KALDERA
VULQON OROLLARI
Zilzila - tabiatning dahshatli hodisasi. Zilzila (yer qimirlashi) - Yer po‘stida yoki mantiyaning yuqori qismida to‘satdan siljish, yorilish, sinish yoki o'pirilish ro‘y berishi oqibatida vujudga keladigan va to‘lqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Yer sharining kuchli zilzilalari sodir bo‘ladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga bo‘lish mumkin: - birinchisi, geografik kenglik yo‘nalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdog', Tyanshan, Pomir, Himolay;
- ikkinchisi, meridional yo‘ nalishda - Tinch okeanning ikki qirg‘og‘i bo‘yicha va qisman quruqlik mintaqasidajoylashgan.
Zilzilalar tasnifi - O'zbekiston M illiy ensiklopediyasida zilzilalar kelib chiqishiga ko‘ra, uchta guruhga: tektonik, vulkanik va o'pirilish zilzilalariga ajratilgan. Biroq seysmolog olimlar zilzilalarni kelib chiqishiga ko‘ ra, to‘rt guruhga bo‘lgan. Ular: tektonik, vulkanik, gravitatsion (tog1 qulashlari, surilma, ko‘chkilar ta’sirida sodir bo‘ladigan) hamda sun 'iy zilzilalardir. Biz, kosmogen zilzilalarni ham alohida zilzila turi sifatida ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
- Tektonik zilzilalar eng qo‘rqinchli va dahshatli hisoblanadi. Yer po‘stining har xil chuqurligida tabiiy kuchlar ta’sirida sodir bo‘ladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular Yer qa’ridagi harakat va jarayonlarning mahsuli bo‘lib, bu jarayonlarning kinetik quwat tarzida birdan (1 min. da) sarflanishi oqibatidir.
- Vulkanik zilzila Yer po‘ stidagi yoriq va kanallar orqali lava (magma)ning Yer yuzasiga otilib chiqishi bilan bog‘liq holda yuz beradi.
Gravitatsion zilzilalar tog‘ qulashlari, surilma va ko‘chkilar natijasida vujudga keladi. Bu kabi zilzilalar tabiatda juda kam sodir bo‘ladi, ular kuchi jihatidan tektonik zilzilalaming eng kuchsizi bilan tenglashadi. - Gravitatsion zilzilalar tog‘ qulashlari, surilma va ko‘chkilar natijasida vujudga keladi. Bu kabi zilzilalar tabiatda juda kam sodir bo‘ladi, ular kuchi jihatidan tektonik zilzilalaming eng kuchsizi bilan tenglashadi.
- Kosmogen zilzilalar Quyosh sistemasining sayyoralararo fazosida elliptik orbita bo‘ylab aylanayotgan son-sanoqsiz meteor (qattiq) jismlarining Yer yuziga tushishidan vujudga keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir sutkada osmondan Yerga umumiy massasi 10 t atrofida boigan turli xil kattalikdagi qattiq holatdagi kosmik modda tushadi. Bu meteor jismlaming Yerga kelib urilishi turli kuchdagi zilzilalami keltirib chiqaradi.
- Sun’iy zilzilalar insonlaming tog‘-kon, shaharsozlik, yo‘lsozlik kabi faoliyatlarini olib borishda yuzaga keladi. Ma’lum foydali qazilmani osongina qazib olish, tog‘li hududlarda avtomobil va temir yo‘ llar uchun tunnellar qurishda tog‘ jinslari portlatiladi. Natijada, sun’iy yoki antropogen zilzilalar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |