Mavzu: Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba Reja: i-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot


Download 48.83 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi48.83 Kb.
#1586074
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bobournoma 1


Mavzu: Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba
Reja:
I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot.
1.1 «Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari.
1.2 «Boburnoma» ning ilmiy - ma’rifiy va adabiy qiymmati.
II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba

    1. Movarounnahrda olib borgan urushlari.

    2. Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi.


Mundarija
Kirish ……………………………………………………………………..…3
I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot……..….7

    1. Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot……….…..9

«Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari…………….14

    1. «Boburnoma» ning ilmiy - ma’rifiy va adabiy qiymmati…………………………………………………………………...…….21

II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba....................................................................................................................23
2.1 Boburning siyosiy faoliyati……………………...……………………...23
2.2 Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi………..29


Kirish.
Uzoq o’tmishda ijtimoiy hayotning ko’p sohalarida muhim rol o’ynagan yirik siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U o’z davrida iste’dodli lashkarboshi va davlat arbobi, talantli shoir va adib, san’at, adabiyot hamda fanning qadrini biladigan atoqli olim bo’lgan. Uning musiqa, harbiy ish haqida yozgan risolalari bizgacha yetib kelmagan bo’lsa ham, biroq uning bos hqa qator asarlari ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan g’arb tarixchilarini qizio’tirib kelgani kabi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron tarixini tekshiruvchi sharo’shunos olimlar uchun ham ko’pdan buyon ilmiy tayanch manbalaridan biri bo’lib kelmoqda.
Boburning lirik devonlari, «Boburnoma»si, aruzga doir risolasi, Hatti Boburiy, "Harb ishi", "Musiqiy ilmi" va boshqa asarlari o’zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-fanning ravnaq topishiga bebaho hissa qo’shdi.
«Boburnoma» oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—1524) va Hindiston (1524— 1530)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—1494) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻtirishi (1494-yil iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15-asr 90- yillari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (qarang Panipat janglari), Shim. Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat.

Download 48.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling