Mavzusida tayyorlagan


Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar


Download 0.58 Mb.
bet9/14
Sana08.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1758168
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
dexqonchilik bilan bog\'liq

2.1 Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar
Hunarmandchilik kasbi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish davrida, ov hamda boshqa mehnat qurollarini yasashga nisbatan ehtiyojning tug’ilishi tufayli paydo bo‘lgan. hunarmandchilikning paydo bo'lishi shahar hayotining taraqqiy etishi bilan ham bog‘liq. Hunarmandchilik mahsulotlarini sotish esa yana bir mehnat turi - savdo sotiqni ham keltirib chiqargan.Hunarmandchilik ishlarini bajarish jarayonida yuritilgan qo'shiqlar hunarmandchilik qo‘shiqlari deb yuritiladi. O'zbek xalq hunarmandchilik qo'shiqlari orasida charx yigirish, o'rmak o'rish, kashta, to’n tikish, gilam, bo’z to’qish bilan bog’liq qo'shiqlar asosiy o'rin tutadi. Shular orasida ip yigirish, kashta, do’ppi, to’n tikish, gilam to’qish kabi mehnat turlarini asosan ayollar bajargan. Shu bois bu jarayonda aytiluvchi qo’shiqlarni ham xoti-qizlar yaratib ijro etishgan.
Hunarmandchilik qo’shiqlarida hunarmandlarning og’ir turmush tarzi, mashaqqatli mehnat sharoiti, ruhiy olami o’z aksini topgan. Ularni to’quvchilik va tikuvchilik qo’shiqlari tarzida ikki katta guruhga bo’lish mumkin:
To'quvchilik qo'shiqlari, asosan, xomashyoni tayyorlash va shu jarayonni amalga oshiruvchi mehnat qurollari ta'rifi yetakchi motivga aylangan. Ip yigirish va bunda charxning, jundan ip tayyorlash va bunda urchuqning vazifasi, shuningdek, bevosita bo’z, to'r, gilam va sholcha singarilarni to'qish jarayonlariga aloqador mehmat mashaqqatlari ifodalangan.
Charx qo‘shiqlari to'quvchilik qo'shiqlari silsilasidi keng tarqalgan bo'lib, ularda ip yigirish quroli bo'lgan charxning tavsili, charx yigirishning mashaqqati, charx yigirmasa, tirikchilikning o'tmay qolishi, charx yigiruvchi ayolning o'z mehnati samarasidan bahramand bo'lish orzusi, zolim er va qaynonadan, ko'pincha kundoshlikdan nolish motivlari kuylanadi:
Bir charxim bor shaqildoq,
Qaynonam o'Isin-qaqqildoq.
Oftob chiqsa — bit qoqar,
O‘g‘li kelsa — gap chaqar.
Qo‘shiqda charxning bir xildagi yoqimsiz, zeriktiruvchi, boshni og'ritadigan ovozi zolim qaynonaning ta’na-dashnomlari bilan bejiz tenglashtirilmagan. Chunki ularning har ikkalasi ham kelinchakni juda toliqtiradi. Qaynonaning g‘iybatdan iborat mayda gaplari bitga o‘xshatilmoqda. Chunki u ham bit kabi kishi badanida dard uyg‘otadi. Xullas, charx qo‘shiqlarida ko‘pincha o ‘tmish ayollarining turmush tarzi, dard-alamlari ifoda etiladi. Ular mehnat ritmiga mos cho‘ziq va mungli shaklda ijro qilinadi.
Bo‘zchiq o‘shiqlari. O‘tmishda turli matolarga bo‘lgan ehtiyoj faqat qo‘l mehnati orqali, oddiy to‘qish dastgohlari vositasida qondirilgan. Bo‘z to'qish dastgohlari zax va qorong‘i hujralarda joylashgan. Bo‘z to‘quvchini bo‘zchi deb aytganlar. Bo‘z to'qish nihoyatda qiyin yumush bo‘lgan. Bo‘z to‘qish uchun kecha-kunduz dastgohlar oldidan jilmay ishlashga to‘g‘ri kelgan. Shunday qiyinchilikni yengish, charchoqni unutish maqsadida bo'zchilar ko‘plab qo‘shiqlar yaratganlar. Bunday qo‘shiqlarni bo‘zchi qo‘shiqlari deb yuritishgan. Bo‘zchi qo‘shiqlarida unumsiz va mashaqqatli bo'lgan bo‘z to'qish mehnatining qiyinchiligi, bo‘zch ibozorining kasodligi, to‘quvchilarning oilalaridagi muhtojlik va qashshoqlik xususida kuylanadi:
Go‘sht ololmay, gurda olgan bo‘zchi,
Qiz ololmay beva olgan bo‘zchi.
Munchalar shildirab o ‘tar nochasi,
Qip-qizil sholg'omga o ‘xshar pochasi.
Lekin qo‘shiqlarning ayrimlarida bo‘zchining o ‘z mehnati sam arasidan quvonchi, zavqi ham tarannum etilgan. Ba’zi to ‘rtliklarda bo‘zchi o ‘z dastgohiga, ayniqsa, unda asosiy vazifa bajaruvchi detal-mokiga murojaaat qilib, uni ishni to‘xtovsiz davom ettirishga undaydi:
G ‘ar-g‘ara undan yuqori,
Sinacho‘p uning no‘kori.
Hoy-hoy, ustamning do‘koni,
O‘tgin, qora mokim endi.
Hozirgi paytda mato to‘qish ishlarining texnik jihatdan avtomatlashtirilishi oddiy to‘qish dastgohlarini siqib chiqarmoqda. Shundanmikin, bo‘zchilar qo‘shiqlari ham asta-sckin unutilib bormoqda. Urchuq qo'shiqlari. Urchuq jundan ip yigirish asbobi bo'lib, o'tmishda gilam, shol va boshqa jun matolarni tayyorlaslula o'sha jun ipdan foydalanilgan. Urchuqda ip yigirish, asosan, xolin-qizlar mashg‘uloti sanalgan. Bunday qo‘shiqlarda urchuqda ip yigirish mehnatining badiiy tavsifi berilgan. Urchuq yigiruvchi qizning ip yigirishdagi mahoratini ko‘rsatish uchun nozik nuiqoyasalar t|iliuadi Chunonchi, urchuq yigirayotgan qiz to'qigan ip ham nozik va pishiqligi jihatidan o‘rgimchak to'qigan ipdan qolishmaydi. U urchuqda ipni sira uzmay, bir tekisda to’qishni san’at darajasiga ko’targan. Shu sababli u urchuqqa shunday murojaat qiladi:
Burayin qo'lim bilan,
Gurillab aylan,urchug’im.
Ipginam cho’zilmasin,
Ko’ngillar buzilamsin.
Ertasiga o’rmakda,
Ipginam uzilmasin.
Urchuqda yigiruvchi qiz o'zi yigirgan ipidan «ertasiga o'rmakda» nima tayyorlanishini sira unutmay ter to'kadi, zero, u shu ipdan puxta va pishiq qilib tayyorlanadigan matoh sifatiga nisbatan o'zining mas'ulligini sira unutmagan. Shu sababli «ipginam uzilmasin» deya shijoal bilan ip yigiradi. Iiirik qahramon ana shunday kechinmalar bilan yashaydi.
O'rmak qo’shiqlari. Xalqimiz orasida keng tarqalgan hunarlardan biri gilam, sholcha to'qish, ya’ni o'rmak o'rishdir. Shu jarayonda ijro etilgan qo'shiqlar o'rmak qo’shiqlari deb yurililadi. Gilam va sholcha to'qish bo'z to'qishdan ham og'ir va mashaqqatli bo'lgan. U kishidan katta sabr-toqat va matonatni talab qilgan.
O‘rmagimni to'qiyman,
Kecha-kunduz to'qiyman.
Qachon tamom bo'lur deb
Ashulalar to'qiyman..
O'rmak qo'shiqlarida to'quvchilarga g'ayrat tilash, ularni tezroq ishlashga da’vat etish motivlari yetakchilik qiladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling