Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet4/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

Noinvaziv tekshirish usullari:
1) Bemorning shikoyatlari va ularning ifodalanganligi;
2) bemorning jismoniy faoliyati;
3) shamollashga moyilligi;
4) tovushli alomatlari (auskultatsiya, fonokardiografiya);
5) elektrokardiografiya
6) exokardiografiya
7) doppleroexokardiografiya
8) rentgenoskopiya, rentgenografiya
9) ultrotovushli skanerlash;
10) KT, MRT, MSKT, Dupleksli angioskanerlash
Invaziv tekshirish usullari:
1) yurakni zondlash;
2) angiokardiografiya;
3) transseptal punksiya;
4) chap qorinchani punksiyalash – ventrikulografiya;
5) Selektiv koronarografiya va b.
Asosiy e’tiborni shikoyatlarga va bu shikoyatlarning qay darajada ifodalanishiga qaratish lozim. Odatda bemorlar hansirashga, nafas yetishmasligiga, tez charchash, darmonsizlikka, yurak sohasidagi og‘riqlarga va yurakning tez urishiga shikoyat qiladilar. Bu belgilar deyarli yurakning barcha tug‘ma nuqsonlariga xarakterli bo‘lib hisoblanadi. Bolalarning shamollashga moyilligi tez-tez uchrab turadi (yuqori nafas yo‘llarining kasalliklari, bronxitlar, pnevmoniyalar).
Jismoniy rivojlanganligi antropometrik tekshirishlar yordamida bo‘yi va og‘irligiga qarab va ushbu yoshdagi monogramma bilan taqqoslash natijasida baholanadi.
Yurakning tug‘ma nuqsonlarining diagnostikasida, fonokardiografiya va auskultatsiya natijalari muhim o‘rin tutadi. Auskultatsiya yurak ohanglari xususiyatlari (aksentatsiyasi, ikkilanishi), shovqinlarning berilish yo‘nalishi, intensivligi va xarakterini aniqlashga yordam beradi. Auskultativ ko‘rsatgichlar fonokardiografiya natijalari bilan to‘ldiriladi. Shovqin aniqlanganda, uning joyi, amplitudasi va davomiyligi o‘lchanadi.
Gemodinamik siljishlar va o‘zgarishlar xarakterining ko‘rsatkichi -EKG tekshirish usulidir. EKG dagi o‘zgarishlar asosan gemodinamik o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Bundan tashqari yurak bo‘limlaridagi kuchlanish, har bir qorinchada alohida va har ikkala qorinchadagi gipertrofik o‘zgarishlar ham EKG da aniqlanadi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling