Mavzusida tayyorlagan


Download 0.58 Mb.
bet12/14
Sana08.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1758168
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
dexqonchilik bilan bog\'liq

O‘rim qo'shiqlari — dehqon m ehnatining samarasi yuzaga chiqayotgan o'rim lahzalarida kuylanadi. Shundan bo'lsa kerakki, ularni ko'tarinki ohangda ijro etish an’anaviydir. O'roqchi hasharchilarning o'rim-yig'im paytida o'zlarini ovutish uchun maxsus to'qigan qo'shiqlari o'rim qo'shiqlari deb yuritildi. Ular yakka shaxs yoki jamoa tomonidan ijro etiladi. Bu xil qo'shiqlarda dehqonning bilak kuchi, uning asosiy mehnat quroli-o'roq maqtaladi. Arpa, bug'doyning xalq tirikchiligi uchun naqadar qimmatliligi, ro'zg'orning qut-barakasini ta’minlovchi vosita ekanligi tarannum etiladi. O'rim qo'shiqlari dehqonchilik bilan bog'liq xalq she’riyatining kattagina qismini tashkil etadi. Lekin ularning juda oz qismigina bizgacha yetib kelgan:
O'rog'im olmos,
O'rimdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O'rmasam bo'lmas,
deya kuylanadi o'rim qo'shiqlarida kuchli ishtiyoq va yengil ohang bilan. O'rim qo'shiqlari, asosan, 5-8 hijoli barmoq vaznida yaratilib a-a-a-a; a-a-ba; shaklida qoflyalanib keladi. O'rim hashari paytida ba’zan o'roqchilar o'rtasida dehqonchilik ekinlari tilidan dialog tarzidagi qo'shiqlar, turli lirik aytimlar yoki qiziqarli dostonlar, xususan, «Yozi va Zebo» dostonidan parchalar kuylash an’anaga aylangan. Bu parchalar «yozixonlik» yoki «yozilar» deb atalgan. Hozirgi paytda donni, asosan, kombaynlar yordamida o'rib-yig'ib olish tufayli o'rim qo'shiqlarini ijro etish deyarli so'nib, ular unutilib bormoqda. Yanchiq qo’shiqlari yoki Xo’p-maydalar. Bu turkumga kiruvchi mehnat qo'shiqlari xalq o'rtasida «Ho‘p qo'shiqlari». «Maydalar», Xo'p maydalar» yoki «Maydagul» deb yuritiladi. Ularni o'rilgan bug’doyni xirmon qilib yanchayotganda, mungli baland ovoz bilan cho'zib ijro qiladilar. Bu xil qo'shiqlarda dehqonning yo’l bo'yi qilgan og'ir mehnati natijasida yetishtirilgan hosilni tezroq yanchib olish istagi bayon etiladi. Poxolidan ayrilgan don dehqon uchun, poxoli esa ishli hayvoni uchun qishki ozuqa ekanligi alohida ta’kidlanadi. Ishli hayvonni tez va sifatli ishlashga da’vat etiladi. Yanchiq qo'shiqlari galagov tashkil qilingan maxsus maydonda kuylanadi. Shuning uchun yanchiq qo'shiqlarida “galagov” so’zi ko‘p uchraydi:
Mayda dedim, xo‘p deding, mayda-yo mayda,
Ho‘pga maylim yo‘q deding, mayda-yo mavda,
Galagovga qo'shganda, ho mayda-yo mavda,
Ko‘rgiligim ko‘p deding, mayda-yo mayda
Galagov maydonida doni ajratilmagan bug'doy dona shaklida yoyib qo‘yiladi va doira markaziga yo‘g‘on yo'g'och ustun o'rnatib, unga bir necha ishchi hayvonlar: ot, ho'kiz, echki kabilar bu birga yonma-yon matab bog'lanadi. Mana shu matalib bog’langan hayvonlar to'dasi galagov deyiladi. Galagovga donni bir tekis yanchishi uchun tut, qayrag'och kabi qattiq daraxt shohlaridan to'qilgan chokar bog‘lab qo'yilgan. Yanchiq qo'shiqlarining mavzu doirasi chegaralanmagan. Unda dehqonning og‘ir hayoti tasviri, qiyin mehnat sharoiti, ho’kiz bilan dardlashishi, unga iltijo va do‘q-po‘pisa qilishi motivlari bilan birga ishqiy iztiroblari, lirik ruhiyati bayoni ham o'у ifodasini topadi. Hatto ayrim yanchiq qo'shiqlari sho‘x va hajviy ruhda yaratilgan bilan diqqatni tortadi.
Hajviy ruhdagi yanchiq qo‘shiqlarida ko'pincha «O'toqda yo'q, mashoqda yo‘q, lekin xirmonda hozir» bo'ladigan. tayyor oshga bakovul, tekinxo'r boy va amaldorlar keskin tanqid qilinadi. Mayda qo'shiqlarida ko‘pincha Bobo Dehqon, Xo'jayi Xizir obraziga murojaat motivi uchraydi. Chunki O'rta Osiyo aholisi o'rtasida dehqonchilik va hosildorlik piri silatida bobo Dehqon kultiga yoki Xo'jayi Xizrga sig'inishgan. Bobo Dehqon yoki Xo'jayi Xizr ayni sahar chog‘ida ko'tarilgan xirmonlar boshida paydo bo'lib, unga qut-baraka bag‘ishlarmish. Shu tasavvur-tushunchalar asosida dehqonlar hamisha barvaqt turib ish boshlashga, o'z ishiga mehr va vijdonan yondashishga odatlanishgan. Mayda qo‘shiqlarining yaratilishi aytuvchining badihago‘ylik iqtidoriga bog‘liq. Ularda dehqonning rang-barang tuyg‘ulari o‘z ifodasini topgan. Mayda qo‘shiqlari barmoq vaznining 7, 8 va ba’zan 10 hijoli tizimida yaratiladi hamda ko‘pincha 4-3,3-4-3; 2-2-3; 4-4 kabi shakllarda turoqlangan bo'ladi. Uning har bir misrasi yoki ikki misrasidan so‘ng «mayda-yo mayday» birikmasi muttasil takrorlanib keladiki, shunga qarab yanchiq qo‘shiqlari yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ushbu birikmaning takrorlanib kelishi to ‘rtlik shaklida yaratilgan yanchiq qo‘shiqlari bandlari ritmidagi izchillikni to‘la saqlashga xizmat qiladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling