Mavzu: zilzila va vulqonlar. Reja: Tektonik harakatlar va ularning yer relyefiga ta’siri


Vulqon - Yer po‘stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug’lari va jins bo’laklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma


Download 1.14 Mb.
bet4/7
Sana26.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1655994
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi vazira

Vulqon - Yer po‘stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug’lari va jins bo’laklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma.

  • Vulkanlar markazida asosiy vulkan kanali joylashgan bo‘lib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma o‘chog‘i) magma va boshqa vulkan jinslari shu kanal orqali ko’tariladi. Vulkan kanalining yuqori qismi vulkan bo‘g‘zi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi.
  • Shuni eslatish joizki, vulkan o‘choqlari turlicha chuqurlikda joylashadi. Masalan, ularning chuqurligi, asosan, 5-6 km. dan (masalan, Vezuviy), 50-70 km. gacha (Klyuchi Sopkasi) boMadi. Vulkan otilishi qisqa, davriy va uzoq davom etishi, ba’zilari butunlay so‘nib qolishi mumkin. Vulkanlar vaqt davomidagi harakatiga 109 ko‘ra, uch guruhga bo’linadi: harakatdagi, uyqudagi va o'chgan vulkanlar. Hozirgi paytda bug‘, lava va gaz chiqarib tursa, yoki tarixiy davrda harakatlanganligi haqida ma’lumot bo'Isa, bunday vulkanlar harakatdagi vulkanlarga kiritiladi. Agar vulkan shaklini olgan barcha geomorfologik va geologik ma’lumotlar harakatlanisliidan darak bersa, lekin tarixiy davrda harakatda bo‘lganligi haqida ma’lumot bo‘lmasa-da, uyqudagi vulkan guruhiga tegishli bo‘ladi. Odatda, bunday vulkanlar xaritalarda ko‘rsatilmaydi. O'chgan vulkanlar guruhiga yemirilib ketgan, harakatlanishi to‘g‘risida birorta geomorfologik yoki geologik belgilari bo‘lmagan vulkanlar tegishli.

Vulqon turlari

  • Gavayi turidagi vulkanlardan (Tinch okeandagi Gavayi orollari nomidan) temperaturasi 1200-1300° bo‘lgan suyuq bazalt lavasi to‘xtovsiz chiqib turadi. Ular Gavayi orollaridagi Mauna-Loa, Kilauea hamda Kamchatka yarimorolidagi (Ploskiy, Tolbachi) vulkanlar.
  • Stromboli turidagi vulkanlar (Lipar orollaridagi Stromboli vulkani nomidan) kuchli portlab, vulkan bombalari otilib, so‘ngra temperaturasi 1200-1300° bo‘lgan bazalt, andezit tarkibli lavalari oqib chiqadi. Stromboli turidagi vulkanlar Apennin yarimorolida (Vezuviy), Kamchatka yarimorolida (Klyuchi Sopkasi) mavjud.
  • Vulkan turidagi vulkanlar (Tirren dengizining janubi-sharqida joylashgan vulkan nomidan) otilganda qattiq portlaydi, vulkan bombalari va kullari otilib chiqadi. Kamchatka yarimorolidagi Jupanov, Karim Sopkasi bu turdagi vulkanga kiradi.
  • Gumbazli turi uchun quyuq yopishqoq (andezit, datsit, liparitliy) lavani gaz bosimi tufayli vulkan kanalidan siqib, itarib chiqarib gumbazlar, kriptogumbazlar, konus-gumbazlar va obelisklar22 hosil bo‘lishi mumkin.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling