Mavzusida tayyorlagan


II Bob. Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar


Download 0.58 Mb.
bet7/14
Sana08.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1758168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
dexqonchilik bilan bog\'liq

II Bob. Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar
Chorvachilikka aloqador qo‘shiqlar. Xalqimiz qadimdanoq chorvachilik bilan ham shug'ullanib kelgan. Bu kasb xalqimiz hayotida muhim o'rin egallagan. Xalq orasida ot boquvchini yilqiboqar, tuya boquvchini tuyaboqar, sigir va ho'kiz boquvchini podachi, qo'y echki boquvchini qo'ychivon yoki cho'pon, tovuq boquvchini parrandaboqar deyish an’anaga aylangan. Turli-tuman qushlarni parvarish qiluvchilar nomiga «Qushchi» nisbatini qo'shib aytishgan. Ot, tuya, ho'kiz kabi jonivorlar hamisha chorvador va dehqonning mehnat jarayonidagi yaqin ko'makchisi bo'lgan. Ular orqali qadimgi ajdodlarimiz olis manzilni yaqin, mashaqqatli ishni oson qilishgan. Shu bois bu jonivorlarni qadimgi kishilar totem va kult darajasiga ko'tarib ardoqlashgan. Ularga nisbatan alohida e ’tibor bilan munosabatda bo'lishgan. Hatto doston, afsona, ertak, rivoyat kabi xalq asarlarida bu jonivorlar bilan bog'liq turli epik talqinlar paydo bo'lgan. Aslida chorvachilik faoliyatining vujudga kelishiga ibtidoiy insonlarning u yoki bu jonivorga e ’tiqod qo'yishi, uni o'ziga homiy va madadkor hisoblab, totem darajasida e’zozlashi, shu asosda yuzaga kelgan turli totemistik qarashlari muhim omil bo'lgan. Shu sababli bugungi kunda bolalar repertuaridagina hukmlagichlar istilohi zamirida alohida janr sifatida qaror topgan bunday qo'shiqlarda turli-tuman hayvonlar va qushlarga to'ppadan-to'g'ri buyruq ohangida murojaat qilinib, ularning o'zigagina xos ta’rif-u tavsifi keltiriladi: «Qaldirg'och», «Laylak», «Quyoncham»,»Xo’rozim», «Uloqcha», «Eshakkinamni so'ydilar», «Toychoq» singari bolalar qo'shiqlarida qadimiy totemistik e’tiqod izlari bo'rtib turibdi. Ko‘z magiyasi, kinna kirishiga ishongan qadimgi chorvadorlar, ko‘p sut beradigan sigirlarni yomon ruhlardan asrash uchun turli tadbirlarni qo'llaganlar. Ularning shoxlariga maxsus duolar yozilgan tumorlar, qalapirmunchoq yoki ko'zmunchoqlar shodasini ilib qo'yishgan. Aks holda ko‘z tekkan sigir yo o'ladi, yo kasallanib, kam sut bera boshlaydi, deb irim qilingan. Xalq o’rtasida bu qo’shiqlar sog’iladigan xayvon turiga harab «Xo’sh-xo’sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi nomlar bilan yuritiladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling