Mavzu: zamin gruntlarning muvozanat holatt tenglamalari


Download 150.1 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi150.1 Kb.
#1488332
1   2   3   4
Bog'liq
Istatov Alisher 10

Ma’lumki, amaliy masalalarni hal etishda barcha poydevorlarning aniq o‘lchamlarini hisoblash talab etilmaydi. Chunki bir bino yoki inshoot ko‘lamida turli-tuman o‘lchamli poydevorlardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Inshoot ko‘lamida qo‘llaniladigan barcha sayoz poydevorlar yagona chuqurlikka joylashtirilib, agar qoziqlardan foydalanilsa - bir hil uzunlikdagi qoziqlar ishlatiladi.

  • Ma’lumki, amaliy masalalarni hal etishda barcha poydevorlarning aniq o‘lchamlarini hisoblash talab etilmaydi. Chunki bir bino yoki inshoot ko‘lamida turli-tuman o‘lchamli poydevorlardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Inshoot ko‘lamida qo‘llaniladigan barcha sayoz poydevorlar yagona chuqurlikka joylashtirilib, agar qoziqlardan foydalanilsa - bir hil uzunlikdagi qoziqlar ishlatiladi.
  • Eslatib o‘tish lozimki, qabul qilingan eng arzon poydevor nusxasi ma’lum sharoitlarda binoning ruxsat etib bo‘lmaydigan darajadagi cho‘kishi, yoki cho‘kishlar farqini yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, poydevorni ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni keltirib chiqaradi
  • Shuning uchun zamin gruntlarining xususiyatlarini to‘la-to‘kis e’tiborga olmay bajarilgan texnik-iqtisodiy hisoblashlar hamma vaqt ham ijobiy natija beravermaydi.
  • Tanlangan nusxalarni texnik-iqtisodiy jihatdan taqqoslash, avvalo, ashyolar sarfi, poydevor tannarxi va boshqalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iborat. So‘ng ish vaqtini qisqartirish, poydevor xandag‘ini quritish va zamin gruntining cho‘kish oqibatida yuzaga keluvchi xarajatlarni ham nazarda tutish lozim
  • Iqtisodiy samaradorlik ko‘p hollarda turli nusxalarni taqqoslashda asosiy ko‘rsatkich bo‘ladi. Bunda taqqoslanuvchi nusxalar har tomonlama puxta ishlanib, barpo etilajak inshootni uzoq vaqt davomida benuqson ishlashidan dalolat berishi kerak. Undan tashqari mazkur nusxalar inshootdan uzatiluvchi yuklarni eng noqulay holatiga hisoblangan bo‘lishi lozim.

Nusxalarni taqqoslashda gruntning o‘ta cho‘kishi ta’sirida zararlanishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni ta’mirlash sarfi ham nazarga olinishi kerak.

  • Nusxalarni taqqoslashda gruntning o‘ta cho‘kishi ta’sirida zararlanishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni ta’mirlash sarfi ham nazarga olinishi kerak.
  • Inshootning barcha poydevorlari yig‘indisi bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni
  • hisoblash eng aniq natija berishi ma’lum. Ammo bu ishni bajarish murakkab bo‘lib, barcha poydevorlar haqida to‘liq ma’lumotlar olish uchun uzundan-uzoq hisobiy ishlarni bajarishni talab etadi. Shu bilan birga amaliy tajribalarning ko‘rsatishiga qaraganda mazkur ishlarni bajarish hamma vaqt ham kerak bo‘lavermaydi.
  • Jo‘yaksimon poydevorlarda 1 m uzunlikdagi qism, ustun osti poydevorlarida esa, eng ko‘p yuklangan poydevor taqqoslanadi. Bunda iqtisodiy samaradorlik me’yoriy hujjatlar asosida to‘la sarflar bo‘yicha hisoblanishi lozim.
  • Notekis cho‘kishlarga nisbatan poydevorning iqtisodiy samaradorligi me’yoriy narxlar asosida bajarilishi mumkin.
  • Foydalanish davrida ta’mirlanishi oldindan ma’lum bo‘lgan poydevorlarning iqtisodiy samaradorligi bo‘lg‘usi sarf-xarajatlarni nazarda tutuvchi koeffitsiyentlar yordamida aniqlanadi.
  • Poydevor o‘rnatish muddatini qisqartirish ham samaradorlikni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Chunki u inshootni tiklash vaqtini belgilaydi, zero boshqa qurilmalarni tiklash ishlari poydevor o‘rnatilgandan so‘ng bajariladi. Shuning uchun xandaqni quritish va poydevor o‘rnatish uchun sarflangan vaqt katta ahamiyatga ega.

Download 150.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling