Mavzu: Ziranamolar oilasi Bajardi: Rajabova Fotima Tekshirdi: Allaberganova Komila Urganch 2023 Mundarija


Download 0.64 Mb.
bet10/19
Sana30.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1402238
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Rajabova Fotima

Geografik tarqalishi. Bu o’simlik O’zbekiston va Turkmanistonda (Koytendag qo’riqxonasi) gipsli tuproq va qumloqlarda, pastki tog’larda o’sadi. Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida, Dehqonobod, Qamashi, G’uzor va Boysun tumanlarining tog’ va tog’ oldi mintaqalarida tarqalgan.
Ishlatiladigan organlari: yer ustki qismlari, gullari, urug’I, ildizi.
Ta’siri va ishlatilishi. Kamqonlikka qarshi, oshqozon ichak trakti faoliyatini yaxshilaydigan, o’t suyuqligi, siydik haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Vitaminlarga boy ko’kat.sariq kasalligini davolashda mahalliy tabiblar tomonidan keng qo’llaniladi. Dehqonobod tumani xalqi tomonidan yig’ib olinadi. Tozalab, quritib olinadi va yopiq joyda saqlanadi, oshko’k sifatida ishlatiladi. Ho’lligida juda mazali taom sanaladi.


2. 4-rasm. Alqor – Mediasia macrophullum (Rgl et Schmalh)
Botanik ta’rif. Bo’yi 100-130 sm ga yetadigan ko’p yillik o’simlikdir. Ko’p poyali. Poyasi ariqcha izli, tukli, yuqori qismi shoxlangan. Bargi qalinroq, cho’zinchoq, uch burchakli. To’pguli novda uchlarida joylashgan bo’lib, uzun bandli, 10-20 nurli gullar yig’indisidan iborat, har bir gulning uzunligi gulbandi bilan birga 2-3 sm. Soyabonsimon to’pgulidagi gullarining soni 20 taga yetadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi, urug’I avgust-sentabr oylarida yetiladi.
Geografik tarqalishi. Respublikamizning Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Qahqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog’li rayonlaridagi shag’al toshli tog’ yonbag’irlarida ko’p uchraydi.
Ishlatiladigan organlari: poyasi, barglari va gullari.
Kimyoviy tarkibi. O’simlikning poya, barg va to’pgullari vitaminlarga, organic moddalarga, mineral tuzlarga hamda efir moylariga juda boy.
Ta’siri va ishlatilishi. Alqor juda kuchli tinchlantiruvchi. Yurak-qon tomir sistemasi faoliyatini yaxshilaydi, qon bosimini normallashtiradi. Alqorning yer ustki qismlaridan oziq-ovqat sanoatida, go’shtli, baliqli konservalar hamda turli kolbasalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Alqor barglaridan choy tayyorlab ichish mumkin. Uning barglari xushbo’y ziravor sifatida qattiq, saryog’, pishloq, chalop tayyorlashda hamda bodring, pomidor va karam tuzlashda qo’llaniladi. Alqor turli ovqatlar tayyorlashda ishlatilishidan tashqari, sutli va moyli taomlarni 1-3 hafta mobaynida achib qolishiga yo’l qo’ymaydi va xushta’m qiladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling