LABORATORIYA ISHI №3
MAVZU: ZAMONAVIY MATN MUHARRIRLARI.
JADVAL MUHARRIRLARIDAN IQTISODIY MASALALARNI
YECHISH JARAYONIDA FOYDALANISH
Ishning maqsadi. Talabalarga Word matn muharririda matnli hujjatlar tayyorlash bo‘yicha
amaliy bilimlar berish.
Masalaning qo‘yilishi. Word matn muharririning menyusi vositalar paneli elementlaridan
foydalanib, turli shakldagi matnli ma’lumotlarni tayyorlash.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. MS Word bu matnli hujjatlarni tayyorlash, tahrir qilish
va chop etishga mo‘ljallangan Microsoft Office dasturlari guruhiga
kiruvchi zamonaviy matn
muharrirlaridan biridir.. Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydigan bu amaliy dastur
yordamida ixtiyoriy ko‘rinishdagi matnli hujjatni juda tez va sifatli tayyorlash mumkin. U yozuv
shriftlarining boyligi, yozilgan
jumlalarning orfografik, semantik xatolarini avtomatik tarzda
tuzata olishi, matnlarni istalgan ko‘rinishda va o‘lchamda
formatlay olishi, matematik ifoda va
kimyoviy formulalarni yozishda qulaylik yaratishi bilan boshqa matn
muharrirlaridan ajralib
turadi. Uning yana bir muhim xususiyati shundaki, Windows tizimida ishlaydigan barcha amaliy
dasturlar bilan o‘zaro aloqada ishlay oladi. Masalan, turli jadvallar, diagrammalar, grafiklar yoki
rangli rasmlar va shunga o‘xshagan boshqa turdagi ob’ektlarning matnda ishlatilishi talab qilinsa,
Wordda bu muammo osongina yechiladi.
Biz quyidagi topshiriqlar va ko‘rsatmalar asosida Word 2000 matn muharriri bilan amaliy
ish jarayonini tasvirlagan bo‘lsak-da, ammo bu Wordning boshqa versiyalariga nisbatan ham
umumiylik xususiyatini saqlab qoladi.
Topshiriqlar
1.
Wordga kirish.
Wordga kirishning bir nechta usullari mavjud bo‘lib, quyidagi asosiy ikki usulni tavsiya
etamiz: 1
-usul. “Пуск” tugmachasi orqali Windows asosiy menyusiga kirib, “Программы” bandi
ochiladi va dasturlar ro‘yxatidan “Microsoft Word”
tanlanib, sichqonchaning chap tugmasi
bosiladi (1-rasm):
1-rasm. MS Wordga kirish.
2
-usul. Agar mavjud bo‘lsa, Windows ish stolidagi Word dasturi yorlig‘i ustida sichqoncha
chap tugmasi tez ikki marta bosiladi. Natijada ekranda MS Word dasturi oynasi namoyon bo‘ladi
(2-rasm).