Mavzu: Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba Reja: i-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot


Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi


Download 48.83 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi48.83 Kb.
#1586074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bobournoma 1

2.2 Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi.
Zahiriddin Muhammad Bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir lashkarboshigina bo’lib qolmay, buyuk shoir, adib, tarixchi va olimdir. Boburning merosi xilma - xildir. U ham shoir, ham yozuvchi bo’lgan, u musiqa ilmi, she’riy uslub hamda harbiy san’at haqida ilmiy risolalar yozgan. Ammo uning bu asarlari hozirgacha topilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan. Uning «Boburnoma» dan tashqari "She’rlar devoni" bo’lib, mazkur devon Boburning Lutfiy va Navoiydan qolishmaydigan darajada yetuk bir lirik shoir ekaniga dalildir. Bobur o’zining "Mubayyin" nomli asarida soliq solish tartiblari, ekin maydonlarini tayinlash, qanday yerlardan qaysi hajmda soliq olishni shariat mezoni bilan o’lchab, chiroyli nazmiy asar yaratgan. Bobur ushbu asarini o’g’li Humoyun Mirzoga atab yozgan, deb taxmin qilish mumkin. CHunki asarda u Humoyun, Komron Mirzolarning nomlarini tilga olib, ularga tilak bildiradi. Bundan tashqari, Bobur Xo’ja Ahrorni ng tasavvufga oid "Volidiya" nomli asarini nazmga solib, eski o’zbek tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, Bobur aruz ilmiga mansub bo’lgan "Muxtasar" nomli qimmatli asarning ham muallifidir.
Bobur alifbe masalalari bilan ham shug’ullangan. U alohida xat tu ri "Hatti Boburiy" ning ixtirochisidir. Bobur ijodi nihoyatda serqirra. Garchi umri quvg’inlik va musofirlik tashvishlari bilan o’tgan bo’lsa - da, u tahorat, tayammum bilan o’zini pok tutib, musulmonlik farzu sunnatini ado etgan. Buning ustiga kelajak avlodlar uchun da’vatnoma deb aytish mumkin bo’lgan "Kitobu - s - salot" - "Namoz Kitobi" ni yozib qoldirgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur ismining lug’aviy ma’nosi - "Yo’lbars" dir. Uning jismi ismiga monand bo’lib, yo’lbarsdek kuchli, dovyurak, abjir va epch il bo’lgan.
Boburning eng yirik va ajoyib asari, uni butun dunyoga tanitgan, Yevropa Sharo’shunoslari tomonidan Yuliy Tsezarning kommentariyalari bilan bir qatorga qo’yilgan kitobi "Bobumoma" dir. «Boburnoma» tarixiy - badiiy asardir. «Boburnoma» tarixiy manba bo’lishi bilan birga, o’zbek prozasining qimmatli yodgorligidir. Shu bilan birga, «Boburnoma» geografiya, etnografiya, tibbiyot, xalq meditsinasi va boshqa ilmiy sohalar bo’yicha ma’lumot beruvchi asardir. U o’zbek adabiy tilining muhim yodgorligidir.
Boburning faoliyati va adabiy merosini o’rganishda turli soha olimlari - tarixchilar, filologlar, geograflar va boshqalar katta natijalarga erishdilar. Fanda boburshunoslik deb aytish mumkin bo’lgan maxsus soha vujudga keldi. Bobur faoliyatini o’rganish bo’yicha Yevropa sharo’shunoslaridan Vitsen, Djon Leyden, V.Erskin, R.M.Kalenot, Pave de Kurteyl, Denison Ross, A.Beverij xonim, Len Pulb, E.Xolden, V.X.Moremend va boshqalar, rus olimlaridan N.I.Ilbminskiy, V.V.Vyatkin, A.Samaylovich, V.Bartolbd hamda afg’on va hind olimlari olib borgan tadqiqotlarni alohida ta’kidlab o’tish mumkin. o’zbek olimlaridan H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, S.Aliev, A.Qayumov, S.Jamolov, H.Hasanov, I.Haqqulov, H.Qudratullaev va boshqalar samarali xizmat qildilar. Bobur haqidagi tadqiqotlar chop etildi, Bobur asarlarining lug’atlari tuzildi, Bobur asarlarining qayta-qayta chop etilishga erishildi.



  1. Gulbadanbegim "Humoyunnoma", T., 1998. 9.Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. T., 1996.

Xulosa.

Bobur lirik asarlarining mavzu ko’lami keng va xilma-xildir. Bobur umuman voqealikni, xususan ijtimoiy fikrni, ijtimoiy hayotni kengroq qamrab olishga harakat qiladi va bu sohada ko’pgina yutuqlami qo’lga kiritadi. Kishilaming ma’naviy qiyofasi, din, tasavvuf, hokimiyat va marifat masalalari, yor va unga bo’lgan muhabbat, vatan haqidagi o’ylar, unga intilish, zamondan norozilik, hayotni sevish Bobur lirikasining mavzulari hisoblanadi. Murakkab va ziddiyatli hayot va kurash yo’lini bosib o’tgan Boburning o’zi bu lirikaning markaziy qahramonidir.


Bobur lirikasidagi ishq mavzusi juda keng qamrovli. U oddiy insonning insonga bo’lgan muhabbatidan, insonning ilohga bo’lgan muhabbati darajasiga ko’tarilgan. Bu esa Bobur she’riyatidagi so’fiyona mayllarni namoyish qiladi. Bobur oshiqni zohidga, ishqni zuhdu - taqvoga qarama - qarshi qo’yar ekan, bir jihatdan Navoiy singari shoirlarning an’analarini davom ettirib, tarkidunyochilikni oqlamasa, ikkinchi tomondan tasavvuf ta’limotidan bizga ma’lum bo’lgan zohidlar va oshiqlar (so’fiylar) o’rtasidagi kelishmovchiliklarni ko’rsatib beradi.
«Boburnoma» ning syujeti juda murakkabdir. Bobur syujetni rivojlantirishda Sharq adabiyotida keng tarqalgan bayon ichiga bayon kiritish usulini qo’llaydi. Mazkur usul turli mavzularni qamrab olishga, konfliktning kuchayishiga va asarning serqirra bo’lishiga imkoniyat beradi.
Muhimi shundan iboratki, Bobur ko’pincha badiiy umumlashma va voqealikni realistik aks ettirish orqali yuksak mahoratga erishadi.
Bobur tabiat manzaralari bir-biridan farq qiluvchi va o’ziga xos bo’lgan viloyat va o’lkalarda bo’ldi. U turli joylarni tasvirlar ekan, mana shu tabiat manzaralariga ham katta e’tibor beradi, ularning nozik nuo’talarini topa oladi va xuddi bir rassomday jonli polotnolar, peyzajlar chizadi. «Boburnoma» ning tarixiy manba sifatida baholashga birinchi asos - tarixiy voqealar bayoni bo’lsa, ikkinchi asos asarda tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlarining ifoda etilishidir. «Boburnoma» da bir necha yuz tarixiy shaxslar haqida ma’lumot beriladi. Ular shohlar, viloyat hokimlari, amir - amaldorlar, askarlar, ilm - fan, san’at va adabiyot ahllari, dehqonlar, hunarmandlar va boshqa kasb egalaridir. Adib ularni tasvirlayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so’zlaydi, ikkinchi birlari haqida qisqacha ma’lumot beradi, ba’zilarini biror munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. Voqealar rivojida muhim o’rin tutgan Umarshayx mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl - shamoyili, nasl - nasabi, ma’naviy qiyofasi, xislati, xulq-atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarini ham tasvirlaydi, xilma - xil badiiy portretlar, xarakterlar yaratadi. Bunday personajlar bevosita tarixiy roman yoki qissalardagi qahramonlarga o’xshab ketadi. Bobur ularning ta’rifi va tavsifini bir joyga to’plab, mujassamlashtirib beradi, bu bilan kitobxonni tarixiy shaxs bilan tanishtiradi, shundan keyin voqealar bayonini davom ettiradi.

Download 48.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling