Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet53/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Yurak jarohatlari aksariyat sovuq va o‘qotar qurollar qo‘lla- nilganda kelib chiqadi. Ko‘proq yurak qorinchalari, ayniqsa, chap qorincha sohasi jarohatlanadi.
Yurak jarohatlangan hollarning uchdan bir qismida o‘lim to‘satdan yuz beradi. Bemorlarning qolgan qismi 1—3 kun ichida qon ketishidan va yurakning yurak pardasi ichiga to‘plangan qon orqali siqilishidan (tamponada) nobud bo‘ladi. Ba’zan esa o‘lim uning asoratlari — perikardit, plevrit, pnevmotoraks, emboliyalar sababli ham kelib chiqishi mumkin.
Klinikasi perikardga qon to‘planishi hisobiga yurak tamponadasi simptomi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorlar yurak sohasidagi og‘riqdan, bosh aylanishi, nafas qisishidan noliydi va o‘lim vahi- masiga tushadi. Terisi oqarib ketadi, ko‘zi kirtayadi, pulsi sal ko‘- payadi, tez-tez, bir daqiqada 120—160 marta uradi. Arterial bosim tushib, venoz bosim ko‘tariladi. Nafas tezlashib, yuzaki bo‘ladi. Og‘riq chap kurak, yelka va qoringa o‘tishi mumkin. Yurak tonlari deyarli eshitilmaydi. Yurak chegaralari perikardda qon to‘planishi hisobiga kattalashadi, bu rentgenologik tekshiruvda yaxshi ko‘rinadi.
Davosi bemorni zudlik bilan operatsiya qilishdan iborat. Operatsiyadan maqsad yurakdagi jarohatni tikishdir. Operatsiya­dan oldin va transportirovka qilish vaqtida bemorga maksimal da- rajada tinchlik beriladi, yurak sohasiga muz qo‘yiladi, og‘riq- sizlantiruvchi dorilar yuboriladi.
Bosh miyaning chayqalishi. Bu barcha bosh miya shikastlari orasida eng ko‘p uchraydigan patologiyadir. Odatda, bosh miya chayqalganda kalla suyaklari shikastlanmaydi. Qisqa va kuchli zarb ta’siri bosh miya hamda uning suyuq tarkibiy qismi (likvor, qon) ni harakatga keltiradi. Bunda o‘zgarishlar kam kuzatiladi: tomirlar qisqa muddatga spazmga uchrab, keyin kengayadi, venoz qon dimlanadi, miya va miya pardalari shishadi, nuqtali qon quyilish yuz beradi. Bu o‘zgarishlar bir-ikki hafta davom etadi.
Bosh miya chayqalganda bemorning es-hushi bir necha soatga yo‘qolishi va retrograd amneziya (bemor qanday hodisa ro‘y berganini eslay olmaydi) asosiy simptomlar hisoblanadi. Bunda bemor ko‘pincha qayt qiladi, yuz terisi oqaradi, kamroq giperemiya kuzatiladi va bemor yuzaki nafas oladi. Bosh miya chayqalishining yengil darajasida tomir urishi tezlashadi (taxikardiya), og‘ir darajasida esa aksincha, sekinlashadi (bradikardiya). Ko‘z qorachiqlari bir tekisda torayishi yoki kengayishi, burun-lab burmasining ozgina silliq tortganligi‘kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bosh og‘riydi, aylanadi, quloq shang‘illaydi, bosh og‘irlashadi, ko‘z achishadi, bu sezgi ko‘zni harakatlantiradi va yorug‘ chiroqda kuchayadi.martagacha uradi. Ko‘z qorachiqlari awaliga toraygan, keyin kengaygan bo‘ladi. Bemor qusadi, yutinishi buziladi. Tinch davrda bosh og‘riydi va aylanadi. Gematoma turlarini taqqoslashda kasallikning klinikasi va orqa niiya punksiyasi ko‘rsatkichlari katta ahamiyatga ega.
Davosi. Davo asosini 1—2 hafta o‘rinda yotish rejimi tashkil etadi. Lozim bo‘lsa, neyroplegik, antigistamin va vitamin preparat- lari keng qo‘llaniladi. Bosh miya bosimi oshganda ko‘rsatma asosida venaga 40—60 ml 40% li glukoza, 10—20 ml 10% li natriy xlorid eritmasi, 10 ml 40% li urotropin, mushakka 10 ml 20% li magneziy sulfat eritmasi va siydik haydovchi dorilar yuboriladi. Suyuqlik miqdori chegaralanadi va tuzsiz ovqatlar berish tavsiya etiladi.
Bosh miyada shish kuzatilganda qo‘shimcha ravishda venaga

  1. 10 ml 2% li geksoniy eritmasi, 1—2 ml 2% li dimedrol eritmasi, 50—100 ml kortizon yoki gidrokortizon eritmalari yuborish buyuriladi.

Bosh miyaning lat yeyishi. Lat yeyish bosh miyaning chay- qalishiga qaraganda birmuncha og‘ir klinik manzara bilan kechadi. Morfologik jihatdan miya to‘qimasida miya moddasining yemiri- lish o‘choqlari (uzilish, yumshash, ezilish, qon quyilishi va ho- kazo) qayd qilinadi. Shikastlangan qism aksariyat po‘stloqda, po‘stloq osti qavatida va miya pardalarida joylashadi. Miya stvoli, miyacha, miya qorinchalarining lat yeyishi va qon quyilishlar, ayniqsa, hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling