Mavzu: Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba Reja: i-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot
Download 48.83 Kb.
|
bobournoma 1
____________________________________________________________
Zohidov V. Zahiriddin Muhammad Bobur. "O’zbek adabiyoti tarixidan" kitobida, T., 1961. «Boburnoma» ning ilmiy - ma’rifiy va adabiy qiymmati. Bugungi kunda mumtoz adabiyotimiz orqali yuksak ma’naviy jihatlarni yosh avlodga yetkazish borasida ko’p so’z yuritmoqchimiz. Boburning yuqoridagi andishasi temuriyzodalar axloqi, insoniy qadr - qiymatga ehtiromi, atrofdagilar fikr - mulohazasi bilan hisoblashish, jamiyatning qonun - qoidalari barcha uchun, hatto shoh Bobur uchun ham birdek amal qilishining yorqin dalili emasmiq! Bobur qanchalik ichishga mayli bo’lmasin, yoshi kattalar, davradoshlarning hohish - istagi bo’lmagan ekan, u o’zini tiyadi, o’z irodasini ishga soladi, ichmaydi. Xuddi shu xislat davrimiz yoshlari uchun, ularni may va boshqa sarxush etuvchi moddalarni iste’mol qilishdan bosh tortish uchun yuksak ibrat va ma’naviy sabo q vazifasini o’taydi. «Boburnoma» ning bosh qahramoni Bobur timsoli, uning faoliyati, ruhiy - ma’naviy olami haqida o’rnak bo’ladigan darajadagi juda ko’plab ma’lumotlarni olish mumkin. «Boburnoma» qomusiy asardir. Unda tarixiy voqealar bilan birga, tabiiyot, geografiya, topografiya, adabiyotshunoslik, etnografiyaga va fanning boshqa sohalariga doir juda qimmatli fakt va ma’lumotlar berilgan. Bobur tog’ va daralar, ko’l va daryolar, xilma - xil o’simlik va hayvonlar, joylarning yer osti boyliklari, xalqlarning urf - odati, tili, san’ati va adabiyoti, ayrim so’zlarning etimologiyasi va boshqa masalalar bilan qiziqadi, bulaming barchasini erinmay kuzatadi, o’rganadi, turli kasbdagi kishilardan, keksalardan ma’lumot to’playdi. Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindiston faqat siyosiy tarixi bilangina emas, balki tabiati, ilm - fani, san’at - adabiyoti va boshqa jihatlari bilangina emas, balki tabiati, ilm - fani, san’at - adabiyoti va boshqa jihatlari bilan «Boburnoma» da birmuncha to’la va mukammal tasvirlanadi. «Boburnoma» da shu darajada ko’p turli - tuman ma’lumotlar borki, fanning deyarli barcha sohalaridagi mutaxasisslar bu asardan bah ramand bo’la oladilar. Shular bilan bir qatorda «Boburnoma» o’zbek adabiy tilining juda muhim yodgorliklardan biridir. Bu asar orqali biz XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi o’zbek adabiy tili va hamda uning o’sha davrdagi asosiy shevalardagi bo’lagan Andijon shevasi haqida keng va mukammal tasavvurga ega bo’lamiz. «Boburnoma» da nosir Boburning san’atkorlik mahorati ham sezilib turadi. Asarda romantik tuyg’u, yuksak badiiy vositalar - tashbeh, istiora, majoz, mubolag’a, badiiy san’atlari orqali voqea - hodisalarni tasvirlash uning jozibador va go’zal bo’lishini ta’minlaydi. Nasrda nazm qanchalik an’ana bo’lmasin, har bir adib bu masalaga o’z o’lchovi, uslubi, tasviri bilan yondashgan. Masalan, «Boburnoma» da muallif o’z fikrini nasrda bayon etadi, boshqacha aytganda, shoir Boburdan ko’ra nosir Bobur yaqqolroq ko’ringan. «Boburnoma» voqeaviy - ilmiy - saprguzasht asar bo’lganligi bois muallif o’zining yuksak romantik tuyg’ularini ifodalash uchun gohida shoirona tuyg’uga beriladi, realistik tasvirlariga ko’tarinkilik baxsh etish niyatida she’rga murojaat etadi. «Boburnoma» ning ana shu qismlari, ayniqsa, juda ravon o’g’iladi, o’quvchini muallif hikoya qilgan voqea - hodisalarga hamroh qiladi. Xullas, Bobur o’zining lirikasi bilan ham, «Boburnoma» asari bilan ham o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Boburning «Boburnoma» sidan ilhomlangan qizi Gulbadanbegim fors - tojik tilida "Humoyunnoma" asarini yaratdi. «Boburnoma» Navoiy nasriy asarlaridan so’ng turkiy tildagi nodir badiiy, ilmiy nasr xazinasi bo’lganligi bois bugungi kunda ham va hech qachon o’zining ilmiy - adabiy - ma’rifiy qimmatini yo’qotmaydi. Qudratullaev O’. "Boburnoma" ning tarixiy – adabiy va uslubiy tahlili. Avtoreferat. T., 1998. Download 48.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling