Muammoning o’rganilganlik darajasi.
Shaxs tarbiyasi va uning ijtimoiy hayotdagi o’rnini belgilash masalasi kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida mutafakkirlar hamda faylasuf, pedagog va psixolog olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan.
Qomusiy olimlar – Abu Nasr Forobiy, Muxammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Maxmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning komil inson tarbiyasi va uning mohiyati haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o’z qimmatini yo’qotmagan.
Shaxs shakllanishining psixologik omillari, shaxs qobiliyati va uning rivojlanishi kabi masalalar psixolog olimlar V.Kaploni, V.M.Karimova, 5
Mazkur kurs ishida shaxsning har tomonlama shakllanishida ta’lim jarayoni bilan birga ijtimoiy muhit va biologik omillarning ham muhim ekanligi qayd etilib, shaxs rivojlanishining ichki extiyojlari, psixologik xususiyatlarini inobatga olish hamda ijtimoiy extiyojlarning qanoatlantirilishi shaxs ma’naviyatini, ijodkorligini shakllantirishninng asosiy sharti sifatida e’tirof etiladi.
Bu borada pedagog olimlar tomonidan ham qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. X. Abdukarimov, X. Ibragimov, J. Yo’ldoshev, O. Musurmonova, S. Nishonova, M. Ochilov, N. Saidaxmedov, V. A. Slastenin, O’. Tolipov, M. Quronov, Q. Qurbonboyev, Z. Xodjageldiyeva va boshqalarning ishlarida bo’lajak mutaxassislarining ma’naviy-axloqiy hamda kasbiy shakllanishi muammosi tadqiq etilgan. Mamlakatning mustaqilligi sharoitida talaba-yoshlarni yangi ijtimoiy hayotga tayyorlash, ta’lim-tarbiya jarayonida tafakkurning erkin rivojiga erishish, bu borada pedagogik innovasiya faoliyatini rivojlantirish asosida ijtimoiy faol, ijodkor va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasi tadqiq etish dolzarb muammo ekanligi pedagog olimlar X. Ibragimov va O’ Tolipovning tadqiqot ishlarida alohida ko’rsatib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |