Mavzuga doir masala va misollar. Misol
Download 307.48 Kb. Pdf ko'rish
|
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechilishi
MISOL. Norezident tomonidan realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston hududi bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatilgan. Xizmatlar qiymati 10 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. To‘lov manbaidan olib qolinadigan QQSni hisoblang. Yechilishi: Norezidentning daromadlariga to‘lov manbaidan 20% stavka bo‘yicha soliq solinishi lozim, soliq summasi 2 ming AQSh dollariga teng (10 x 20%), norezidentga to‘lanadigan summa - 8 ming AQSh dollari (10 - 2). MISOL. Korxona QQS to‘lovchi tashkilotlar buyurtmalari bo‘yicha ofis mebelini ishlab chiqaradi. Hisobot davrida xorijiy diplomatik vakolatxonasining 48 000 ming so‘m qiymatga teng buyurtmasi bajarildi, O‘zbekistondagi korxonalarga QQS hisobga qabul qilinmagan holda 23 000 ming so‘mlik mebel realizatsiya qilindi. 24 Ishlab chiqarish uchun xarid qilingan materiallar bo‘yicha QQS olingan hisobvaraq- fakturalarga asosan 35 000 ming so‘mni tashkil etdi. Yechilishi: O‘zbekistondagi korxonalarga realizatsiya qilingan mebelga belgilangan tartibda QQS solinadi, QQS summasi 4 600 ming so‘mni (23 000 x 20 %) tashkil etadi. Xorijiy diplomatik vakolatxonalarga mahsulotlar yetkazib berish - bu nol darajali stavka bo‘yicha QQS solinadigan oborot bo‘lib, tegishli ravishda, bunday mahsulot yetkazib berishlar bo‘yicha QQS stavkasi nolga teng. Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan mahsulotni realizatsiya qilishda mahsulot yetkazib beruvchi belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yozib beradi. Mahsulot yetkazib beruvchilardan hisobvaraq-faktura bilan olingan materiallar bo‘yicha QQS (35 000 ming so‘m) (shu jumladan QQS nol darajali stavkasi bilan realizatsiya qilinadigan mebellar ishlab chiqarish uchun foydalanilgan materiallar bo‘yicha ham) to‘liq miqdorda hisobga kiritilishi lozim. Shunday qilib, hisoblab yozilgan QQS summasi 4 600 ming so‘mni, hisobga kiritiladigan soliq summasi esa - 35 000 ming so‘mni tashkil etdi. Mazkur summalar o‘rtasidagi farq - manfiy 30 400 ming so‘m (4600-35000) bo‘lib, ushbu summa belgilangan tartibda soliq to‘lovchiga qaytarilishi lozim. Download 307.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling