Мavzu: zamonaviy menejer tushunchasi


Download 55.8 Kb.
bet5/12
Sana28.03.2023
Hajmi55.8 Kb.
#1304319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ёдгоров Жамшид курс иши

Salomlashish. Har qanday suhbat salomlashishdan boshlanadi. Salomlashish imo-ishoralar va harakatlar, qo’l bilan ko’rishish, qo’lni ko’ksiga qo’yish, ta’zim qilish kabilar bilan bajariladi. Birinchi uchrashuvda salomlashish so’zini aytish va yuzdagi ifoda muhim ahamiyatga ega. Istalgan sharoitda va holatda, qisqa tanishuv va tasodifiy uchrashuvlarda ham salomlashish kerak. Salom berilganda kechiktirmasdan alik olinadi. Salomga alik olmaslik manmanlik, kibr va qo’pollik hisoblanadi. Uzoqdan turib salomlashish odob tartiblariga kirmaydi. Jamoat joylarida, teatr, yig’ilish, restoranda uchrashib qolganda jilmayib, bosh irg’ashning o’zi yetarli deb yozishgan. Kim birinchi bo’lib salom berishi kerak degan savolning javoblari quyidagicha:
-yoshi kichiklar yoshi kattalarga birinchi bo’lib salom beradi;
-erkak ayolga hamisha birinchi bo’lib salom beradi;
-kim binoga kirayotgan bo’lsa, ichkaridagilarning barchasiga birinchi bo’lib salom beradi;
-biror jamoat joyga kirgan kishi birinchi bo’lib salom beradi;
-mehmon birinchi bo’lib eshikni ochgan kishiga, so’ngra unga peshvoz chiqqan kishilarga navbati bilan salom beradi; Bir-biri bilan salomlashayotganda odatda qo’l berib salomlashadi. Bu qadimda erkaklarning qurolsiz ekanligi va toza ko’ngil bilan kelganligini bildirgan. Hozirgi kunga kelib, tanishuvda, bir-biriga minnatdorlik izhor qilganda, xayrlashuvda qo’l berishadi. Qo’l berib salomlashishning bir necha qoidalari bor:
-sizga uzatilgan qo’lni qismang bu qo’pol haqorat;
-uzatilgan qo’l bitta qo’l bilan ushlanadi;
-qo’l bilan ko’rishish qisqa bo’lishi kerak;
-qo’l berib ko’rishayotganda unga bo’lgan hurmatingizni ifodalamoqchi bo’lsangiz, yengil ta’zim qiling;
-ostona, stol va boshqa turli narsalar ustidan qo’l uzatmang.
-Ayol kishi bilan salomlashganda birinchi bo’lib qo’l berib ko’rishish tavsiya etilmaydi. Sinchkov kishilar salomlashishingizdan sizning kimligingizni sezib oladi.
Suhbat. Suhbat kishilik jamiyatining hamma vaqtida ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Suhbat fikrlar almashuvi bo’lib, o’tkir aqlingiz, gapga chechanligingiz va notiqligingizni ko’rsatish uchun emas. Suhbatdoshlar munosabatida fikrlarni
oddiy va aniq qilib ifodalashda yetakchilik qilish kerak. Ko’pchilik suhbat boshlashdan qo’rqadi, ovozi qaltiraydi, gapini yo’qotib qo’yadi. Buni yo’qotish uchun kitoblar o’qish va vaqti-vaqti bilan ziyoli odamlar davrasida ham ishtirok etish o’rinli. Teatrlarga tushib turing, shunda siz o’z-o’zingizni boshqarish emas, jonli hayotdan, teatrdan, hayotdan o’rganasiz. Nutq madaniyatini o’rganish uchun mashhur yozuvchilarning badiiy asarlarini, she’riyatni, xalq og’zaki ijodini o’rganish talab qilinadi. Hamisha suhbat mavzusini yaxshi anglash, o’z vaqtida suhbatga jon bag’ishlab yuborish va qachon gapirishni bilish kerak. Suhbatdoshga ko’rsatilgan eng yaxshi hurmat uni diqqat bilan eshitishdir. Har qanday suhbat bu axborotlar almashinuvidir. Yaxshi suhbat esa kishilarning tanishuvi va kelajakda munosabatlarni davom ettirishning garovi hisoblanadi. Axborotlar
almashayotganda uning eng muhim tomoniga e’tibor qiling. Gapirayotganda baland ovozda so’zlamang. Ayniqsa, bu suhbat ko’chada, jamoat joylarida kechayotgan bo’lsa. Ovozingiz boshqalarning e’tiborini tortmasligi kerak. So’zlovchi amal qilish kerak bo’lgan qoidalar:
1. Birovning sha’niga yomon so’z aytmang.
2. Xushmuomilalikni qo’ldan bermang. Nutqingizni yumshatibroq ifodalang, qat’iy fikrlarni bildirmang.
3. Gapirayotganda o’z shaxsiy “men”ga urg’u bermang.
4. Suhbat davomida, o’z fikringizni ifodalayotganda, suhbatdoshni ham tinglashni, uning qiziqishlari, shaxsiyatini unutib qo’ymang.
5. Suhbatdoshingiz uchun ahamiyatli, qiziqarli, jonli, tushunarli bo’lgan mavzuda gapiring.
6. Qisqa va lo’nda gapiring.
7. Suhbatdoshingizning imo-ishorasiga e’tibor qarating.

Download 55.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling