Мavzu: zamonaviy menejer tushunchasi


Download 55.8 Kb.
bet6/12
Sana28.03.2023
Hajmi55.8 Kb.
#1304319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ёдгоров Жамшид курс иши

Suhbatlashish qoidalari:
1. Odatda kam biladigan kishilar ko’p gapiradi. Ko’p biladigan kishilar kam gapiradi. Shuningdek, gapirish mumkin bo’lmagan narsalar haqida so’zlamang.
2. Suhbatda har qanday o’ta jiddiy munozaradan qoching. Ayniqsa siyosat va din borasidagi bahslarda siz ming karra haq bo’lsangizda, buni tortishuv va bahslarga aylantirib yubormang.
3. Boshqalardan oldin gap boshlamang, o’z navbatingiz kelganda gapiring. Nutqingiz ravon, o’zingiz xotirjam holda so’zlang. O’zingizning qanchalik bilimdon ekanligingizni ko’rsatib qo’yishga urinmang, aksincha suhbatdoshlar darajasida turib gapiring.
4. Jamoat oldida o’zingiz haqida umuman gapirmang. Eng yaqin do’stlargina bir birining shaxsiy hayoti bilan qiziqishlari mumkin.
5. Ko’ngli toza kishilar boshqalar haqida hamisha iliq so’zlaydi, xolis fikrlaydi.
6. Hech qachon biror narsaga qancha to’laganingiz haqida gapirmang va boshqalardan “Bu uchun qancha to’ladingiz?” deb so’ramang.
7. Muallifdan yozgan asari, artistdan o’ynagan roli, rassomdan chizgan asari uchun qancha haq olishini surishtirish qo’pollik va tarbiyasizlikni bildiradi.
8. Latifa aytmoqchi bo’lsangiz, u qisqa va o’tkir so’zli bo’lsin. Ammo aslo odobsiz emas.
9. Garchi ko’pchilik gapirganda, jim o’tirish afzalroq bo’lsada, ko’pchilik oldida so’zsiz va beparvo o’tirmang.
10. Ba’zi odamlar o’z nutqini maqollar va matallar bilan bezashni xush ko’rishadi. Ammo maqollar va matallarni ishlatishda ehtiyotkor bo’lishni tavsiya etamiz. Chunki ularning ko’pchiligi kamida ikki ma’noni yoki ko’p ma’noni anglatadi.
Nutq madaniyati. So’z va uning talaffuzi suhbatdoshga bo’lgan munosabatni ifodalaydi. Keskin, qo’pol talaffuz boshqalarning dilini siyoh qiladi. Tarbiyali inson baland ovozda gapirmaydi, so’zlarni ravon ifoda qiladi. Hech qanday sabab-ijtimoiy ahvoli, uyda yoki ishda tutgan o’rni, sog’ligining yomonligi atrofdagilarga dag’al muomala qilish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham muloyim ovozda berish mumkin. Suhbat va so’zlarning ohangi insonning dunyoqarashi va o’zgalarga munosabatini ifodalab turadi. Bugungi jamiyatda rahbar va uning qo’l ostidagilar munosabatida ham buyruq ohangi noo’rin hisoblanadi. Ishga oid uchrashuvlardagi suhbat rasmiy munosabatlar chegarasidan chiqmasligi, unda xushmuomala ohang ustun bo’lishi kerak. Nutq madaniyati til ilmining nisbatan yosh sohasidir. Ushbu fanning mustaqil bo'limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o'zgarishlar ta'siri ostida shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq madaniyatini oshirishga e'tiborni kuchaytirishni talab qildi". Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. Madaniyatning keng tushunchasi, shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulq-atvori madaniyati deb nomlanadigan narsani o'z ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob-axloqining mohiyatini tushunish muhimdir. XV asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan. Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan.



  1. O’qitishning maqsadlari va turlari.

Tashkilotda hodimlarni o’qitish- hodimlarni ish davomida duch kelayotgan, kompetensiyalarga bog’liq muammolariga yechim berish maqsadida amalga oshiriladi.

Download 55.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling