Mavzusi : Bolalarda fazoviy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan oʻyinlarni tashkil etish metodikasi
Kichik guruh bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish
Download 152.62 Kb.
|
Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta guruh bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish
Kichik guruh bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish
O’rta guruh bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish BOLALARDA FAZOVIY TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH Tayyorlov guruh bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish Katta guruh bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish: “Ertalab”, “Kechqurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash. Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish va hafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga o‘rgatish. Kecha haftaning qaysi kuni bo‘lganligini, bugun qanaqa kun, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashni o‘rgatish. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to‘g‘ri ketma-ketlikda aytishga o‘rgatish. К аtta guruhda asosiy e’tibor haftadagi o‘zgarishni, yil fasllarining xarakterli xususiyatlarini ongli o‘zlashtirishga qaratiladi. Bolalar kecha qaysi kun bo‘lgani, bugun qaysi kun ekanini, ertaga qaysi kun bo‘lishini, haftadagi kunlar sonini, ularning tartibini aytishni o‘rganadilar. Bundan tashqari, bolalar yil fasllarining xarakterli belgilarini) o‘zlarining bu vaqtdagi o‘yinlarni, odamlarning tabiatdagi mehnatlarini aniqlaydilar. Ma’lumki, bolalar hafta kunlarini bir tekisda o‘zlashtirmaydilar. Ular yakshanba, shanba va dushanbani eng yaxshi eslab qoladilar. Yakshanba — xursandchiliklar bo‘ladigan kun, yaqinlar bilan, ya’ni otaona, buvi va boshqalar bilan birga bo‘ladigan kun. Bu kun yana shunisi bilan ham g‘ayrioddiy kunki, ba’zida bola hayotining odatdagi tartibi o‘zgaradi: buvisining uyida tushlik qilish, mehmonlar kelishi, teatrga borish va h. k. Bolalar dushanbani ham yaxshi biladilar, chunki shu kuni ular, yakshanbadan keyin bog‘chada bo‘lishlarining birinchi kunidir. Seshanba, payshanba va juma kunlari alohida ahamiyatli voqealar bilan belgilanmagan. To‘g‘risi, juma kunini bolalar dam olish arafasi sifatida, bolalar bog‘chasida bo‘lishlarining dam olinadigan kunlardan oldingi oxirgi kun sifatida yaxshiroq biladilar va ajratadilar. Shunday qilib, kichik bolalarning haftaning har xil kunlarini bilishdek bilimlarni o‘zlashtirishlarida ularning faoliyatlari va hayajonli kechinmalarining roli haqida gapirish uchun ba’zi asoslar bor. Shu sababli bolalarni hafta tushunchasi bilan tanishtirishni haftaning hamma kunlarini o‘zlashtirishdan emas, balki kecha qaysi kun bo‘lganini, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashdan boshlash ma’qul. ”Bunda tarbiyachi oldin haftaning yakshanba, dushanba kunlarini, so‘ngra esa, asta-sekin haftaning boshqa kunlarini o‘rgatishni nazarda tutadi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini aytibgina qolmay, balki ularga oid elementar tavsifnomalar berishlari muhimdir. Masalan, tarbiyachi mashg‘ulot davomida ushbularni so‘raydi: “Kecha qaysi kun edi?” “Ertaga qaysi kun bo‘ladi?” Agar bolalar haftaning kunlarini aytishda qiynalishsa, tarbiyachining o‘zi aytadi. U yakshanba dam olish kuni ekanini aytadi. Shu kuni hamma dam oladn. Bolalar bog‘chaga borishmaydi. Yakshanbadan keyin dushanba deb ataluvchi kun keladi. Bu dam olish kunidan keyin bolalar bog‘chaga, kattalar ishga boradigan birinchi kun va h.k. Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni haftaning kunlari bilan ketma-ket tanishtiradi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini va ular tartibini yaxshi eslab qolishlari uchun, ularning e’tiborini hafta kunining nomi bilan uning tartibi orasidagi bog‘lanishga qaratish kerak. Masalan, chorshanba — haftaning o‘rtasi, payshanba—haftaning to‘rtinchi kuni, juma esa haftaning beshinchi kuni va h.k. Bolalar hafta qismlarini farqlash va aytishni o‘rganib olganlaridan keyin, kunning hamma nomlarini ketma-ket o‘zlashtirish ustida ish boshlash mumkin. Bolalar haftada hammasi bo‘lib necha kun borligini aniqlashadi, ularning tartibini aytishadi. Tarbiyachi bolalardan haftaning qaysi kunlarini bilishlarini, ular haftada nechta ekanligini so‘raydi. Haftaning hamma kuni tartibi bilan kelib ketishini tushuntiradi: birinchi kun dushanba, ikkinchi kun seshanba, uchinchi kun chorshanba va h.k. XULOSA. Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo’lgan bilimlarning hajmi yil sayin oshmoqda. Bolalarni bog’chadayoq maktabga tayyorlash maktabda esa ularni o’qitishning yangi shakllari amalga oshirilmoqda. Modomiki, harakat va so’z insonning o’zligini namoyon etuvchi asosiy vosita ekan, buning uchun bolaning jismoniy va nutqiy tarbiyasiga ilk davrdan boshlab e’tibor qaratmoq lozim. Bolalarning atrofdagi narsalarning o‘ziga nisbatan vaziyatini so‘z bilan ifodalash ko‘nikmasini mustahkamlash: o‘ngda, chapda, oldinda, orqada, uzoqda, yaqinda. Bolalarni ko‘rsatilgan yo‘nalishda mo‘ljal olishga, berilgan shart bo‘yicha o‘z holati o‘rnini belgilashga o‘rgatish (shunday turginki, mashina o‘ng tomoningda, koptok oldingda bo‘lsin). U yoki bu predmetni boshqa bir predmetga nisbatan joylashganligini so‘z bilan ifodalashga o‘rgatish (kuchukchaning chap tomonida-quyon, kuchukchaning o‘ng tomonida – ayiqcha). Bolalarni qog‘oz varag‘I sathini mo‘ljalga olishga, qog‘ozning o‘ng, chap, yuqori, past qismlarini, o‘rtasini aniqlashga o‘rgatishdan iboratdir. Download 152.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling