (Koksaki virusi, adenoviruslar, sitomegaloviruslar va b.). Toksoplazmoz, mikoplazmoz, sifilis, tuberkulyoz va b. mikroblar ham tug‘ma yurak nuqsonlarining kelib chiqishida omil bo‘la oladi. Teratogen ta’sir qiluvchi dori vositalar, narkotik preparatlar, alkogol, benzin, har xil bo‘yoqlar, lak va turli xildagi kimyoviy moddalar, radioaktiv nurlar yoki ekologik omillar bilan homilador ayollarning surunkali kontaktda bo‘lishi tug‘ma nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi eng ko‘p sabablari hisoblanadi.
Yuqoridagi omillar yurak va qon-tomirlar normal embriogenezini buzilishiga olib keladi. Yurak visseral mezodermaning 2-juft murtagidan rivojlanadi. Bu murtaklar homiladorlikning 9-kunidan boshlab yurak varaqlarini keyin esa bu varaqlar bir-biriga qo‘shilib yurak nayini tashkil qiladi. Mezenximadan esa endokard rivojlanadi. Bu murakkab jarayon homilaning ona qornida rivojlanishining 8 haftasining oxiriga borib 4 kamerali yurakning hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Bu vaqtningg o‘zida qorinchalararo va bo‘lmachalararo to‘siq shakllangan bo‘ladi, undagi oval teshik bitmagan bo‘ladi. Xuddi shu davrda homilador ayolda 2 guruhdagi omillarning ta’siri natijasida yurakning yuzalarining qiyshayib, yopishib yoki bukilib qolishi natijasida anatomik nuqsonlar yuzaga keladi.
Tug‘ma yurak nuqsonlarining 100 dan ortiq turlari bo‘lib, ular shartli ravishda 3 ta guruhga bo‘linadi:
1-guruh – venoz qonni arterial oqimga tushishi bilan bog‘liq. Yurak ichida patologik tutashmalari bo‘lgan nuqsonlari (o‘ngdan chapga, birlamchi – ko‘k) kiradi: Fallo triadasi, tetradasi, pentadasi, 3 tavaqali klapan atreziyasi, Eyzemenger sindromi, tomirlar transpozitsiyasi va b.
2-guruh – arterial qonning venoz qon oqimiga tushishi bilan bog‘liq yurak ichida patologik tutashmalari bo‘lgan nuqsonlar (chapdan o‘ngga, birlamchi - oq) kiradi. Bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni, qorinchalararo to‘siq nuqsoni, ochiq arterial yo‘l, Lyutenbaxer sindromi va b.
3-guruh – qon aylanishining buzilishi. Ko‘ks oralig‘idagi maGisstral qon-tomirlarning torayishi sababli kelib chiqqan nuqsonlar: O‘pka arteriyasining stenozi, aortaning boshlang‘ich qismi stenozi, aorta koarktatsiyasi.
Yuqoridagi guruh nuqsonlarida nuqsonlarning joylashgan joyiga qarab katta va kichik qon aylanish doirasida qonning noto‘g‘ri taqsimlanishi kuzatiladi va bu o‘z navbatida gemodinamik o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi.
Yurakning tug‘ma nuqsonlariga aniq anatomik diagnoz qo‘yish, hamda gemodinamik o‘zgarishlarni va yurakning qisqaruvchanligi funksiyasi buzilishi darajasini aniqlash uchun bir qator tekshirishlar o‘tkazish lozim. Bu tekshirish usullari 2 guruhga bo‘linadi:

  1. Noinvaziv tekshirish usullari

  2. Invaziv tekshirish usullari


Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling