=ЕСЛИ(D2>=0; (-B2+КОРЕНЬ(D2))/(2*A2)) =ЕСЛИ(D2>=0; (-B2-
КОРЕНЬ(D2))/(2*A2))
Shunday qilib, E2 va F2 yacheykalarda tenglamaning izlanayotgan ildizlari D2>=0 shart
bajarilgandagina paydo bo‘ladi (3-rasm), aks holda
ЛОЖЬ “xabari” beriladi.
3-rasm.
9. Berilgan diapazondagi sonlarning yig‘indisi va ko‘paytmasini hisoblash.
Agar sonlar ustun yoki satr bo‘ylab ketma-ket bir nechta yacheykalarda berilgan bo‘lsa va ularning
umumiy yig‘indisini hisoblash talab qilinsa, u holda kerakli sohadagi tegishli yacheykalar ajratib
olinadi va vositalar panelidagi
(avtosumma) belgisi ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi.
Bu ishni formulalar satrida yig‘indini hisoblash funksiyasini kiritish orqali ham amalga oshirish
mumkin (4-rasm). Sonlar ko‘paytmasini hisoblash uchun esa kursor D7 yacheykaga qo‘yilib,
formulalar satrida ПРОИЗВЕД(D1:D6) funksiyasi yoziladi.
4-rasm.
10. Berilgan ma’lumotlar asosida grafiklar va diagrammalar tuzish.
Ma’lumotlarni diagramma ko‘rinishda tasvirlash uchun avval talab qilingan sohadagi
ma’lumotlarni ajratib olamiz, so‘ngra
[Вставка] menyusining
[Диаграмма] bandiga murojaat
qilib, 5-rasmdagi oynaga ega bo‘lamiz.