Mavzu: Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba Reja: i-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot


«Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari


Download 48.83 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi48.83 Kb.
#1586074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bobournoma 1

1.2 «Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari.
Zahiriddin Muhammad Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va adabiy tilning yorqin namunasi bo’lgan «Boburnoma» asaridir.
Asarning asli nomi "Boburiya" bo’lsa - da, uni "Voqeanoma", "Tuzuku Boburiy", "Voqeoti Boburiy" deb atadilar, keyinchalik asar «Boburnoma» degan nom bilan mashhur bo’lib ketdi.
«Boburnoma» memuarlar (esdaliklar) to’plamidir. Bu tarixiy - badiiy asar 1494 -1529 yillardagi voqealarni, Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindistonda ro’y bergan va ko’pida Boburning o’zi ishtirok etgan o’zaro feodal urushlarni o’z ichiga oladi. Aftidan, Bobur siyosiy faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab voqealrni xotira sifatida qayd etib borgan, keyinchalik bu qaydlar «Boburnoma» ning yaratilishiga asos bo’lgan. Boburning «Boburnoma» ni qachon yozishga kirishgani ma’lum emas. Biroq asarning ayrim o’rinlari uning ko’proq qismi Hindistonda yozilgani yoki qayta tahrir qilinganini ko’rsatadi. Masalan, adib 909 (1503-1504) yilgi Afg’oniston voqealarini bayon qilar ekan Ibrohim Lo’diy ustidan qozongan g’alabasini eslaydi. Bu esa Boburning 909 yil voqealarini Hindistonda yozganini yoki avvalgi yozganlarini tahrir qilganini ko’rsatadi. Bobur bu asarini umrining oxirlarida, 1529-1530 yillarda yozib tugatadi.
Boburning o’z so’zi va uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" dagi ma’lumotlariga ko’ra, «Boburnoma» dastlab "Voqeanoma" deb atalgan. «Boburnoma» dagi bir ruboiysida shoir shunday degan edi:

Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum,


Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum,
Har kim bu "Vaqoe" ni o’qur, bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum.
«Boburnoma» ni ko’chirgan bir kotib uni "Boburiya" deb nomlaydi. Demak, «Boburnoma» asari o’z davrida yuqorida aytib o’tganimizdek bir qancha nomlar bilan atalgan ekan.
«Boburnoma» ning o’ndan ziyod qo’lyozma nusxalari ma’lum. Asarning Boburning hayot davridayoq ko’chirilgan ikki nusxasi haqida ma’lumotlar bo’lsa - da, ularning qaerda saqlanayotgani ma’lum emas. «Boburnoma» ning XVII -
XVIII asrlarda ko’chirilgan nusxalari Leningrad, Kalbkutta, Agra, Haydarobod, Manchestr, London, Edinburg va boshqa joylarda saqlanadi.
«Boburnoma» 1857 yilda Qozonda turkshunos rus olimi N.Ilbminskiy tomonidan nashr etiladi. 1905 yil ingliz olimasi A.Beverij xonim «Boburnoma» ning Haydarobodda topilgan qo’lyozmasining faksimiliesini nashr ettiradi. Asar Turkiyada ham nashr ettirilgan. Asardan parchalar bir necha xrestomatiyalarda nashr ettirildi. 1948-49 yillarda ikki kitob holida, 1965-66 yillarda uch tomlik tarkibida, 1990 yilda alohida kitob holida chop etildi. «Boburnoma» asari bilan SHarq va G’arb olimlari alohida qiziqishgan. Uni eng kamyob va nodir asarlardan hisoblagan ko’pgina G’arb olimlari tadqiq etib o’rganganlar, tarjima qilganlar. Jumladan, G’arb tarixchi olimlardan Elfinston Boburning bu asari haqida shunday yozadi: "Bu memuarlarda buyuk turk podshosining hayoti batafsil tasvirlangan, uning shaxsiy his - tuyg’ulari har qanday mubolag’adan, pardadan holi. Uning uslubi oddiy va mardona, shuningdek, jonli va obrazli. o’z zamondoshlarining biografiyalarini, ularning qiyofalarini, urf-odatlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan u («Boburnoma») Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir..."
«Boburnoma» bir necha tillarga tarjima qilingan. Akbarshoh davrida (1586). «Boburnoma» fors tiliga tarjima qilinib, unga miniatyuralar ishlangan. Bu tarjimaning nusxalari ko’p. Asar 1705 yilda Vitsen tomonidan golland tiliga tarjima qilinib, Amsterdamda bosiladi. Djon Leyden bilan V.Erskin «Boburnoma» ning o’zbekcha va forscha nusxalarini solishtirib, uni ingliz tiliga tarjima qilishga va 1926 yilda Londonda nashr ettirishgan. A.Keyzer «Boburnoma» ning inglizcha tarjimasi asosida uni qisqartirilgan holda nemis tiliga tarjima qilinadi va bu tarjima 1828 yilda Leyptsigda bosiladi. Frantsuz olimi Pave de Kurteyl ь tarjima qiladi. Bu tarjima 1871 yilda Parijda nashr etiladi. «Boburnoma» ni rus olimlaridan dastlab N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, V.Vyatkinlar tarjima qilgan bo’lsalar, u keyinchalik M.Salbe tomonidan rus tiliga to’la tarjima qilindi va ikki marta nashr etildi.
O’zbek adabiyotshunoslari tomonidan «Boburnoma» ning ko’p jihatlari tadqiq etilgan. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar A.Fitrat, H.Yoqubov, Ya.Fulomov, V.Zohidov, I.Sulton, M.SHayxzoda, F.Sulaymonova, A.Qayumov, H.Hasanov, N.Mallaev, S.Hasanov, X.Nazarova, P.Qodirov, R.Nabiev, X.Qosimov, F.Salomov, S.Jamolov, N.Komilov, A.Abdug’ofurov, I.Haqqulov, H.Qudratullaev, tarixchi olimlardan S.Azimjonova va boshqalarni nomi bilan bog’liq.
«Boburnoma» tarixiy manba sifatida alohida qimmatga ega. Unda XV asrning oxiridan XVI asrning 30 - yillariga qadar ro’y bergan tarixiy voqealar aks ettiriladi. Asar 1494 yil voqeasi tasviri bilan, Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning Farg’onaga hujumi, Umarshayx Mirzoning halok bo’lishi va 12 yoshga qadam qo’ygan Boburning taxtga chiqishi bilan boshlanadi. Asarda voqealar doirasi kengayib, chuqurlashib, murakkablashib boradi. Muallif Movarounnahrdagi, keyinroq Xuroson, Afg’oniston va Hindistonda voqealarni bayon qiladi.
Faktik materiallarning ko’pligi, boyligi, aniqligi va to’laligi, tarixiy voqealarning asosan ob’ektiv, beg’araz va rostgo’ylik bilan bayon etilishi, xronologik izchillik, ifodaning soddaligi va ravonligi «Boburnoma» ning tarixiy manba sifatidagi afzalliklarini tashkil etadi. SHu jihatdan qaraganda «Boburnoma» o’tmishning ko’pgina tarix kitoblari va memuarlaridan ustun t uradi. «Boburnoma» da tarixiy voqealar asosan ob’ektiv bayon etiladi. «Boburnoma» sodda uslub, ravon, shirali va boy til bilan yozilgan, jonli manzaralar, portret va xarakterlar, original badiiy til vositalari bilan badiiiylashtirilgan asardir. Aynan mana shu afzal jihatlari bilan «Boburnoma» uzoq zamonlardan buyon tarixchilarning va boshqa olimlarning diqqat - e’tiborini o’ziga jalb etib, yuksak baholanib kelmoqda. «Boburnoma» XV-XVI asr tarixiy hodisalari bilan tanishish va ularni umumlashtirish, SHarq feodal jamiyatining xususiyatlarini belgilash va yoritishda juda ko’p xarakterli faktlar, ma’lumotlar beradi.
«Boburnoma» o’zbek adabiyoti tarixida badiiy prozaning eng birinchi yirik
namunasi hisoblanadi. Bu asar adabiyotimizda prozaning rivojlanishiga uzoq vaqt ijobiy ta’sir etib keldi.
Dadil aytish mumkinki, bu asarda badiiy prozaning deyarli ma’lum darajada barcha elemaentlari bor. Muallif o’z asarining ko’p qismlarini xuddi ana shu planda yozadi, o’z boshidan kechirgan va ko’rganlarini, o’zining atrofidagi yoki tarixiy aloqador bo’lgan odamlarni, bu odamlar nima qilgan bo’lsalar - ularning barchasini tasvirlaydi. Mazkur asarda muallifning juda chuqur bilimi, badiiy salohiyati va mahorati namoyon bo’ladi.
«Boburnoma» da qahramonlarning harakatlar bilan voqealik uzviy va chambarchas bog’lanib ketadi. Muhimi shundaki, bu voqealarning barchasida Boburning hayoti va faoliyati, uning harbiy yurishlari yetakchilik qiladi. Ular o’quvchiga shunday yetkazib beriladiki, asarning ba’zi joylari badiiy umumlashma darajasiga ko’tariladi.
«Boburnoma» ning syujeti juda murakkabdir. Bobur syujetni rivojlantirishda Sharq adabiyotida keng tarqalgan bayon ichiga bayon kiritish usulini qo’llaydi. Mazkur usul turli mavzularni qamrab olishga, konfliktning kuchayishiga va asarning serqirra bo’lishiga imkoniyat beradi.
Muhimi shundan iboratki, Bobur ko’pincha badiiy umumlashma va voqealikni realistik aks ettirish orqali yuksak mahoratga erishadi. Bu jihatdan «Boburnoma» da bayon qilingan 1502- 1503 yil voqealarini o’z ichiga olgan bobning (ikkinchi yarmida yolg’iz qolgan Boburning dushmanlar ta’qib qilar ekan, u barcha xavf-xatarni bilgani, tushungani holda uzoq vaqt katta masofani ajal bilan yonma-yon bosib o’tganligi) tasviri ajralib turadi.
Muallif epizodik hodisalarni aks ettirganda ham shu usulni qo’llaydi. Voqealarni tasvirlagan adib ularning ko’pida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, voqealar Boburning o’z obrazi orqali bir-biri bilan ulanadi, o’ziga xos syujet chizig’ini yaratadi. SHuning uchun ham «Boburnoma» juda yengil o’g’iladi, kitobxonni o’ziga maftun etadi. Rus SHaro’shunos olimi, akademik V.V.Bartolbd «Boburnoma» ni "turkcha proza" ning eng yaxshi asarlaridan biri, deb baholagan edi.

  1. Qudratullaev H. Boburnoma" ning tarixiy - adabiy va uslubiy tahlil. Avtoreferat. T., 1998.

Bobur biror tarixiy voqeani hikoya qilishga kirishar ekan, ko’pincha, avval voqeaning o’rnini batafsil tasvirlaydi, voqeada ishtirok etuvchi kishilarning aft- basharasidan tortib fe’l - atvori va hatti - harakatiga qadar ta’riflaydi, so’ng voqeaning bayoniga kirishadi. Ba’zan voqea davomida chekinish qilib, joy yoki manzarani tasvirlaydi. Kitobxonning ko’z o’ngida XV - XVI asrlardagi Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindiston o’lkalari, ulardagi shahar va qishloqlarning manzarasi, topografiyasi, ob-havosi, o’simliklar dunyosi, aholisi, urf-odatlari namoyon bo’ladi.
Bobur peyzaj ustasidir. Mana bir misol. Bobur va uning odamlari o’z yo’llarida duch kelgan va ular kechib o’tishlari lozim bo’lgan daryoning kengligini, ulug’vorligini va sekin oqishini muallif quyidagiga qisqa va obrazli qilib ifodalaydi: "Farib ulug’ suv nazarga keldi. Ul yuzdagi dashtlar xud aslo ko’rinmaydur. Suv osmon bila payvast ko’rinadur, ul yuzdagi tog’lar va pushtalar netavrkim, Serobning ul yuzidagi tog’ va pushtalar muallaq ko’rinur..." «Boburnoma» muallifi bunday o’rinlarda iste’dodli adib va shoir sifatidagina emas, balki bilimdon va kuzatuvchan bir olim, geograf, tabiatshunos, etnograf, tilshunos, san’atshunos sifatida gavdalanadi. U ayrim kichik detallarga ham katta e’tibor beradi, realistik lavhalar yaratadi va hassos rassom sifatida tabiatning xilma-xil manzaralarini chizadi. Andijon, Marg’ilon, O’sh, Xo’jand, Qobul, Fazna, Hirot va boshqa shaharlar tasviri xuddi shunday manzaralardir. Joylar tasviri «Boburnoma» da tarixiy voqealarni, kishilarning sarguzashti, hayoti va faoliyatini bayon etishda bir ekspozitsiya vazifasini bajaradi. Masalan, 1494 yil voqealarni, Umarshayx Mirzoning halokati va o’zining taxtga chiqib amakisining qo’shinini chekinishga majbur etganini so’zlashdan avval Farg’ona viloyati va uning yetti shahrini tasvirlaydi.
Bobur tabiat manzaralari bir-biridan farq qiluvchi va o’ziga xos bo’lgan viloyat va o’lkalarda bo’ldi. U turli joylarni tasvirlar ekan, mana shu tabiat manzaralariga ham katta e’tibor beradi, ularning nozik nuo’talarini topa oladi va xuddi bir rassomday jonli polotnolar, peyzajlar chizadi. «Boburnoma» ning tarixiy manba sifatida baholashga birinchi asos - tarixiy voqealar bayoni bo’lsa, ikkinchi asos asarda tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlarining ifoda etilishidir. «Boburnoma» da bir necha yuz tarixiy shaxslar haqida ma’lumot beriladi. Ular shohlar, viloyat hokimlari, amir - amaldorlar, askarlar, ilm - fan, san’at va adabiyot ahllari, dehqonlar, hunarmandlar va boshqa kasb egalaridir. Adib ularni tasvirlayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so’zlaydi, ikkinchi birlari haqida qisqacha ma’lumot beradi, ba’zilarini biror munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. Voqealar rivojida muhim o’rin tutgan Umarshayx mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl - shamoyili, nasl - nasabi, ma’naviy qiyofasi, xislati, xulq-atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarini ham tasvirlaydi, xilma - xil badiiy portretlar, xarakterlar yaratadi. Bunday personajlar bevosita tarixiy roman yoki qissalardagi qahramonlarga o’xshab ketadi. Bobur ularning ta’rifi va tavsifini bir joyga to’plab, mujassamlashtirib beradi, bu bilan kitobxonni tarixiy shaxs bilan tanishtiradi, shundan keyin voqealar bayonini davom ettiradi.
«Boburnoma» da ilm - fan, san’at va adabiyot ahllariga ham katta o’rin berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy,
Mir Husayn Muammoiy, SHayxim Suhayliy, Yusuf Badeiy, Ahmad Hojibek Behzod, Sulton Ali, Xoja Abdullo Marvoriy, SHoh Muzaffar, Fulom SHodiy, Husayn Udiy kabi qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni mao’taydi, asarlardan namunalar keltiradi, ba’zan hayoti, faoliyati va shaxsiy sifatlari haqida qiziqarli faktlarni keltiradi. «Boburnoma» bu kishilarning hayoti va faoliyatini o’rganishda, ularning madaniy hayotdagi o’rnini belgilashda juda ahamiyatlidir.
«Boburnoma»ning bosh qahramoni - Bobur. U juda murakkab shaxs - siyosiy arbob, lashkarboshi, olim, shoir va donishmand. Tabiiyki, barcha badiiy asarda inson, uning hayoti, turmush tarzi va xarakteri o’z ifodasini topadi. Mumtoz nasriy asarlar ham bundan xoli emas. Odamlar orasidagi munosabat eng avvalo hissiyot, hayajon, ruhiy o’zgarishlarsiz vujudga kelmaydi. Bu holatlar ning badiiy, tarixiy, sarguzasht, voqeaiy - ilmiy sarguzasht asarlarida g’ay darajada yoritilganini
o’rganish adib uslubi, bayon tarzini belgilashga yordam beradi.
«Boburnoma» da muallifning psixologik holati tasviri alohida o’rin tutadi. Boburning birinchi marta may ichishga rag’bat etgani jiddiy ruhiy kechinmalar orqali o’tganligi bunga bir dalil. Vaqti kelib Bobur o’zida "chog’irga mayl paydo" bo’lganligini sezgan. Muallifning inkor qilib bo’lmas sabablar, xolis dalillar keltirib, may ichuvchilar davrasiga qo’shilishi uchun ruhan va ma’nan tayyorligini zikr etadi, o’zini tinchitadi. Biroq yana bir monelik sezadi: Boburni bilgan barcha kishilar uning azaldan ichkilik ichmasligidan boxabar bo’lganliklari tufayli uni qistamas edilar. Uning o’zi esa jur’at etib, ichishga mayli borligini ochiq bildira olmasligini shunchalik aniq, hayotiy tasvirilaganki, ehtimol bu holatni bundanda mazmunliroq yoritib bo’lmas: "... so’ngralar yigitlik havasidan va nafs
taqozosidinkim, chog’irga mayl paydo bo’ldi, taklif qilur kishi yo’q erdi, balki chog’irga maylini bilur kishi yo’q erdi. Ko’nglum agarchi moyil edi, qilmag’on amrni o’zluk bila qilmoq mushkul edi".


Download 48.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling