Mavzuning dolzarbligi II. Asosiy qism statistika haqida ma
I-bob. STATISTIKANING PREDMETI, METODI VA PAYDO BO`LISH TARIXI
Download 56.65 Kb.
|
Statistikaning paydo BO`LISHI ABDULLA qosimov
I-bob. STATISTIKANING PREDMETI, METODI VA PAYDO BO`LISH TARIXI
STATISTIKANING PAYDO BO`LISH TARIXI Statistikaning paydo bo'lishi va rivojlanishi Statistika so'zini biz juda ko'p eshitamiz va ishlatamiz. Lekin, ko'pchilik bu so'z nimani anglatadi va qachon, qayerda paydo bo'igan degan savollargajavob berolmaydi, harto, bu so'zni to'g'ri yoki noto'g'ri, o'rinli va o'rinsiz ishlatayotganini o'zi ham bilmaydi. Yuqorida qo'yilgan savollarga javob berish uchun, statistika tarixiga qisqacha sayohat qilaylik. Insonlarda oddiy hisoblarni amalga oshirish zamriyati tug'ilganda, bu ishni ular qo'lidagi barmoqlari yordamida bajarganlar. lamiyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivoj lanishi natijasida insonlar hisob-kitoblarni qo·l barmoqlari bilan emas. balki ayrim predmetlar orqali bajarishga kirishdilar. Masalan, grek tarixchisi Gerodotning (eramizdan oldingi 484-420 yillarda yashagan) ta'kidlashicha, qadimiy fors podshohi Dariya o'z qo'shinlarining soni to'g'risida ma'lumotga ega bO'Ush uchun har bir askarga bir donadan toshni olib kelib bir yerga to'plashni buyuradi. Xuddi shunday ishni skiflar podshosi Ariant ham bajaradi. Ariant toshni emas, kamonning mis uchini to'plashni buyuradi. Keyinchalik, insoniyat hisob-kitoblar olib borish texnikasining yangi pog'onasiga o'tadi, ya'ni boshlang'ich schyotlar paydo bo'la boshlaydi. Ularning tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Ular, avvalo, Xitoyda svau-pau (suan-pan) nomlari bilan paydo bo'lgan, keyinchalik Yaponiyada saroban nomi biIan. Bundan ikki ming yillar avval bunday schyotlar Gretsiya va Rim maktablarida ham qo'llanilgan. Shunday qilib, yaratilgan maktablarda asta-sekin hisob-kitoblarni yuritish qoidalari bO'yicha asarlar paydo bo'la boshladi. Shunday asarlardan biri "Manu qonunlari"dir. Bu asarda (eramizdan oldingi X asr) Hindistonning sotsial - iqtisodiy sharoitlari o'rganilgan. Qadimiy hind schyotlarining boshqalarga o'xshamasligi, ulaming katta sonlarga moyilligidir. Qadimgi hind traktati "Artxashastra" (taxminan eramizgacha IV-III asrlar) o'z vaqtining iqtisodiy-texnik va siyosiy bilimlarining butun bir tizimini aniqlab bergan, ya'ni unda davlat xazinasi schyotlarini yuritish, davlat budjetining daromadlari va xarajatlari sxemasini tuzish, savdoni muvofiqlashtirish uchun davlat organlari tomonidan bahoning barqaror darajasini o'rnatish va boshqa masalalar 5 keng yoritilgan. Ariabxata (V asr), Braxmagupta (V-VI asr), Maravira (IX asr), Bxaskara (XII asr) va boshqa hind olimlari hisob-matematika adabiyoti fondida ajoyib namunalar qoldirdilar. Hisob-statistika ishlarining rivojlanishiga karta hissa qo'shgan olimlar xitoyliklardir. Ularga Kunfutsiya (Kun Futszu, eramizgaeha 551-4 79-y illar), Men Tszi (372-289-yilJar eramizgaeha) va boshgalami ki1'itish mumkin. Eramizgaeha to'li minginehi yillarda yirik quldorlik davlati bo'igan Misrda juda ko'p statistik ishlar amalga oshirilgan. Ma'lumki, eramizgaeha bo'lgan ueh minginehi yillarda Misr yozllvi paydo bo'ladi. Matematika juda 1'ivojlanadi. Ayrim ma'lumotla1'iga ko'ra, eramizdan 3500-yil ilga1'i Mis1'da aholi rO'yxati o'tkazilgan. O'sha davrlarda Misrda kasrlar va arifmetik amallar ma'lum bo'lgan. Masalan, bir, o'n, yuz, ming va h. k. maxsus belgilar bilan bayon qilingan. Masalan, million 1'aqami.i uda katta songa hayron bo'lib go'lini ko'tarib turgan inson figurasi orqali belgilangan. Qadimgi Misrda geometriya va astronomiya paydo bo·ladi. Birinehi bo'lib kalendar va kadastr tuziladi. Yangi eraning boshlarida hisob-matematika ishlari bilan juda ko'pchilik shug'L1l1ana boshlaydi. Bu ishning hududsi Hind yarim orolidanAfrikaning shimoliy dengiz qirg'oqlari va Ispaniyajanubigaeha kengayadi. Bu hLldudda bosqinchilik urushlaridan soOng (VII asr) islom dini ustun bo'lgan rasmiy (arab) til zonasi paydo bo'ladi. Mintaqaning ajoyib iqlimi, geografik. xo'jalik va siyosiy sharoitlari umuman fanning, shu jumladan, statistika fanining rivojlanishiga katta yordam va turtki bo'ldi. Butun hududdan ilmiy asarlar to'planib. ular arab tiliga o'girildi. Arab hisob-matematika asarlari o'ziga qisman antik grek mLlallifiarini hamda Hindiston, Xi toy, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari olimlari asarlarini birlashtira boshladi. Demak, xulosa qilish mumkinki, statistikaning kurtaklari ijtimoiy faoliyatning turi sifatida davlatlaming paydo bo'lishi bilan rivojlana boshlangan. Bu holat, statistikaning paydo bO'lishi mexanizmini to'la tushunish uehunjuda muhimdir. Shuni yaxshi anglash kerakki, qadimiy jamiyatlarda schyotlaming yoki uehetning ayrim elementlari mavjud bo'lgan. xolos. Davlatlal11ing paydo bo"la boshlashi, ijtimoiy faoliyat sifatida statistikani funksiyalari ommaviy ma'lumotlami to'plash va ulami tahlil qilishning qandaydir oddiy apparatini yaratishni talab qila boshladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, statistika paydo bo'lishi boshlanayotgan vaqtning o'zida hukmron sinfvakillariga xizmat qilishga chorlangan edi. 6 Endi davlat yig' imlarini to' plash uchun, yer egalarida qancha yeri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aho!i va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug' iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya' ni u faqat ro'yxatga olish emas, balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va ularning boshlanganIigidan dalolat beradi. Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo'lgan. Siyosiy arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va Uilyam Petti (1623-1687) statistika asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo'lib ijtimoiy-iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo'Hash fikri U. Pettida tug' ilgan edi. U. Petti o'z asarlarida ("Soliqlar va yig'imlar", 1662-yil.; "Donolarga so'z", 1664-yil; "Siyosiy arifmetika", 1676-yil) o'z tengdoshlarini qiziqtirgan sotsial va iqtisodiy savollarga miqdoriy hisob-kitoblarga suyangan holdajavob berishga harakat qiladi. U. Pettining yaqin do'sti, fabrikant, Lord, London shahrining hokimi J.Graunt birinchi bo ' lib o'lish to'g'risidagi ma'lumotlar jadvalini tuzdi . U tug'ilish masalalarini o'rgandi, birinchi bo'Jib o'g'il bolalar va qizlar tllg'ilishi o'rtasidagi doimiy nisbatni ochdi (14112), Angliya aholisining sonini (6,5 min. kishi), London ahoIisining soni 460 ming kishi, shulardan qurol olib yuradigani (harbiy xizmatga yaroqlilari) 81 ming kishi ekanligini aniqladi, aholi migratsiyasini o'rgandi. Bulardan tashqari, u ommaviy miqdoriy hodisalarga taaIluqli ayrim statistik qonllniyatlarni aniqladi. U. Petti va J. Graunt Download 56.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling