Mavzu: Ziranamolar oilasi Bajardi: Rajabova Fotima Tekshirdi: Allaberganova Komila Urganch 2023 Mundarija


Tayyorlash va ishlatish usullari. 1


Download 0.64 Mb.
bet15/19
Sana30.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1402238
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Rajabova Fotima

Tayyorlash va ishlatish usullari. 1. Quruq shvid o’tidan 10 g (1 osh qoshiq) miqdorda olib, ustiga 500 ml qaynoq suv quyiladi-da, damlab qo’yiladi, sovuganidan keyin suzib olib, qabziyat mahalida yoki ich dam bo’lganda ovqat oldidan yarim stakandan kuniga 3-4 mahal ichiladi.
2. 10 g miqdoridagi shvid urug’ini sirlangan idishga solib, ustiga 200 ml (1 stakan) qaynab turgan suv quyiladi-da, idish qopqog’ini yopib, uni qaynab turgan suvga 15 minut solib turiladi. Uy haroratida 45 minut davomida sovitiladi-da, keyin suzib olib, suyiqlik hajmini qaynagan suv bilan 200 ml ga yetkaziladi. Balg’am ko’chiradigan va yel haydaydigan vosita tariqasida iliq holida 1̸ 3 stakandan kuniga 3-4 mahal ichiladi.
3. 2 choy qoshiq shvid urug'’ni termosga solib, ustiga 200 ml qaynoq suv quyiladi, kechasi bilan qoldirib qo'yiladi, ertasiga shu damlamaning hammasini ovqatdan oldin 3 ga bo'lib ichiladi.
4. 1 g miqdorida (pichoq uchida) olingan shvid urug’ini ovqatdan 20 minut ilgari kuniga 3 mahal suv bilan ichiladi.
5. Qorin dam bo’lganda, ayniqsa, bolalarga, 1 choy qoshiqdan shvid suvi (dorixona shvid moyining 0,1% li eritmasi) buyuriladi.
Qora zira – Carum carvi L.
Botanik ta’rif. Qora zira bo’yi 100 sm gacha boradigan, ikki yillik (goho bir yoki ko’p yillik) o’tsimon o’simlik. Ildizi etdor, duksimon, uzunligi 10-20 sm bo’ladi. Poyasi to’g’ri o’sadi, sershox. Barglari navbatma-navbat joylashgan, bandli, poyasining uchiga tomon asta-sekin kamayib boradi. Barg yaprog’I cho’ziq. Gullari mayda, gulkosachasi deyarli sezilmaydi, gultoji besh bargli, oq yoki pushti rangda, gullari diametric 8 sm gacha boradigan soyabonsimon to’pgul hosil qiladi. Mevasi uzunligi 3-5 mm ga boradigan cho’zinchoq yassi shakldagi ikki urug’li meva, juda xushbo’y hidli va o’ziga xos mazali ikki nimtaga bo’linadi. Iyun-iyulda gullaydi, mevalari iyul-avgustda yetiladi.
Geografik tarqalishi. O’rta Osiyo va janubiy Qozog’istondagi tog’larda, Sibir va Kavkaz hamda boshqa joylarda uchraydi. Ukrainada ekiladi ham.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling