Mavzusida tayyorlagan
Tarixiy qahramonlik qo'shiqlari
Download 0.58 Mb.
|
dexqonchilik bilan bog\'liq
Tarixiy qahramonlik qo'shiqlari. Dastlabki namunalari bizgacha M.Qoshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asari orqali yetib kelgan bo'lsa, keyingilari, asosan, XXasrning boshlarida yaratilgani ma'lum. Chunonchi, 1905 — 1907-yillarda xalqning milliy ozodlik erki, uchun olib borgan kurashiga rahbarlik qilgan Nomoz Pirimqul o'g'liga bag'ishlab to'qilgan qo'shiqlar bunga misoldir.
Nomoz Primqulov asli kattaqo'rg'onlik bo'lib, Turkiston general gubematorining mahalliy aholi arzini yetkazuvchi tarjimoni bo'lib ishlagan. Shuning uchun u ko'pincha gubernatordan adolat kutgan. Biroq rus bosqinchilarining mahalliy xalqqa zulmi va nohaqligi oshsa oshardiki, ulardan yaxshilik kutib bo'lmasdi. Shu sabab generalgubemator bilan Nomoz o'rtasidagi munosabat buzilib, Nomoz o'z atrofiga bir guruh xalq fidoyilarini to'plagancha, chorizm va uning siyosatiga qarshi kurashga chog'lanadi. Chorizm siyosatini qo'llab quvvatlamoqchi bo'lgan ayrim mahalliy kaltafahm boy-zodagonlardan ayovsiz qasos oladi. Tabiiyki, uning bu xatti-harakati Nikolay podshoni ham, Buxoro amirini ham jiddiy tashvishga solgan. Ayniqsa, Nomoz yigitlari orasida turli millat vakillarining bo'lganligi bu ozodlik harakatining keng tus olib ketishi mumkinligini bildirib turgan. Shu bois chor mustamlakachilari Nomozni el orasida «o'g'ri», uning yigitlarini «bosmachi», «Qaroqchilar to'dasi» deb gap tarqaladilar. Hatto Nomozni tiriklayin tutib kelganga pul mukofoti e’lon qilinadi. Nomoz pulga o'ch, xudbin bir sotqin tomonidan o'ldiriladi. Lekin u boshlagan ozodlik harakati to'xtab qolmaydi. Uni Nomozning do'stlari yana davom ettiraveradi. Xalq Nomoz o'limiga achinib, motam tutadi. Unga bag'ishlab qo'shiqlar, yo'qlovlar yaratadi. Xalq shoiri Nurmon Abduvoy o ‘g‘lining u haqda yaratgan qo‘shig‘i bizgacha yetib kelgan. Yozma adabiyotda Nomoz Primqul o ‘g‘li xotirasiga bag‘ishlab I.Sulton «Noma’lum kishi» dramasini va X.To‘xtaboev «Qasoskorning oltin boshi» nomli tarixiy sarguzasht romanini yaratganlar. Tarixiy-qahramonlik qo'shiqlarining go‘zal namunalari, xususan, 1941 — 45-yillardagi urush davrida yaratilgan. Jumladan, Islom shoirning «To'ychi lbrohimov», «Ahmad Botir», Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining «Ahmad Aliyevga», «Qo‘chqor Turdiyevga» singari tarixiy qahramonlik qo'shiqlari shular sirasiga kiradi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling