Mavzu: Ziranamolar oilasi Bajardi: Rajabova Fotima Tekshirdi: Allaberganova Komila Urganch 2023 Mundarija
Download 0.64 Mb.
|
Rajabova Fotima
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. 9-rasm. Qora zira – Carum carvi L. Ta’siri va ishlatilishi.
Ishlatiladigan organlari: mevalari va ulardan olinadigan efir moyi.
Kimyoviy tarkibi. Qora zira mevalarida 7 % gacha efir moyi va 22% gacha yog’li moy bor, yog’ining tarkibida ko’pgina miqdorda petrozelin kislota, oshlovchi moddalar bo’ladi. Qora zira efir moyi mevalariga juda xushbo’y hid berib turadigan limonene, karvakrol, karvon va boshqa birikmalardan iborat. Qora zira o’ti va gullaridan kvarsetin kamferol, izoramnetin va polienlar ajratib olingan. 2. 9-rasm. Qora zira – Carum carvi L. Ta’siri va ishlatilishi. Xalq tabobatida mevalaridan suvda tayyorlangan qaynatmalarini tinchlantiradigan, me’da shirasini ko’paytiradigan, balg’am ko’chiradigan, siydik va yel haydaydigan hamda surgi vosita tariqasida ishlatiladi. Emizikli ayollarga sutini ko’paytirish uchun damlamasi buyuriladi. Urug’lari va yer ustki qismining damlamalarini gastrit, qorin og’rig’I, ichketar mahalida, kamqonlik, xolesistit kasallilarida, qorin dam bo’lgan mahallarida ishlatiladi. Ibn Sino qora zira ovqat hazmini yaxshilab, qusishni to’xtatadi, mevalarining qaynatmasi ichak og’riqlarini bartaraf etib, siydik haydaydi, dafna daraxti po’tlog’onong qaynatmasi bilan birga ishlatilsa, siydik-tosh kasalligida foyda qiladi, deb hisoblagan. Tibet hakimlari qora zira urug’larini odam zaharlab qolgan mahallarda, moddalar almashinuvi izdan chiqishi bilan o’tadigan kasalliklar, nevrozlar, ko’z kasalliklari, o’smaga qarshi ishlatiladi. Xitoy va hind tabobatida qora zirani hazm organlarining turli kasalliklari, surunkali xolesistitda, ayollar sutini ko’paytiradigan vosita tariqasida buyuriladi. Zamonayiv tabobatda qora zira urug’idan suv va moyda tayyorlangan ekstraktlarning reflector yo’l bilan me’da-ichak yo’li faoliyatini kuchaytirishi tajribalarda aniqlangan. Bundan tashqari qora zira urug’lari siydik va o’t haydaydigan, ayollar sutini ko’paytiradigan ta’sir ko’rsatadi, balg’am va shilimshiq ko’chishini osonlashtiradi; qora ziradan olinadigan efir moyi mikroblarga qarshi ta’sir qiladi, og’riqni qoldiradigan, tortishib, qisqarib turgan muskullarni bo’shashtiradigan xossalarga ega, hazm yo’li bezlari ishini kuchaytiradi. Qora ziraning galen preparatlarini ovqat hazmi buzilganida, qorin dam bo’lganida, gepatit, xolesistit, gastrit, pankreatit kasallilari va nafas organlari xastaliklarida, shuninhdek, siydik haydaydigan vosita tariqasida ishlatiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling