Мavzusidagi kurs ishi 5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) Ilmiy rahbar: Djalilova Z. B buxoro 2023 mundarija


Download 79.3 Kb.
bet8/9
Sana30.04.2023
Hajmi79.3 Kb.
#1415359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umarova Feruza 11.6chi.20-guruh

thing imaginable.
Hol hamisha kesimga bog’lanadi va o’zbek tilida kesim oldida keladi. Ammo o’rin va payt, ba’zan maqsad va sabab hollari gap boshida kela oladi. Masalan: Tevarak-atrofda hanuzgacha jimjitlik hukm surmoqda (P. Qodirov). Ertalab (qachon?) atayin (nima maqsadda?) sizni izlab kelgan edim. Achinganidan (nima sababdan?) uni afv etdi.
Ingliz tilida ham o’rin va payt hollari gap boshida yoki oxirida kelishi mumkin. Hol bu xususiyati bilan o’zbek tilidagiga o’xshab ketadi. Masalan: On Tuesday night
the new laundrymen arrived. Probably we shall try tomorrow. Ammo kesim yordamchi yoki modal fe’llardan tashkil topgan bo’lsa, bunda payt hollari yordamchi va asosiy fe’l o’rtasiga joylashadi.
Noaniq zamonni bildiruvchi ravishlar bilan ifodalangan hollar har doim kesimdan oldin joylashadi. Masalan: She always makes her mother happy. I never
heard of such a thing. Ammo “often” (tez-tez), “occasionally” (har zamon), “sometimes” (ba’zida) hollari gap boshida ham kela olishi mumkin. Masalan: Occasionally I miss my native country.
Ravish hollari, yangi ish-harakatni qay darajada bajarilganligini bildiruvchilar, gapning oxirida keladi. Masalan: He is doing very well. You are walking fast. He so
earnestly desired to quit.
Ingliz tilida, ayniqsa, ravish hollarini qo’llashda e’tiborli bo’lish talab etiladi. Chunki ingliz tili qoidalari bo’yicha ular ega va kesim o’rtasida yoki kesim va predlog o’rtasida keladi. Agar kesim o’timsiz fe’ldan tashkil topgan bo’lsa, ravish holi kesimdan keyin, o’timli fe’ldan tashkil topgan bo’lsa, vositasiz to’ldiruvchidan keyin keladi. O’timli fe’ldan tashkil topgan bo’lsa, vositasiz to’ldiruvchidan keyin keladi. Masalan: “You do not need to worry about me, Louise” said John.10
Yana shuni eslatib o’tish lozimki, agar kesim predlogli fe’ldan tashkil topgan bo’lsa ravish hollari kesim va predlog o’rtasida yordamchi, modal, “to be” fe’li va asosiy fe’ldan tashkil topgan bo’lsa, yordamchi va asosiy fe’l o’rtasida keladi. Masalan: She leaned lightly against his shoulder.
Daraja-miqdor hollari har doim kesim oldida keladi: I entirely agree with you.
Agar ingliz tilida birdan ortiq o’rin hollari keladigan bo’lsa, ularni joylashtirishda joyning katta-kichikligiga e’tibor berib, avval kichik o’rin joyi, so’ng kata o’rin joyi qo’llaniladi. Masalan: I studied in a language school in England. O’zbek tilida esa buning aksi: Men Angliyadagi til maktabida o’qiganman.

__________________


10. Bo’ronov J, Hoshimov O, Ismatullayev H .” Ingliz tili grammatikasi” T. 1974.


Xulosa
O’zbek va ingliz tillaridagi sodda gap va ularning turlarini bir biri bilan qiyoslash va taxlil qilish shuni ko’rsatadiki, har ikki tilda ham gap tuzlishida gap bo’laklarining tartibida o’xshashlik va tafovutlar mavjud. Bu farqlarni bilish bir tildan ikkinchi tilga aniq va to’liq tarjima qilishni osonlashtiradi.
Kurs ishimning birinchi rejasida o’zbek va ingliz tilida gap turlari va gap tartibi haqida umumiy fikrlar yuritilgan. Ikkinchi va uchinchi rejalarda o’zbek va ingliz tili grammatikasidagi sodda gaplar, ularning turlari va tuzlishi haqida , har biriga alohida to’xtalib o’tilgan. To’rtinchi rejada esa ingliz va o’zbek tili grammatikasida sodda gaplarning o’xshash va farqli tomonlari yoritib berilgan .
Kurs ishi haqida umumiy xulosa qiladigan bo’sak , ingliz tilida ham , o’zbek tilida ham sodda gaplar tuzilishida gap bo’laklarining kata ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa Ingliz tili fanida gap tuzilishini o’rgatishda gap bo’laklariga juda katta e’tibor berish kerak. Yana , ingliz tilida so'z tartibi o’zbek tiliga qaraganda biroz muhimroqligi, gapdagi har bir so’zning vazifasini ma'lum darajada mustaqil tuslanib ko'rsatilishi yoritib berilgan . O’zbek tili so'zga so'z tartibi tuslanishi katta hajmdaligi sababli, ingliz tilida so'zlarning deyarli tuslanishi o'zgaradi va gapdagi joylashish o'rnini bir-biriga bog'lab ko'rsatadi va ingliz tilida belgilangan so'z tartibi shakli o'zgarmaydi. Bular na’munali misollar bilan yaqqol ko'rsatib berilgan . Biz gap bo'laklarini, asosan ega va to'ldiruvchining o'rnini o'zgartira olmasligimiz ko’rsatilgan . Gapdagi ega, kesim va ikkinchi darajali gap bo’laklarining joylashuvi o’rganilgan.

Download 79.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling