Мavzusidagi kurs ishi 5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) Ilmiy rahbar: Djalilova Z. B buxoro 2023 mundarija


Download 79.3 Kb.
bet5/9
Sana30.04.2023
Hajmi79.3 Kb.
#1415359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umarova Feruza 11.6chi.20-guruh

Aniqlovchi birikma Yig’iq gap
Yangi bino Bino yangi(dir)
Yosh bola Bola yosh(dir)
Keng yo’l Yo’l keng(dir)
O’zbek tilida gap bolaklarining odatdagi tartibi quyidagicha: Ega asosan gap boshida keladi: Men o’qituvchi bo’laman. Ba’zi vaqtda ega payt yoki o’rin holidan keyin ham keladi: Ko’klam oftobidan yelkasiga issiq o’tgan dehqon yer boshida qo’shiq aytadi. Ba’zi holatlarda ega undov va buyruq gaplarda kesimdan keyin kelishi mumkin: Boyvachalar, eshiting, dutorni qiyvoradi bu yigit. Aniqlovchi doim aniqlanmishdan oldin keladi: O’ktam sovuq, xushtam choyini qult-qult yutib, qo’li bilan lablarini artdi. To’ldiruvchi, ko’pincha kesim oldida keladi: Masalan: Men ko’zlarimga, quloqlarimga ishonmayman. Ikki xil to’ldiruvchi ishtirok etgan gaplarda oldin vositali to’ldiruvchi, keyin esa vositasiz to’ldiruvchi keladi. Masalan: Anvar do’stlariga o’zining yangi she’rini o’qib bermoqchi. Hol, asosan kesim oldida keladi. Masalan: Men atayin sizni shoshib, qidirib keldim. Payt holi ko’pincha gap boshida keladi: Masalan: Bundan ikki yil oldin Toshmatning o’g’li Moskvaga ketgan edi.O’rin holi ham egadan oldin (payt holidan keyin) keladi: Masalan: O’tgan shanba kuni maktabda biz kamolotchilar bilan uchrashuv o’tkazdik. Ravish holi va daraja-miqdor hollari, ko’pincha, kesim oldida keladi. Masalan: Anorxon uyga tun qorong’usida yakka keldi. Yetti o’lchab- bir kes. Sabab va maqsad hollari ba’zan gap boshida, ba’zan kesim oldida keladi. Masalan: Biz paxta hosildorligini oshirish uchun kurashmoqdamiz. Tarixiy yodgorliklarni ko’rish uchun Samarqandga bormoqchimiz.


3.Ingliz tili grammatikasida sodda gap va uning ifodalanishi

Ingliz tilida sodda gap tartibi o’zbek tiliga qaraganda biroz muhimroqdir. Gapdagi har bir so’zning vazifasini ma'lum darajada mustaqil tuslanib ko'rsatadi. O’zbek tili so'zga so'z tartibi tuslanishi katta hajmdaligi sababli, ingliz tilida so'zlarning deyarli tuslanishi o'zgaradi va gapdagi joylashish o'rnini bir-biriga bog'lab ko'rsatadi va ingliz tilida belgilangan so'z tartibi shakli o'zgarmaydi.7 Buni namunali misollar bilan yaqqol ko'rsatiladigan bo'lsak, biz gap bo'laklarini, asosan ega va to'ldiruvchining o'rnini o'zgartira olmaymiz. Masalan: Mrs Winter sent the little boy wishes a missage to the next village on December day. Agar biz birinchi o'ringa vositali to'ldiruvchini qo'ysak va egani uchinchi o'ringa joylashtirsak gapning ma'nosi umuman o'zgaradi. Chunki ega bo'lib gapning boshida joylashtirilgan to'ldiruvchi va to'ldiruvchi bo'lib kelgan kesimdan keyin joylashtirilgan ega bo'lib keladi. Masalan: The little boy sent Mrs. Winter wish a message to the next village on December day.


Ozbek tilida so'z tartibidagi bu kabi o'zgarishlar ko'p holatlarda uchraydi.
Masalan: Mening opam seni opangni shaharda korgan. Shuning uchun so'z tartibi kelishiklarning aniq farqi amaliy jihatdan ega va vositali to'ldiruvchi o'rtasidagi farqning asosiy vositadir. Yuqorida gaplarda keltirilgan, misollarda keltirilishicha, ingliz tilida darak gaplarda so'z tartibi to'g'ridan to'g'ri xizmat qiladi.
l) Ega
2)Kesim
3)Toldiruvchi
4)Hol

__________________


7.Kaushanskiy B. A. A” Grammar of the English Language” – 1999
Umuman gaplarda ikki xil so'z tartibi uchraydi. 1 )To'g'ri soz tartibi '(Direct word order). 2) Teskari so'z tartibi (Inverted order of words)
Darak gapda so'z tartibi to'g'ri bo'lib ega birinchi, kesim ikkinchi, to'ldiruvchi uchinchi, hol esa to'rtinchi o'rinda keladi.
Subject+Predicate +Object + Ad Mod
Masalan: She was reading a book then.
Jane took it yesterday.
Ba'zan hol egadan oldin yoki undan keyin ham kelishi uchraydi.
Masalan: Yesterday my dad bought me a doll.
My dad bought me a doll yesterday. (my own sent)
Predlogsiz vositali to'ldiruvchi vositasiz to'ldiruvchidan oldin keladi.
Masalan: He bought me a book.
Nick wrote me a letter.
Predlogli vositali to'ldiruvchi vositasiz to'ldiruvchidan keyin keladi.
Masalan: He bought a book for me.
Undalma, kiritma so'z va kiritma konstruksiyalar gapning boshida, O'rtasida va oxirida kelib, yozuvda vergul bilan ajratiladi. O'g'zaki nuqtqda esa maxsus intonatsiya bilan ajratiladi. Shuningdek bu so'zlar gap bo'laklari hisoblanmaydi.
Masalan: You have, Fred a very pretty girl.
Ingliz tilda morfologik vositalar yetarli darajada rivojlanganligi uchun so'zlar orasidagi munosabat asosan so'z tartibi orqali ifodalanadi. Shuning uchun ham ingliz tilida, rus va o'zbek tillarida bo'lgani kabi so'zlar o'rnini almashtirish mumkin emas. Masalan: Edward looked at Rose - Rose looked at Edward.
Gapdagi Edward va Rose so’zlarning o'rnini o'zgartirish bilan ma'no o'zgaryapti. So'z birikmasi bilan gap o'rtasida farq kattadir. So'z birikmasi nominatsiya (atash) funksiyasini bajarish jihatdan so'zga yaqin turadi, va gap singari intonatsion tugalikka ega bo'lmaganligi uchun kommunikativ birlikni tashkil qilmaydi. Ega va kesim gapning bosh bo'laklardir. Ega va kesim minimal gap strukturasining asosi, gapning hokim bo'lagidir. Ega va kesim bir-biri bilan grammatik jihatdan bog'liq. Agar gapning egasi bo'lsa, uning kesimi ham bo'lishi kerak. Ega gapning shunday bo'lagiki u ifodalagan shaxs yoki narsaga kesim ifodalangan harakat, belgi yoki holat tegishli bo'ladi. Ega mutlaqo mustaqil bo'lak bo'lib, kesim ham egaga tobe va ko'p hollarda ega bilan shaxs sonda moslashadi.
Ingliz tilidagi har bir gapda avvalo ega (shaxs yoki narsa) bo’ladi. Egadan so’ng esa verb+noun ya’ni kesim+to’ldiruvchi keladi. Example: Sue bought some new shoes yesterday. Buyerda Sue (subject) va some new shoes (object).8
Kesim (bought) va to’ldiruvchi (some new shoes) odatda birgalikda keladi. Biz aytamiz: Sue bought some new shoes yesterday. (not Sue bought yesterday some new shoes).
Verb + object

He speaks English very well ( not He speaks very well English).


I like Italian food very much ( not I like very much).
Did you watch TV all evening ? (not...watch all evening TV ).
Paul often wears a black hat ( not Paul wears often…)
We invited a lot of people to the party.
I opened the door slowly.
I am going to borrow some money from a friend .
Why dou you always make the same mistake?
Where? (Qayerga?) va When? (Qachon?). Joy nomi (where?) odatda
_________________
8.Бархударов Л. С. “Структура простого предложения современного английского языка” – 1966.

vaqtdan (when?) oldin keladi. Biz aytamiz:


We went to a party last night. (not We went last night to a party)
Biz o’tgan tunda bazmga bordik. (We went last night to a party emas).



Download 79.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling