Mavzusida tayyorlagan


Tarixiy inqilobiy qo‘shiqlar


Download 0.58 Mb.
bet5/14
Sana08.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1758168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
dexqonchilik bilan bog\'liq

Tarixiy inqilobiy qo‘shiqlar XX asrning boshlarida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar munosabati bilan yaratilgan. «Xon zulmi», «Xonavayron bo‘lsin Xivaning xoni», «Boshing kesilsin-u, qoning to‘kilsin» kabilar bu xildagi qo‘shiqlarning eng yaxshi namunalaridir. Bu qo‘shiqlarda Xiva xoni Isfandiyor hamda u boshliq hukmron tabaqa vakillarining zo'ravonligi, maishiy buzuqligi, shafqatsizligi va insofsizligi fosh etilib, ularga nisbatan xalqning qahr-g‘azabi, cheksiz nafrati ifoda etilgan:
Isfandiyor, zolimliging bildirding,
Non o ‘rniga kunjarani yedirding,
Kambag‘alni qiynab, boyni kuldirding,
Haddan oshding, zolim, yoning so‘kilsin,
Boshing kesilsin-u, qoning to‘kilsin.
Qo‘shiqda xalqning xon zulmidan xo'rlik chekayotgani, nochor turmush kechirayotgani bayon qilinib, xonga nisbatan qarg‘ish aytilmoqda.
Tarixiy voqea-hodisalar va shaxslarga bag‘ishlangan qo‘shiqlarga xalq hayotida o ‘chmas iz qoldirgan biron-bir tarixiy voqea-hodisalar yoki shaxslar faoliyatining ayrim qirralari, tarixda ko‘rsatgan u yoki bu darajadagi xizmatlari madh etiladi. Ijodkorlar bunday qo‘shiqlami yaratishda aniq dalil va hujjatlarga asoslanganlar. Qo‘shiq qahramoni o ‘z hayotiy prototipiga ega botgan. Masalan, 1916-yildagi mardikorlikka olish voqeasi munosabati bilan yaratilgan «Ming la’nat», «Nikolay qon jallob» kabi qo'shiqlar bunga misol bo‘la oladi.
Bu qo‘shiqlarda oq podsho Nikolayning qonxo‘r va zolimligi, bosqinchi va zo‘ravonligi; Saidahmad ismli mahalliy amaldor—mingboshining muteligi, poraxo‘rligi, adolatsizligi, o‘z mansabidan ayrilmaslik uchun oqposhshoga yaltoqlanib xizmat ko‘rsatish evaziga mahalladoshlariga ozor yetkazishi ochib tashlangan. Ularning shaxsi xalq tomonidan qattiq qoralangan.

Saidahmad noming baland,


Nomingdan ham toming baland.
Yigitlarga qo‘l qo‘ygan,
Padaringga ming la’nat.

Saidahmad mingboshi. Lekin uning nomi ulug‘, xolos. Xalq uni hurmat qilmaydi, balki la’natlaydi, qarg'aydi. Negaki, u shu mansabini saqlab qolish ilinjida. Xalq farzandlarini oqposhsho buyrug'iga muvofiq chor Rossiyasi o'rmonlarida qahraton qishda qarag‘ay kesgani mardikorlikka jo‘natish ishida bosh-qosh bo‘lgan. Buning evaziga u xalq orasida yaxshi nom orttirmasa-da, mo‘maygina daromad, boylik, «baland tomli uy-joy» orttirgani kinoya bilan aytib o ‘tilmoqda.


Tarixiy shaxslarga bag'ishlangan qo‘shiqlarda qahramonning nasl nasabi badiiy aks ettirilmaydi, balki ular bajargan ishning ijtimoiy mohiyati madh etiladi. Ularda tasvirlanayotgan shaxsning jismoniy kuchi haddan ortiq mubolag'alashtirib bayon etiladi. Xalq hayotida o'chmas iz qoldirgan tarixiy voqea-hodisalar yoki dalillar sodir bo'lsa, tarixiy qo‘shiq janri o'zining hayotiy faolligini ham yaratilish, ham ijro jarayonida kuchaytirgan. Shu zaylda monumental epos (doston) o'rnini egallab, mazkur janrning so‘na borishini tezlashtirgan. Xullas, o'zbek folklorining ham ko'hna, ham navqiron, mustaqil janri bo'lgan tarixiy qo'shiqlar o'z tarixiga va badiiy taraqqiyotiga egaligi bilan alohida diqqatga sazovor. O’rta Osiyoni qadimgi aholsining qo’shiq va lirik she’rlaridan ayrim namunalar turli xil yozma manbalar va ilmiy asarlar orqali bizgacha yetib kelgan.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling