Mavzu: Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba Reja: i-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot
I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot
Download 48.83 Kb.
|
bobournoma 1
I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot.
Boburning lirik asarlari asosan uning devoniga jamlangan. Shoirning o’zbekcha devonining ikki qo’lyozma nusxasi borligi ma’lum. Bulardan biri Parijda, ikkinchisi Hindistonda saqlanadi. Boburning lirik merosini shu ikki qo’lyozma nusxa va «Boburnoma» dagi she’rlar tashkil etadi. Mana shular asosida Boburning bir necha bor nashr qilindi. Boburning she’rlarini 1910 yilda i ngliz Sharo’shunosi Denison Ross to’plab ingliz tiliga tarjima qilib, nashr etdi. Shoirning ba’zi she’rlari 1931 yil Istambulda chiqqan "Milliy tatabbu’lar" majmuasiga ham kiritilgan. Boburning she’rlari o’tmishda ingliz, frantsuz, va boshqa Yevropa tillariga ham tarjima qilingan edi. Keyin 60-70 yil ichida Bobur she’rlari qayta-qayta nashr qilindi, xrestomatiyalarga, turli to’plamlarga kiritildi va bir necha marta tanlangan asarlar tarzida bosilib chiqdi. Bobur devoni lirik turning har xil janrda yozilgan she’rlarni, jumladan, g’azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, fard va boshqalarni o’z ichiga oladi. Unda oddiy g’azallar bilan bir qatorda g’azali musajja’ (markaziy ruknlari qofiyadosh bo’lgan g’azal), qit’a g’azal (birinchi bayti qofiyasiz bo’lgan g’azal), g’azali husni matla’ (matla’dagi keyingi baytning har ikkala misrasi matla’ga qofiyadosh bo’lgan g’azal), qo’shaloq vaznli va qofiyali, ruboiy tarona (to’rtala misrasi qofiyadosh bo’lgan ruboiy), oddiy tuyuqdan tashqari, qo’shal oq tajnisli tuyuq, tajnisiz tuyuq hamda tajnisli qit’a, tajnislit fard, qofiyali fard va qofiyasiz fard shakllarini ham ko’ramiz. Fazal, ruboiy va tuyuq Bobur lirikasining eng xarakterli janrlaridir. Bobur aruzning hafif, ruboiy, rajaz, ramal, sare’, tavil, mutaqorib, mujtass, muzore’, munsareh va hazaj bahrlaridan hamda bu bahrlarning 25 turdagi ichki xillaridan foydalanadi. Bobur devoni asosan uning o’zbek tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Biroq shu bilan birga, unda fors-tojik tilida yozilgan bir necha she’r ham bor. Bobur o’z ona tiliga bo’lgan muhabbatini bir she’rida shunday ifodalagan edi: Erur turk oshiq, kosh bilsam forsiy qoni, Desam holimni bilsa, forsiydan dilbarim oni. Bobur fors-tojik adabiy tilini ham mukammal bilar edi. Bunga shoirning fors-tojik tilidagi she’rlari yaqqol misol bo’la oladi. Bobur Lutfiy, Alisher Navoiy, Umar Hayyom, Hofiz singari ustoz san’atkorlarning bir qator an’analarini davom ettirdi va rivojlantirdi, ularning g’azallariga nazira va muxammaslar bog’ladi. Bobur lirik asarlarining mavzu ko’lami keng va xilma-xildir. Bobur umuman voqealikni, xususan ijtimoiy fikrni, ijtimoiy hayotni kengroq qamrab olishga harakat qiladi va bu sohada ko’pgina yutuqlami qo’lga kiritadi. Kishilaming ma’naviy qiyofasi, din, tasavvuf, hokimiyat va marifat masalalari, yor va unga bo’lgan muhabbat, vatan haqidagi o’ylar, unga intilish, zamondan norozilik, hayotni sevish Bobur lirikasining mavzulari hisoblanadi. Murakkab va ziddiyatli hayot va kurash yo’lini bosib o’tgan Boburning o’zi bu lirikaning markaziy qahramonidir. Bobur lirikasi til va uslubi jihatidan nihoyatda sodda va ravondir. U jo’sh qin va musiqiy misralarida hayotiy, original obrazlar yaratadi, xalq tili va uning og’zaki ijodi boyliklaridan unumli va o’rinli foydalanib, she’rlarining tilini boy va rang-barang qilishga erishadi. Bobur hayot, sevgi va shodlik kuychisidir. U odamlarni hayotni qadrlashga va sevishga, rostgo’y to’g’ri bo’lishga, o’z shaxsiy manfaati ketidangina quvmaslikka, halol, sof ko’ngil bo’lishga, umuman ruhiy boylikka ega bo’lishga, mazlum va muhtojlarni oyog’ osti qilmaslikka, maqsadga zo’r berib intilishga, qat’iyat bilan qanday bo’lmasin unga erishishga chaqiradi. Shoir bir she’rida shunday deydi: Davlatg’a yetib mehnat elin unutma, Bu besh kun uchun o’zungni asru tutma...1 Zahiriddin Muhammad Bobur. I –II jildlar, 1965-66. Download 48.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling