Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet51/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Mazmuni:


Qovurg‘alarning sinishi ko‘krak qafasining ezilishi va bosilishi oqibatida qovurg‘alarning yorilishi, suyak usti pardasi ostidan sinishi va bitta yoki bir necha qovurg‘aning to‘liq sinishi, siniqlar o‘rnidan siljishi yoki siljimasligi bilan kechishi mumkin. Ba’zan qovurg‘alar sinib, plevra yoki o‘pkaning shikastlanishi bilan birga kechishi mumkin.
Klinikasi. Qovurg‘alar yakka singanda chegaralangan joyda o‘tkir og‘riq kuzatiladi, bu nafas olganda, yo‘talganda va gavda vaziyati o‘zgartirilganda kuchayadi. Paypaslash yo‘li bilan og‘riq aniqlanadi, suyak siniqlari siljigan sinishda qovurg‘alarning shakli pog‘onasimon bo‘lib o‘zgaradi.
Agar qovurg‘alar ko‘p joyidan singan bo‘lsa, klinik manzara yomonlashib, bemor shok holatida bo‘lishi mumkin. O‘pka to‘qi- masi zararlanganda havo terming yog‘ qatlamiga chiqib, emfizema paydo qiladi, teri bosilganda g‘ijirlash seziladi, bemor qon tuflab, nafas olishi qiyinlashadi, akrosianoz (lab, burun uchi, quloq chi- g‘anog‘i, barmoqlarning uchi ko‘karadi) va taxikardiya kuzati­ladi. Plevra bo‘shlig‘iga qon quyilganda gemotoraks kelib chiqadi. Bunda bemorni o‘tirgan vaziyatida perkussiya qilishda gorizon­tal sathdagi suyuqlik aniqlanadi. Agar o‘pka teshilib, suyuqlik plevra bo‘shlig‘iga to‘plansa, pnevmotoraks kelib chiqadi. Bunda o‘pka siqilib, perkussiyada baland perkutor tovush qayd qilinadi, auskultatsiyada esa o‘pkaning nafas olishi eshitilmaydi.
Qovurg‘alarning sinishi faqat klinik jihatdan aniqlansa-da, tashxisni tasdiqlash uchun rentgenologik tekshiruvning ahamiyati katta, lekin qator hollarda sinish faqat klinik tekshiruvda aniqlanadi. Tashxis qo‘yishda kasallikning klinik manzarasi asos qilib olinadi.
Davosi. Singan sohaga 5—10 ml 2% li novokain eritmasi yuborilib, blokada qilinadi. Agar qovurg‘a ko‘p joydan sinsa, o‘sha soha 0,5% li novokain eritmasi bilan mahalliy og‘riqsizlantiri- ladi yoki shu tomonning o‘ziga vagosimpatik blokada qilinadi.
Og‘riqsizlantirish chuqur va davomli bo‘lishi uchun sinish sohasiga 5—10 ml 2% li novokain eritmasini yuborish tavsiya qili­nadi. 10 daqiqa o‘tgach ignani chiqarmay turib qo‘shimcha ravishda 5 ml dan 0,2—2% li lidokain eritmasi yuborish lozim bo‘ladi.
Bemorda o‘pka yallig‘lanishining oldini olish uchun nafas gimnastikasi bajariladi, antibiotiklar va sulfanilamidlar buyuriladi. Qovurg‘alar singanda iloji boricha pnevmoniyaning oldini olish maqsadida bemorning ko‘krak qafasini bintlash tavsiya etilmaydi.
O‘mrov suyagining chiqishi aksariyat yelka bilan yiqilganda sodir bo‘ladi. O‘mrov suyagi akromial va to‘sh uchlarining chiqishi farq qilinadi. Ko‘pincha o‘mrov suyagi akromial uchining chiqishi kuzatiladi. Boylam apparatining yirtilish darajasiga ko‘ra to‘la va qisman chiqishi tavofut qilinadi. To‘la chiqishda shu sohadagi boylam apparati batamom yirtiladi yoki qisman saqlanib qoladi.
Klinikasi. O‘mrov suyagi akromial uchidan chiqqanda yelka usti sohasida akromial uchining chiqib qolishi sababli pog‘ona- simon deformatsiya ko‘zga tashlanadi. Yelka suyagi uzoqlashtiril- ganda va o‘mrovning chiqib turgan uchi bosilganda o‘mrov joyiga tushadi; yelka suyagi pastga tushirilganda uning bu uchi yana yuqo­riga ko‘tariladi («klavish» simptomi). Tashxis rentgenologik tek­shiruvda tasdiqlanadi. Yelka suyagi qisman chiqqanda o‘mrovning akromial uchi unchalik ro‘y-rost turtib chiqmaydi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling