Belgilarni quyuq rangli (Полужирный) holatda yozish uchun avval belgilar ajratiladi. So‘ng
sichqoncha ko‘rsatkichi orqali vositalar panelidagi
belgiga murojaat qilinadi. (Yoki
[Ctrl]+[B]).
Og‘ma ingichka (Курсив) holatida yozish uchun esa xuddi shu usulda
belgiga murojaat
qilinadi. (Yoki
[Ctrl]+[I]).
Ostiga chizilgan (Подчеркнутый) holda yozish
uchun yana shu usulda
belgiga
murojaat qilinadi. (Yoki
[Ctrl]+[U]).
7.
Belgining yuqori va quyi indekslarini qo‘yish.
Belgining
yuqori indeksini
qo‘yish
uchun vositalar panelidagi
belgiga (klaviatura rejimida:
[Ctrl]+[Shift]+[=] ), belgining
quyi indeksini
qo‘yish uchun esa vositalar panelidagi
belgiga
(klaviatura rejimida:
[Ctrl]+[=] ) murojaat qilish mumkin.
8.
Kiritilgan ma’lumotni xotiraga yozish va hujjat oynasini yopish.
Wordda ochilgan
birinchi hujjat oynasi odatda Документ1, ikkinchi hujjat oynasi
Документ2, va hk.,
n hujjat oynasi Документn nomi bilan yaratiladi. Hujjatni biror aniq nom
bilan xotirada qoldirish uchun
“Файл” menyusida
“Сохранить” (klaviaturada: [Shift]+[F12] )
yoki
“Сохранить как …” ( klaviaturada: [F12] ) bandi bosiladi. Hosil bo‘lgan muloqot
oynasining (10-rasm)
“Папка:” yo‘lagiga yangi fayl joylashishi kerak bo‘lgan katalog (papka)
nomi (masalan,
Мои документ) ajratib ko‘rsatiladi,
“Имя файла” yo‘lagiga esa yangi fayl nomi
(masalan,
Yozuv) klaviaturadan teriladi
va oynaning quyi qismidagi “Сохранить” tugmasi
bosiladi. Shunday qilib, natijada
Yozuv.doc fayli
[Мои документ] papkasi ichida hosil bo‘ladi.
Agar matnga yana qo‘shimcha yozuvlar kiritilsa, bu o‘zgarishni ham saqlab qo‘yish uchun menyu
yoki klaviaturadan foydalanib yuqoridagi amallardan birini bajarishingiz mumkin. Bunda boshqa
muloqot oynasi hosil bo‘lmaydi, balki o‘lchami jihatidan oldingisidan kattaroq bo‘lgan fayl
avvalgi nomi bilan saqlanaveradi. Faylni xotirada saqlab qo‘yish amalini vositalar panelining
belgisidan foydalanib ham bajarish mumkin.
10-rasm. Ma’lumotni fayl ko‘rinishida
xotiraga yozish
Do'stlaringiz bilan baham: