Mavzuga doir masala va misollar. Misol


Download 307.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi307.48 Kb.
#1584176
  1   2   3   4   5
Bog'liq
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I



22 
6-MAVZU. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I 
Mashg’ulotining maqsadi: Mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish 
Mavzuga doir masala va misollar. 
 
MISOL. Dastlabki (tiklanish) qiymati 220 ming so’m bo’lgan printer 300 ming so’mga 
sotildi. Asosiy vositalarning mazkur ob’ekti bo’yicha hisoblab yozilgan amortizatsiya 130 ming 
so’mni tashkil qildi. Qayta baholash saldosi - 10 ming so’m. Asosiy vositalarni realizatsiya qilish 
narxi shartnomada qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olgan holda qayd etilgan. 
Yechilishi: 
Asosiy vosita realizatsiya qilinayotganida ajratish zarur bo’lgan QQS summasini 
hisoblaymiz: 
300 000 - (220 000 - 130 000) / 120 x 20 = 35 000 so’m. 
 
MISOL. 1-variant. Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 
ming so‘mni va realizatsiya qilish qiymati 2 000 ming so‘mni tashkil etadi. QQSni hisoblang. 
Yechilishi: 
Ofis mebelining qoldiq qiymati 700 ming so‘mni (1 200 - 500) u holda soliq solinadigan 
baza miqdori 1 300 ming so‘mni (2 000 - 700), budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasi 
esa - 216,7 ming so‘mni (1 300 x 20 : 120) tashkil qiladi.
 
2-variant. Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 ming 
so‘mni va realizatsiya qilish qiymati 700 ming so‘mni tashkil etadi. QQSni hisoblang. 
Yechilishi: 
Ofis mebelining boshlang‘ich qiymati 1 200 ming so‘mni, eskirish 500 ming so‘mni, qoldiq 
qiymati 700 ming so‘mni (1 200 - 500) va realizatsiya qilish qiymati 700 ming so‘mni tashkil qilsa, 
u holda soliq solinadigan baza miqdori 0 ming so‘mni (700 - 700) tashkil qiladi. QQS 
hisoblanmaydi. 

Download 307.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling