Mavzuning dolzarbligi: Vertikal planirovka qilish loyihasi general


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana07.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1081605
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yuzani niyelirlash bo\'yicha kurs loyiha namunasi

Nol ishlari chizig‘ini o‘tkazish. Nol chiziqni o‘tkazish uchun, dastlab 
kvadratning qarama-qarshi ishorali tomonlari interpolyasiya qilinadi va nol 
nuqtalar o‘rni topiladi. So‘ngra bu nuqtalarni chiziq bilan tutashtirib nol chiziq 
hosil qilinadi. Bu chiziq ko‘tarma bilan o‘yilmaning chegarasini ifodalab, uning 
har bir nuqtasining ishchi balandligi nolga teng bo‘ladi. 
Yer ishlari nolga teng bo‘lgan chiziq kvadratlarni kesib o‘tishi natijasida turli 
xil geometrik shakllar hosil bo‘ladi. Masalan to‘g‘ri burchakli uchburchak, to‘liq 
kvadratlar, trapetsiyalar, uchburchaklar, ko‘pburchaklar va boshqa shakllar.
Nol ishlari chizig‘i loyiha va mutloq balandliklar teng bo‘lgan joydan 
o‘tkaziladi. Nol ishlari chizig‘igacha bo‘lgan masofa quyidagi formula yordamida 
hisoblanadi: 


- 17 - 
2.1.4-shakl. Nol o‘rni nuqtalarini interpolyasiya qilish usulida topish chizmasi 
 
Bu erda hr1 va hr2 – ishchi balandliklar, d – ushbu balandlik nuqtalari orasidagi 
masofa ya’ni kvadrat tomonlari uzunligi. Modul belgisi hisob-kitob ishlarida ishchi 
balandliklar ishoralarini hisobga olmaslikni bildiradi. 
Masalan: A3 i A4 nuqtalari orasidagi nol ishlari chizig‘igacha bo‘lgan 
masofani quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz X = [0.46 / (0.46 + 0.11)] · 40
= 32.28 m. yoki 1:2000 masshtabda = 1.61 sm. 
2.1.5-shakl. Nol o‘rni nuqtalarini chizmada belgilash 


- 18 - 
Nol ishlari chizig‘i loyiha va mutloq balandliklar teng bo‘lgan joydan 
o‘tkaziladi. Nol ishlari chizig‘igacha bo‘lgan masofa quyidagi formula yordamida 
hisoblanadi: 
2.1.6-shakl. Nol chizig‘ini chizmada o‘tkazish 
2.2. Yer ishlari kartogrammasini tuzish 
 
Loyihaviy balandliklar topilib, ishchi balandliklar hisoblanib, nol chizig‘i 
o‘tkazilgandan keyin yer ishlari kartogrammasi tuziladi. Kartogrammani o‘qish 
oson bo‘lishligi uchun chizmada loyihaviy chiziq qizil tush bilan, nol chiziq esa 
havo rang tush bilan chiziladi. Joyning ko‘tarma qismi sariq rangga, o‘yilma qismi 
esa binafsha rangga bo‘yaladi yoki turli shtrixlar chiziladi. Nol chiziq bilan 
chegaralangan barcha shakllar raqamlanadi. 


- 19 - 
2.2.1-shakl. Er ishlari kartogrammasi 
 
Kvadratlar tomonlarida joylashgan ish otmetkalari nolga teng bo‘lgan 
nuqtalar o‘rni turli ishorali yondosh ish otmetkalari orasini chizig‘iy interpolyasiya 
qilish metodi bilan aniqlanadi. 
Har qaysi kvadrat yoki uning biror qismi uchun yer qazish ishlari 
(ko‘tarmalar va kovlanmalar) hajmi kvadratlar usulida geometriya formulalari 
yordamida hisoblanadi (asosining yuzasi va uchlar ish otmetkalarining o‘rtacha 
arifmetik qiymatiga teng balandligi ma’lum bo‘lgan prizmaning hajmi). Bunda ish 
otmetkalarining o‘rtachasini hisoblashda nuqtalar soniga ish otmetkalari nolga teng 
bo‘lgan nuqtalar ham kiradi. 
Alohida geometrik shakllarning hajmlari hisoblab chiqilgach, ko‘tarma va 
kovlanmlarning umumiy hajmi hisoblanadi va er qazish ishlari balansi chiqariladi, 
ya’ni vertikal planirovka qilishda gruntning ortiqligi yoki etishmasligi aniqlanadi.. 
Yer ishlari hajmini hisoblashning ko‘ndalang kesimlar usulida kvadratlar 
ma’lum oraliqdagi vertikal kesimlar bilan qirqilgan deb faraz qilinadi. Kesimlar 
kvadratlar to‘rining biron yo‘nalishi (masalan, sug‘orish uchun tekislanadigan joy 


- 20 - 
suv oqimining yo‘nalishi) bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda ikkita kesim orasidagi 
maydon bo‘yicha ko‘tarma va o‘yilma alohida-alohida hisoblanadi, hamda ushbu
d
P
P
V
2
2
1


formula bilan aniqlanadi, bu erda V - ikki parallel profil orasidagi ko‘tarma yoki 
kovlanmaning hajmi; d - profillar orasidagi masofa; P
1
va P
2
- ko‘tarma va 
o‘yilmalar konturlarining yuzalari.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling