Mavzusida tayyorlagan
Download 0.58 Mb.
|
dexqonchilik bilan bog\'liq
Tikuvchilik qo'shiqlari xalqimizning uzoq asrlar davomida shakllangan tikish-bichishga aloqador an’analarini ifodalaydi. Ular, aksar hollarda, tikiladigan kiyimlarning turlari va ularga daxldor e’tiqodlarga qarab ichki xilma-xillik hosil qilgan. Shu sababli bir kiyimga atalgan namunasi boshqa kiyimni tikayotganda aytilmaydi. Shu zaylda bir-biridan farq qiluvchi kashtachilik, do‘ppido‘zlik, to‘ndo‘zlik, zardo‘zlik va boshqa turkumlarga mansub qo‘shiqlar paydo bo'lgan.
Kashtachilik qo‘shiqlari. O‘zbek kashtachiligi dunyoda mashhur. Xalqimiz bu hunar bilan juda qadim zamonlardan beri shug'ullanib keladi va uni san’at darajasiga ko‘tarishga erishgan. Kashtachilikning bir necha turlari mavjud. Bular hosma, jimalay, sanama, ilma deb yuritiladi. Ularning har biri kashtachidan alohida mehnat va mahoratni, bilim va qobiliyatni talab etadi. Kashta tikish bilan ayollar shug‘ullanishadi. O‘tmishda har bir qizdan kashta tikishni bilish talab etilgan. Chunki u o‘z sepini o‘zi tikkan kashtalari bilan to‘ldirishi lozim sanalgan. Kashtaning turiga qarab, uni tikkan qizning qandayligiga, fe’l-atvoriga, qobiliyatiga baho berishgan va bu hoi kashtachilik qo‘shiqlarida o ‘z ifodasini topgan: Bosma tikkan botir qiz, Jimalay tikkan chevar qiz. Sanama tikkan sardor qiz, Ilma tikkan ilgir qiz. Kashtachilik qo'shiqlarining ayrim namunalarida u yoki bu kashta turi tavsiflanadi . Uning qanday tikilishi ta’kidlab o'tiladi: Ilma tikdim, ilib-ilib, Tomosha aylang yonimga kelib. Yoki: Bosma tikar botirib, lssiq suvga qotirib. Jimalayni tepib tikar, Ko‘z nurini selday to‘kar Tikuvchilik ishlari orasida kashta tikish to‘n, ko‘rpa, ko‘ylak kabi narsalarni tikishga qaraganda bir muncha qiyin va mas“uliyatlidir. Bu kashtachilik qo'shiqlarida alohida tilga olib o ‘tilgan: Jomovdi jonli tikadi, To‘rmagin egri tikadi. To‘n tikish, ko‘rpa tikish — Uni ko‘r ham tikadi. Hozirgi paytda kashtachilik san’ati milliy qadriyatlarimizdan biri sifatida nihoyatda qadrlanadi. Uni yanada rivojlantirish, kashtado‘zlikni rag‘batlantirish uchun qator chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Har yili kashtachilaming an’anaviy ko'rik-tanlovlari o‘tkazilib lurilibdi. Bug yaxshi kashtado'zlar uchun maxsus sovrinlar tashkil ctihnoqda. Kashtachilik qo'shiqlari barmoq vaznining 7-8 hijoli tizimida yaratilib, ko'pincha a-a-b-a va a-a-a-a shaklida qoliyulangan. Bunday holatni do‘ppido‘zlik va to‘ndo‘zlik qo‘shiqlarida liam kuzatish mumkin. Do‘ppido’zlik qo ‘shiqlarida bosh kiyimni e ’zozlash Vatan va yorga sadoqat motivlariga ulanib ketadi: Do‘ppi tikdim childirma, Cho‘p-u xasga ildirma. Yurtingni chindan sevsang, Dushmaningga bildirma. To‘ndo‘zlik qo‘shiqlarida lirik qahramonning kasbga muhabbati, yorga muhabbat tuyg'usiga singishib, o‘zgacha joziba kasb etgan: Banorasdan to‘n tikay, Oldiga po'pak tutay. Yoqasiga gul solay, Arabiyning xatiday. Yuqorida keltirilgan to‘rtliklarning dastlabkisida do‘ppido‘zlik hunariga xos «childirma» usuli eslatilib, childirmali tikilgan do‘ppini «хог-u xasga ildirmaslik» — xor qilmaslik, demakki, ozoda tutish yurtga bo'lgan sevgini ham pokiza tutib, dushmanga sezdirmaslik holatiga muvoziy keltirilsa, ikkinchisida banorasdan tikiladigan to‘n ta’rifi yetakchi motivga aylangan, eng muhimi, ikkala holatda ham lirik qahramonning kasbga munosabati nafosatga yo‘g‘rilgan yo‘sinda ifodasini topgan. Sarboz qo‘shiqlarida esa o'tmishdagi amirlik navkarlarining nojo'ya xatti-harakatlaridan norozilik kayfiyati yetakchidir: Karmana yurtidan chiqdim dalaga, Bir to ‘da sarbozdan qoldim baloga. Bir to‘da sarbozga gel berib qochdim, Buxor darvozasin nayzalab ochdim. O‘zbek xalq mehnat qo'shiqlari juda boy va janr e'tibori bilan rang-barang bo‘lib, ular orasida qandolatchilik va pazandachilikm ifoda etuvchi namunalar ham bor. Chunonchi, taomlarimiz sultoni sanaluvchi palov ta’rifidagi mana bu qo‘shiq hamon el og‘zidan tushmay kelayotir: Damla palovni, dam esin, Tortgin olovni, dam esin, Bepul odamlar g‘am esin, Tekin desa-shalg‘am esin. Nimcha guruchdan osh bo‘lur, Qozonga solsam-chosh bo‘lur. Mehmonni ko‘ngli xush bo'Iur, Vaqosiz ko‘rsa- tush bo‘lur. Suvni soling shildiratib, Kapgir uring shaqirlatib. Chindan-da palov vaqosiz kishi uchun tushga aylanadi. Qo'shiqda palov ijtimoiy tengsizlik mohiyatini ochuvchi poetik obraz darajasiga ko'tarilgan. Shuningdek, moshova, chuchvara, atala, sumalak, ugra, sho'rva, piyova, chalpak va boshqa qator milliy taomlarimiz bilan bog'liq kechinmalami ifodalagan qo'shiqlar hali-hanuz uchrab turadi. Lekin ular juda kam miqdorda bizgacha yetib kelgan. Keyingi vaqtlarda mehnat jarayonining mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilishi natijasida mehnat turlarining tabiatida turli o'zgarishlar yuz bermoqda yoki muayyan mehnat turi batamom yo'qolib bormoqda. Natijada o'tmishda ular bilan bog'liq tarzda yaratilgan ayrim melmat qo'shiqlari ham unutilib, yo'qolib bormoqda. Binobarin, mehnat qo'shiqlarini to'plash va ularga xos xususiyatlami ilmiy jihatdan tadqiq etish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga molik masaladir. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling