Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet5/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

Exokardiografiya yurakning ichki tuzilishini ekranda ko‘rish va kompyuter yordamida gemodinamikaning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash imkonini beradi.
Ultratovushli skanerlash yurak bo‘shliqlari orasidagi to‘siqlar nuqsonini, klapanlar fibrozi va kalsinozini, chandiqli o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan miokard funksiyasining buzilishini, miokard gipertrofiyasini va yurak o‘lchamlarini aniqlash imkonini beradi.
Rentgenoskopiya va rentgenografiya. O‘pka qon tomir havzasi holatini baholash usullari orasida rentgenologik tekshirishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaxshiroq ko‘rish va o‘rganish uchun yurak va o‘pka qon-tomirlari turli hollarda tekshiriladi. O‘pka qon tomirlari va o‘pkadagi biriktiruvchi to‘qimadagi turli o‘zgarishlarining yaqqol tasvirini olish mumkin. Bu o‘zgargan qismlarning holatiga qarab o‘ng qorinchaning ishlash sharoitini xarakterlaydigan kichik qon aylanish doirasida gipertenziya bor-yo‘qligi va shuningdek chap qorincha yetishmovchiligining ko‘rsatkichi bo‘lmish interstitsial shishni aniqlash mumkin.
Yurakning ahamiyatga ega hamma qismlarini kuzatish uchun ko‘krak qafasi amalda to‘rtta proyeksiyada tekshiriladi:
Old proyeksiya. Bunda yurak siluetini tashkil qiladigan ravoq rentgenda ko‘rinadi. O‘ngda 2 ta ravoq-yuqori kovak vena va o‘ng bo‘lmacha, chapda 4 ravoq-aorta ravog‘i, o‘pka arteriyasi o‘zagi, chap bo‘lma quloqchasi va chap qorincha.
Chap-yon proyeksiya. Bunda asosan chap qorincha ko‘rinadi va chap bo‘lmachaning yuqori qismi ko‘rinadi. Unga yopishib turgan qizilo‘ngach kontrast bilan to‘ldirilsa, chap bo‘lmachaning chegaralari yaqqol ko‘rinadi. Qizilo‘ngachning siljishi chap bo‘lmacha kattalashganda kuzatiladi. Bu qimmatli ma’lumot chap bo‘lmacha kattalashishi ko‘rsatkichi deyiladi.
O‘ng old qiya proyeksiyasi. Bunda tekshirilayotgan bemor old holatdan chapga buriladi. Agar yurakning orqa chegarasi umurtqa ustida yotmasa, bo‘sh retrokardial bo‘shliq hosil bo‘ladi va unda bo‘lmalar hosil qiladigan orqa kontur soyasi yaxshi ko‘rinadi. Umurtqa pog‘onasiga parallel ko‘tariluvchi aorta va undan pastda o‘pka arteriyasi o‘zagining soyasi ko‘rinib turadi. Diafragma usti bo‘shlig‘ining katta qismini o‘ng qorincha egallaydi.
Chap-old qiya proyeksiyasi. Bunda oldinda asosan pastda o‘ng qorincha, yuqorida o‘ng bo‘lmacha va uning quloqchasi ko‘rinadi.
Yurakni zondlash yoki kateterlash usuli. Bemorning tekshirishning shunday usuliki, bunda yurakning turli bo‘shliqlariga, shuningdek katta va kichik qon tomirlari, qon aylaishi doiralari maGisstral qon tomirlariga kateter yuborgan holda, asosiy gemodinamik ma’lumotlarni, ya’ni yurakning turli bo‘shliqlari va kichik qon aylanish sistemasida qon bosimi va qonning kislorodga to‘yinganligi, qonning patologik oqimi darajasi, yo‘nalishi va hajmini, yurakning siklida fazoviylikni aniqlash mumkin. Tekshirish quyidagi bosqichlarda boradi. 1) kateter yuborishga mo‘ljallangan vena yoki arteriya aniqlab olinadi. Bemorlarda kateterlash chap aksillyar va o‘mrov osti venasi orqali, yosh bolalarda esa o‘ng son katta teri osti venasi orqali bajariladi. Chunki bolalarda aksari hollarda kateter bilan oval teshik orqali o‘ng bo‘lmadan yurakning chap bo‘lmasiga o‘tish mumkin; 2) kerakli diametrdagi kateterlarni tanlash; 3) qonning kislorodga to‘yinganligini va yurak ichidagi bosimni aniqlash maqsadida yurak bo‘shlig‘iga kateter yuborib qon olish; 4) yurak kateterizatsiyasi ma’lumotlarini dastlabki baholash va kontrast modda yuboriladigan joyni aniqlash; 5) gemostazni tekshirish; 6) qon ketishini to‘xtatish va jarohatni tikish.
Selektiv koronografiya (Jatkins, Souns, Paulin usullarida) koronar arteriyalar o‘tkazuvchanligini aniqlash maqsadida bajariladi. Yurakning tug‘ma nuqsonlarida u bir necha proyeksiyalarda tasvirga tushiriladi va shu bilan bir paytning o‘zida gipo-, dis- va akineziyalar sohasini aniqlash uchun chap tomonlama ventrikulografiya bajariladi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling