Mavzusida tayyorlagan
«Xo’sh-xo’sh»lar yoki «Govmishim»
Download 0.58 Mb.
|
dexqonchilik bilan bog\'liq
«Xo’sh-xo’sh»lar yoki «Govmishim» - bu qo’shiqlar asosan sigir sog’ish paytida ijro etiladi. Qo’shiqning asosiy mazmuni sog’ilayotgan sigirni tinchlantirish, uni iydirish orqali ko’proq sut sog’ib olish hisoblanadi.
Tog’ bag’rida o’ting bor, xo’sh, xo’sh, xo’sh, Tepsinmagin jonivor, xo’sh, xo’sh, xo’sh. Xumro –xumro suting bor, xo’sh, xo’sh, xo’sh, Sening oting siyirdir, xo’sh, xo’sh, xo’sh, Suvdan burning jiyirdir, xo’sh, xo’sh, xo’sh, Seni sog’ib ichsin deb, xo’sh, xo’sh, xo’sh, Egam menga buyurdi, xo’sh, xo’sh, xo’sh, Oqil molim, xo’sh, xo’sh, xo’sh. Tuyg’un molim xo’sh, xo’sh, xo’sh, Mening aytgan gapimni xo’sh, xo’sh, xo’sh. Oqil bo’lsang anglag’il xo’sh, xo’sh, xo’sh, Tuyg’un bo’lsang anglag’il xo’sh, xo’sh, xo’sh. Ayrim «xo‘sh-xo‘sh» larda an’anaviy motivlardan tashqari oshiq yorning tong mahali sigir sog‘ayotgan ma’shuqasi mehnatini ko‘rib zavqlanishi motivlari ham uchraydi. Bunday motivlar «xo‘sh-xo‘sh»larga lirik qo‘shiqlar ta’sirida kirib kelganini alohida ta’kidlash lozim. Qo‘ylarni sog‘ish va qo'zilarni emizish jarayonida kuylanadigan «turey-turey» qo‘shiqlarida ona sovliqni madh etish, uni iydirishga qaratilgan erkalash motivlari yetakchilik qiladi. «Turey-ture»lar ko‘pincha qorako'lchilikda terisini olish uchun 3-4 kunligidayoq (barraligidayoq) so‘yib yuborilgan qo‘zichoqlarning onalarini sog'ish uchun kuylanadi. Shu sababli ularda ona qo‘yning o'z bolasini qidirishi, uni izlab ma’rashiga hamdardlik bildirish, achinish motivlari katta o ‘rin tutadi. Sovdi bo‘lib sovdirgin, turey-turey, Sovsa kadi to‘ldirgin, turey-turey. Buncha kuyma jonivor, turey-turey, Taqdirga endi ko‘ngin, turey-turey. Qo‘shiqda o‘z bolasini izlayotgan ona qo‘yni tinchitish, taqdirga tan berishga ko'ndirish motivlari ifoda etilgan. «Churiyala» yoki «churey-churey»lar echkilarni sog‘ish yoki uloqlarni emizish paytida ijro etilgan. Ularda echkini iydirish, bolasini emdirishga qarshilik qilmaslik motivi ustunlik qiladi. Churiyalarda ko‘pincha echkining, sersut yelini, soqoli, shoxi yoki qashqasi maqtaladi: Og'ziginangda o'ting bor, churey-churey, Yelinginangda suting bor, churey-churey, Sersoqolim jonivor, churey-churey, Kerilib turgan buting bor, churey-churey. Ayrim churiya qo‘shiqlarida sof ishqiy motivlar ham ifodalangan. Faqat ulardagi «churiya» so'zining takrori uning sog‘im qo‘shig‘i ekanligini bildirib turadi. Churiyalar turey-tureylarga nisbatan bir oz cho'ziqroq ohangda aytiladi. Sog‘im qo'shiqlari sog'ilayotgan hayvonga shaxs sifatida murojaat qiIish, unga so‘z yordamida ta’sir ko'rsatish tasavvuri bilan yaratilgani bois ularda tashxis (jonlantirish) san’ati markaziy o'rin cgallaydi. U kuylovchiga o‘z ichki dardlarini, ruhiy holatini, alam-iztiroblarini bayon qilish uchun muhirn vosita sifatida xizmat qiladi. Sog‘im qo‘shiqlari barmoq vaznida, mustaqil to'rlliklar shaklida varatiladi. Ular, asosan, a-a-b-a tarzida qofiyalanganligi kuzatiladi. Avvalo sog’iladigan sigirga, qo’yga, echkiga alohida-alohida qo’shiq yaratilishiga etibor beraylik. Ho’sh qo’shiqlari qo’y sog’ishda aytilmaganidek, turey-tureylar va churiya-churiyalar sigir sog’ishda aytilmagan. Tabiiyki, hayvon uchun qanday qo’shiq aytib sog’ish baribir emasmi? Degan savol tug’iladi. Ha, hayvon uchun baribirdir. Ammo egasi uchun bunday emas. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling