Мavzusidagi kurs ishi 5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) Ilmiy rahbar: Djalilova Z. B buxoro 2023 mundarija


Download 79.3 Kb.
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi79.3 Kb.
#1415359
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umarova Feruza 11.6chi.20-guruh



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI


11-6CHI - 20 guruh talabasi


Umarova Feruzaning
Zamonaviy ingliz va o’zbek tilida sodda gapning tuzilishi
мavzusidagi


KURS ISHI
5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: Djalilova Z.B


Buxoro 2023


MUNDARIJA:

1.Ingliz va o’zbek tili grammatikasida gaplarning tuzlishiga
ko’ra turlari…………………………………………………………………....3
2.O’zbek tilida sodda gap turlari va ularning yasalishi………………………10
3. Ingliz tili grammatikasida sodda gap va uning ifodalanishi……………..18
4.Ingliz va o’zbek tillarida sodda gap tuzilishining o’xshash va farqli tomonlari……………………………………………………………………….23Xulosa………………………………………………………………………….28Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….29

1.Ingliz va o’zbek tili grammatikasida gaplarning tuzlishiga ko’ra turlari


Har qanday millatning o’zligi uning tilida yaqqol namoyon bo’ladi va uning ontologik belgisi sifatida amal qiladi. Ayniqsa, bu tilning grammatik qurilishida yorqin ifodasini topadi. So’zlararo bog’lanish usullari, bog’lovchi omillarning xususiyatlari va tarkibi, gap qurilishining milliy tafakkur tarziga mos bo’lishi, gap qurilishi qoliplarining milliy o’ziga xos xususiyatlari bu hodisalarning har birini milliy ruhiyat va ong, tafakkur tarzi tushunchasidan kelib chiqqan holda va u bilan dialektik aloqadorlikda o’rganishni talab etadi.


Ingliz tili grammatikasida ham , o’zbek tili grammatikasida ham har qanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo’laklar : ega va kesim tashkil qiladi. Gap tarkibidagi Grammatik asos ( ega va kesim ) ning ishtirokiga ko’ra gaplar tuzilishi jihatidan ikki turga bo’linadi: sodda gaplar va qo'shma gaplar.
Bitta grammatik asosiga ega bo'Iib ma'lum bir fikr va his-hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo'Iib, nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar esa qo'shma gap deyiladi.1
Masalan:1) Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo'qdir bundayin ko'klam. (H. O.)
2)Til bilan dil dushman bo' Imaydi.
O'ldirmaydi qo'shiqni qo'shiq. (R. H.)
Keltirilgan misollarning birinchisi sodda gap bo'Iib, uning grammatik asosi bitta: ega va kesimdan (yo'qdir, ko'klam), ikkinchi gap esa qo'shma gap. Chunki uning grammatik asosi ikkita: ( dushman bo'lmaydi, o'ldirmaydi qo'shiq).

____________________


1.Abdurahmonov X.” O’zbek tilining amaliy grammatikasi” - T. O’qituvchi 1992.
Sodda gaplar grammatik asosning tarkibliga ko'ra ham ikki xil bo’ladi : ikki tarkibli gaplar va bir tarkibli gaplar.
Grammatik asosi ikkita bosh bo'lak (ega va kesim) dan iborat bo'lgan gaplar ikki tarkibli gaplar deyiladi. Masalan : Solihlar esga olinganda Allohning rahmati nozil bo'ladi (Tusiy). Bu gapning grammatik asosi ega (solihlar) va kesim (hosil bo'ladi) dan iborat. Grammatik asosi bir bo'lakdan iborat bo'lgan gaplar bir tarkibli gap deyiladi. Masalan: Oyni etak bilan yopib bo’lmas .Bu gapning grammatik asosi faqat kesim (yopib bo'lmas) dan iborat.
Sodda gaplar, ikkinchi darajali bo'laklarning ishtirokiga ko'ra yig'iq va yoyiq gaplarga bo'linadi. Ega va kesimdan tashkil topgan sodda gaplarning bir ko'rinishi yig'iq gapdir.
Tarkibida bosh bo'laklardan tashqari ikkinchi darajali bo'laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq gap deyiladi. Masalan: Bir guruh o’quvchilar darsdan keyin maydonchada yig’ilishdi . Bu gap bir guruh ( aniqlovchi ) , darsdan keyin maydonchada ( hol ) va yig’ilishdi ( kesim ) dan iborat. Shu boisdan bu gap yoyiq gapdir. Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik (Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan ? ). Sodda gap bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qaramaqarshi qoʻyiladi.2 Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq gap (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum gap kuzd(Joʻjani a sanaydilar); shaxsi umumlashgan gap (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz gap (Toʻrt-besh kundan keyin terimga tushiladi); atov gap yoki nomlovchi gap (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi ... Samarqand. Registon maydoni...).

________________________


2.Mamajonov A, Roziqova G. “Gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishiga ko‘ra turlari” .– Farg‘ona, 2004. 11-b.
Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo‘shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko‘rindi. Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilar, yuklamalar, ko‘makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog‘lanadi.O’zbek tilida  mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Ayrim manbaalarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosai, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Maxsus bog’lovchi vositalarsiz , asosan ohang yordamida birikkan sodda gaplardan tuzilgan qo’shma gaplar bog’lovchisisz qo’shma gaplar deyiladi: Kech kirdi, tevarak atrofga qorong’ulik tusha boshladi.
Teng munosabatdagi sodda gaplarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap deyiladi: Qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi. Ingliz tilida ham o’zbek tilidagi singari ,gap deb tugallangan fikrni ifodalaovchi sozlar yigindisiga aytiladi: Masalan: The sun rises in the east.(Quyosh sharqdan chiqadi). Gapning tarkibiga kiruvchi va birorta so’roqqa javob bo’luvchi so’zlar gap bo’laklari deb ataladi. Gap bo’laklari bosh bo’laklar va ikkinchi darajali gap bo’laklariga bo’linadi. Bosh bo’laklarga ega [Subject] va kesim [predicate] kiradi. Ikkinchi darajali gap bo’laklariga to’ldiruvchi [The Object ] , aniqlovch [ The Attribule] va hol [The Adverbial Modifire] kiradi.
Tuzilishiga ko’ra gaplar sodda va qo’shma gaplarga bo’linadi. Qo’shma gaplar bog’langan qo’shma gaplarga va ergashgan qo’shma gaplarga bo’linadi.3
Maqsadga ko’ra gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
a) Darak gaplar (Declarative Sentences): The library is on the floor. (Kutubxona ikkinchi qavatda.)
b) Soroq gaplar (Interrogative Sentences):When did you come? ( siz qachon keldingiz?)
d) Buyruq gaplar (Imperative Sent): Open the window, please.( Iltimos derazani oching.)
e) Undov gaplar (Exclamatoty Sentences): How well she sings!( U qanday yaxshi kuylaydi.)
Darak gaplar suhbatdoshga biror xabarni yetkazish uchun ishlatiladi. Ular biror faktni tasdiqlash (bo’lishli darak gaplar) yani shu faktni inkor qilish (bo’lishsiz darak gaplar) uchun ishlatiladi. Ingliz tilida darak gaplarda so’z tartibiga qatiy amal qilinadi, har bir gap bo’lagining o’z o’rni bor. Quyidagi soz tartibi ingliz tiliga xosdir.
Masalan: ega, kesim ,toldiruvchi, hol; The buyers charkered a steamer yesterday.
Bo’lishsiz darak gaplarda kesim bo’lishsiz shaklda keladi. Not inkor yuklamasi kesim tarkibidagi yordamchi ya’ni modal fe’ldan keyin qo’yiladi. Agar kesim tarkibida yordamchi yoki modal fe’l bo’lmasa do, does va did yordamchi fe’lning to yuklamasisiz shakli ishlatiladi.He does not work here. (U bu yerda ishlamaydi) ,

Download 79.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling