Mavzuga doir masala va misollar. Misol


Download 307.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi307.48 Kb.
#1584176
1   2   3   4   5
Bog'liq
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I

 
MISOL. Korxona konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha Rossiyadan 10 ming AQSh dollari 
(O‘zR MB kursi bo‘yicha 1 dollar uchun 2460 so‘m hisobida – 24 600 ming so‘m) qiymatiga ega 
tovar turkumini keltirmoqda. Keyingi oyda tovarlar 24 000 ming so‘mga (QQSsiz) realizatsiya 
qilindi. Korxona to‘lashi lozim bo‘ladigan QQSni hisoblang. 
Yechilishi: 
Bu yerda QQS hisoblashda shunga e’tibor berish kerakki QQS bazasi sotib olish, import 
qilish qiymatidan past bo‘lmasligi kerak. Shundan kelib chiqsak, bizning holatimizda realizatsiya 
qilish qiymati ( 24 000 ming so‘m) import qiymatidan ( 24 600 ming so‘m) past. Demak, bu yerda 
QQS import qiymatidan, ya’ni 24 600 ming so‘mdan hisoblab chiqariladi. 
To‘lov uchun QQS 4 920 ming so‘mni ( 24 600 x 20% ) tashkil qilib, undan 4 800 ming 
so‘mi (24000 x20 %), tegishli ravishda realizatsiya qilish qiymatiga qo‘shiladi, 120 ming so‘mni 
( 4 920 - 4 800 ) esa korxona o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laydi. 
 
MISOL. Ishlab chiqarish korxonasi import uskunalarini xarid qildi. Uskunani montaji 
uchun xizmatlar qiymati – 16 000 AQSh dollari. Xizmatlar olinishi uchun hujjat rasmiylashtirilgan 
sanada AQSh dollari kursi 2460 so‘mni tashkil qilgan. QQSni hisoblang. 
Yechilishi: 
Uskunalar montaji bo‘yicha ishlar O‘zbekiston hududida bajarilganligi bois, ularni 
realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston deb e’tirof etiladi. Xizmatlar qiymati - 39360 ming so‘mdan 
(16 000 x 2460) QQS buyurtmachi tomonidan to‘lanadi. Soliq summasi 787,2 ming so‘mni (39360 
x 20%) tashkil qiladi. 
 
MISOL. Korxona 120 000 ming so‘mlik, (QQS bilan) o‘z mahsulotini qaytarilishi lozim 
bo‘lgan idishga solib jo‘natadi. Shartnomaga asosan idishning garov qiymati 600 ming so‘m deb 
belgilangan bo‘lib, idish mahsulot yuklab jo‘natilgan kundan boshlab bir oy ichida qaytarilishi 
lozim. Idish qaytarilmagan taqdirda korxona to‘lashi lozim bo‘lgan QQSni hisoblang. 
Yechilishi: 
Korxona realizatsiya qilgan mahsulot tarkibidagi QQS - 20 000 ming so‘m 
(120 000x20/120), shu jumladan, idish qaytarilmagan taqdirda, u realizatsiya qilingan deb e’tirof 
etiladi va, tegishli ravishda, QQS hisoblab yozilishi lozim. Mazkur holda QQS summasi 100 ming 
so‘mni (600 x 20 : 120), korxona to‘laydigan QQS esa 120 ming so‘mni (20+100) tashkil qiladi. 

Download 307.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling