Мavzusidagi kurs ishi 5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) Ilmiy rahbar: Djalilova Z. B buxoro 2023 mundarija


Download 79.3 Kb.
bet4/9
Sana30.04.2023
Hajmi79.3 Kb.
#1415359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umarova Feruza 11.6chi.20-guruh

Keldi bahor, gul bahor,
Erib bitdi oppoq qor, kabi.
Ega va kesim gapning bosh bo’laklari hisoblanadi. To’ldiruvchi, aniqlovchi va hol ikkinchi darajali bo’laklardir. Ega va unga bog’lanib kelgan ikkinchi darajali bo’laklar ega tarkibini, kesim va unga bog’lanib kelgan ikkinchi darajali bo’laklar kesim tarkibini tashkil etadi. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi: yam-yashil bog’lar, oppoq, oqituvchi bilan bahslashmoq, sher oqimoq kabi. Hol ham feldan oldin joylashadi: paxtalar, to’g’ri so’z, oltin soat kabi. To’ldiruvchi fe’ldan oldin keladi: Kinoni tomosha qilmoq, tomosha qilgani keldik kabi. Aniqlovchi ega bilan, to’ldiruvchi va hol esa kesim bilan bog’lanib, mantiqiy butunlik hosil qiladi. Masalan: Biz fakultetimiz yosh havaskorlar to’garagi a’zolarining qiziqarli chiqishlarini uzoq kuzatib turdik. O’zbek tilida ega bilan kesimning shaxs va sonda moslashuvi, asosan, birinchi va ikkinchi shaxsning birlik hamda ko’plik shakllariga xosdir. Uchinchi shaxsning birlik shaklida ham shunday moslik bor. Masalan: Men keldim. Sen o’qiding. U boradi, kabi. Bu gaplarda ega qaysi son va shaxsda bo’lsa, kesim ham shu son va shaxsdadir. Uchinchi shaxs ko’plik shaklida esa ega ko’plikda, kesim birlik sonda qo’llanishi mumkin. Masalan: Bolalar paxta teryapti. Daraxtlar gulladi. Sigirlar o’tladi, kabi. O’zbek tilida gap bo’laklarining tartibi asosan erkin bo’lsa ham, ular ma’lum Grammatik

_________________


6.. Mahmudov N. “O’zbek tilidagi sodda gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya” -Toshkent 1984, 18-b.
bo’ysunadi. Gapda ega sostavi oldin, kesim sostavi keyin keladi, bazan aks xolda bo’ladi. Bu tartibda qo’llash gapning grammatik holatini o’zgartirmaydi. Masalan: Men sizning yaxshiliklaringizni hech qachon unutmayman.Unutmayman sizning yaxshiliklaringizni men hech qachon.
Hech qachon unutmayman sizning yaxshiliklaringizni men.
Gap bo’laklari tartibining o’zgarishi grammatik holatda ta’sir etishi mumkin. Chunonchi, agar yig’iq gaplarda tartib o’zgarsa, kesim egaga, ega kesimga aylanadi.
Masalan: Bir oy- o’ttiz kun. O’ttiz kun- bir oy. To’ldiruvchi bilan sifatlarning tartibi o’zgarsa aniqlovchili birikma ega va kesim munosabatini ko’rsatadi va yig’iq gapga aylanadi.

Download 79.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling