Мavzusidagi kurs ishi 5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) Ilmiy rahbar: Djalilova Z. B buxoro 2023 mundarija


O’zbek tilida sodda gap turlari va ularning yasalishi


Download 79.3 Kb.
bet3/9
Sana30.04.2023
Hajmi79.3 Kb.
#1415359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umarova Feruza 11.6chi.20-guruh

2. O’zbek tilida sodda gap turlari va ularning yasalishi
Sodda gap bir grammatik asosdan iborat bo‘lib, uning tarkibi qismlarga bo‘linmaydi. Masalan: G‘ir-g‘ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. . Qo‘shma gap esa mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq grammatik asosdan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo‘linadi. Masalan: Hali daraxtlar barg chiqarmagan-u, pushti guldastaga o‘xshab gullagan bir tup bodom qo‘shni hovlining devori osha yashnab turibdi. (P.Q.).
Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra, ya’ni bosh bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1. Bir bosh bo‘lakli gaplar; grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplardir. Masalan : Sinamagan otning sirtidan o'tma! 2. Ikki bosh bo‘lakli gaplar esa ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo‘lgan gapdir: Masalan:Zar qadrini zargar biladi.
Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: 1.Egasiz gaplar; tarkibi kesim va ikkinchi darajali bo‘laklardan iborat bo‘lgan gaplardir: Bugungi ishni ertaga qo'yma! 2. Kesimsiz gaplar: Cho‘l! ...Cho‘lning ham o‘z gashti bor, zavqi bor! (Sh. Xolmirzayev).4
EGASIZ GAPLARNING TURLARI 1. Egasi topiladigan gaplar egasini kesim orqali beriladigan so‘roq bilan topish mumkin bo‘lgan gaplardir: Qayoqqa borishni ,nima qilishni bilmas edim.(X.T.) 2. Egasi topilmaydigan (shaxssiz) gaplar: kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo‘lmagan bir bosh bo‘lakli gaplardir: Shu tor yo‘ldan Afg‘onistonga o‘tsa bo‘ladi. (K.Yashin) . Egasi topiladigan gaplar(1. Shaxsi aniq gap) kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gapdir:
________________
4. Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – T. 2004.
Ikki marta ilonlar galasiga ham uchrab qoldim. (X.T.)2. Shaxsi noaniq gap kesimi, odatda, fe’l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gapdir:Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov).
3.Shaxsi umumlashgan gap :kesimi fe’l bilan ifodalanib, umumga qaratilgan bir bosh bo‘lakli gapdir: Tilingni botir qilma, o‘zingni botir qil. (Maqol),Salobatli bo‘lma, sabotli bo‘l. (Maqol).
KESIMSIZ GAPLAR 1.Nominativ (atov) gaplar.2. Infinitiv gaplar. Nominativ (atov) gap bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning hozirgi zamonda yoki zamondan tashqarida mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh bo‘lakli gapdir: Tanish ko‘cha.Yo‘l yoqasida o‘sha novcha daraxtlar! (Sh. Xolmirzayev). NOMINATIV GAPLAR XUSUSIYATLARI 1. Aniq predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Bir chetdagi stol ustida katta- kichik limonlarning suratlari. Boshqa stolda mikroskop. Mayda shishachalarda limon suvlari, yaproq tolqonlari, limon poyalari. (J.Abdullaxonov) .2. Mavhum tushunchalarning mavjudligini tasdiqlaydi: Avazlarning hovlisida boshqa o‘ylar, boshqa tashvishlar. (P.Qodirov). 3. Turli tabiat hodisalarining mavjudligini tasdiqlaydi: Yaproqlar... yaproqlar! Quyosh shu’lasida jilva urib, cho‘g‘dek tovlanib turgan oltinrang va shafaqrang yaproqlar! Hazin va za’faron yaproqlar! O, ko‘p latofat bor sizlarda! (F.Musajonov). 4. O‘rin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi: Cho‘l! ...Cho‘lning ham o‘z gashti bor, zavqi bor! (Sh. Xolmirzaev). 5. Aniq paytini tasdiqlaydi: Mayning oxirlari.Vodiylarda barvaqt xazon bo‘lgan lolaqizg‘aldoqlar Turkiston tizma tog‘ining etaklarida endi ochilgan. (P.Qodirov). 6.Hayot voqealarini tasdiqlaydi: Yoqimli ohang, zavqli qo‘shiqlar. Anorxon yo‘lidan to‘xtab tinglaydi. (J.Abdullaxonov). 7. Ko‘rsatishni ifoda qiladi: Ana, akasi bilan yangasi turadigan imorat.Bu imorat Zeboga yaqin, aziz ko‘rinib ketdi. (SH. Xolmirzayev).
INFINITIV GAPLAR. Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Birovni kutish!Bundan azob narsa bo‘lmasa kеrak!
IKKI BOSH BO‘LAKLI SODDA GAPLARNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARNING QATNASHISHI-QATNASHMASLIGIGA KO‘RA TURLARI
1. Yig‘iq gaplar. Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. (S.Karomatov).
2. Yoyiq gaplar. Ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov).
YIG‘IQ GAPLARNING TURLARI.1.Sodda ega va sodda kesimdan iborat:Tursunboy titrab ketdi. … Tishlari g'ichirladi (S.Ahm.) 2. Sodda ega va murakkab kesimdan iborat: Azizxon qahramon bo’ldi. (S.Ahm.) 3. Murakkab ega va sodda kesimdan iborat: Hali folbin xolam bolali ayolga dori berayotganida xaltasiga ko'zim tushdi. 4. Murakkab ega va murakkab kesimdan iborat: Otalar so'zi — aqlning ko'zi. 5. Undalmali yig’iq sodda gaplar: - Hoshim, beriroq kel-chi, - dedi Otajon Azizovich. 6. Kirish so’zli yig’iq sodda gaplar: Yo'q, o'zim ketaman. (S.Ahm.) 7. Kirish birikmali yig’iq sodda gaplar. Dorug'a – shahar posbonlari sardori, bosh mirshab.
YOYIQ GAPLARNING TURLARI: 1. Sifatlovchi aniqlovchi + ega + kesim: Bunaqa o'g'lim yo'q! (S.Ahm.). 2. Ega + toldiruvchi + kesim: Bilim baxt keltirar.(Maqol). 3. Hol +ega + kesim: Tashqarida bo'ron guvillaydi. 4. Izohlovchi + ega + kesim: Dorug'a Mironshoh farmon qilmishlar.(O.Y.) 5. Qaratqich aniqlovchi + ega + kesim: Ukamning beshigi g'ichirlaydi.(O.H.) . 6. Aniqlovchi + to`ldiruvchi + ega + hol + kesim: Bu manzarani Tursunboy g'azab bilan kuzatib qoldi. (S.Ahm.).5

____________________


5. Mahmudov N , Nurmonov A.” O’zbek tilining nazariy grammatikasi” –Toshkent, 1995, 114-b.
SODDA GAPLARNING ZARUR BO’LAKLARNING IFODALANISHI YOKI IFODALANMASLIGIGA KO’RA TURLARI
1. To’liq gaplar. To‘liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi.
2. To’liqsiz gaplar. To‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi. Masalan: - Ilgari qayerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.)(To‘liqsiz gap).
SODDA GAPLARNING BO‘LAKLARGA AJRALISH-AJRALMASLIGIGA KO‘RA TURLARI
1.Bo‘laklarga ajraladigan gaplar: So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Y.).
2. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar.Bir so‘zdan tashkil topib, tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.). Agar bunday gaplar bir so‘zdan tuzilgan
bo‘lsa, u so‘z hech qanday gap bo‘lagi nomi bilan atalmaydi. Ko‘pincha bu xildagi
gaplar modal so‘z, undovlar yoki ma’no jihatdan boshqa turkumga ko‘chgan qani
rost, to‘g‘ri kabi so‘zlardan tuziladi. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, asosan, dialoglarda qo‘llanadi va shu dialogda uning mazmuni to‘liq ochiladi. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar ; tasdiq (mayli, xo‘p, albatta, ha, to‘g‘ri, darhaqiqat kabi), inkor (yo‘q, zinhor, kabi), so‘roq (to‘g‘rimi ?, rostdanmi?, a? kabi), his -hayajon, taajjub (iya, voy, voy bo‘, nahotki kabi), rasm-odat (salom, xayr, ko‘rishguncha kabi) ma’nolarini ifodalaydi.Masalan:
- Ertaroq ketsak maylimi?
- Mayli.
- Kech qolmay tezroq qayting.
- Xo‘p.
- Fikrimizga tushundingizmi?
- Xa.
- Ertaga uchrasharmiz.
- -A?
- Bu ishni uch kunda bitiramiz.
- Nahotki!
O’zbek tilida gap tarkibida gap bo’laklarining tartibi, asosan erkin hisoblanadi. Odatda, gapda ega va unga bog‘langan bo‘laklar oldin, kesim va unga bog‘langan bo‘laklar keyin joylashadi, ba’zan aksinchasi ham bo‘ladi.
Ega ko‘proq gap boshida,
kesimning asosan, gap oxirida,
hol kesimdan oldin,
to‘ldiruvchi kesimdan oldin,
aniqlovchi egadan oldin keladi.
Bu odatdagi me’yoriy tartibdir. Nutqda doim ham gap bo‘laklarining odatdagi tartibi
saqlanavermaydi, gapdan ko‘zda tutilgan umumiy fikrga qo‘shimcha ma’no, uslubiy yuk berish uchun tartib o‘zgartirilishi mumkin.So’zlarning o’rin almashishi ularning grammatik holatiga jiddiy ta’sir etmaydi. Biroq bu gap mazmuniga, uslubiy jihatiga ta’sir etadi. Masalan: Qiyoslaymiz:
.Men bozorda G’olibni uchratdim.
. G’olibni men bozorda uchratdim.
. Bozorda G’olibni men uchratdim.
Bu gaplarda o’zbek tilining o’ziga xos mantiq urg’usining qo’llanish usuli namoyon bo’lmoqda. Birinchi gapda boshqa birovni emas, aynan G’olibni uchratganim, ikkinchi gapda boshqa joyda emas, aynan bozorda uchratganim, uchinchi gapda esa boshqa birov emas, aynan men uchratganim haqidagi mazmun ifodalanyapti. O’zbek tilida mantiq urg’usini olgan so’z odatda kesimdan oldin joylashadi. Mantiq urg’usi kesimga tushganda, kesim joyini o’zgartirmaydi, balki o’z joyida yuqori ton ohang bilan aytiladi xolos.
O’zbek tilida eganing gap boshida, kesimning gap oxirida kelishi doimiy, me’yoriy hol hisoblanadi. Biroq, badiiy uslubda, shior tipidagi buyruq va undov gaplarda, ayniqsa, og’zaki nutqda ega bilan kesimning o’zaro almashinib qo’llanish holatlari ko’plab uchraydi.6 Masalan: Yashasin xalqlar o’rtasidagi baynalmilal d’ostlik!

Download 79.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling