Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Kasaba uyushmalari ishchilarni xavfsiz mehnat usullariga doimiy ravishd


Download 0.62 Mb.
bet25/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Kasaba uyushmalari ishchilarni xavfsiz mehnat usullariga doimiy ravishda о‘rgatish va shu tо‘g‘risida yо‘l-yо‘riq berish ustidan nazorat qilish, nazorat qilishning uch pog‘onali nazoratini о‘tkazish, xavfsizlik texnikasi qonun va qoidalar, qо‘llanmalarning ishlovchilar tomonidan buzilishiga yо‘l qо‘ymaslik mehnat muhofazasi bо‘yicha jamoatchi nazoratchilar va tekshiruv guruhlarning ishini jonlantirishdan iborat.
Respublikamizda sо‘nggi yillarda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish tо‘g‘risida kо‘pgina hujjatlar qabul qilingan. Jumladan 1993 yil 6 may № 839-son mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risida O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Shu qonunga asoslangan holda vazirliklar va idoralar O’zbekiston kasaba uyushmasi federatsiyasi kengashi bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilishni ilmiy asoslangan standartlari, qoida va meyorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yо‘li bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarini oldini olishga oid Respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta’minlaydi, hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy ta’minlaydilar.
O’zbekiston Respublikasi sanoati korxonalarida, konsern, jumhuriyat agrosanoat davlat qо‘mitasida mehnat muhofazasini tashkil etish ishlari bо‘yicha mas’uliyat vazirlikning birinchi о‘rinbosarlaridan biriga yuklatiladi.
Vazirliklarda mahsus mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bо‘limlari mavjud. Bu bо‘limning boshqaruvchisi mas’ul kishi hisoblanadi. Boshqarmaning mehnat muhofazasini tashkil etish ishlari bо‘yicha mas’uliyat boshqarma yordamchisiga yuklatiladi, ya’ni korxonalarda korxona rahbari, bosh muhandis, sexlar va bо‘limlarda, tajriba xonalarida shu sex va bо‘limlarning boshliqlari hamda tajribaxona mudirlariga.
Javobgar shaxslarga quyidagilarni boshqarish topshirilgan:

  1. Kasaba uyushmasi tashkiloti bilan hamkorlikda mehnat muhofazasi sharoitini yaxshilash tadbirlari, rejalarini ishlab chiqish;

  2. Kasaba uyushmasi tashkiloti bilan mehnat muhofazasiga doir kelishuvni tuzatish;

  3. Ishlab chiqarish binolarining sanitariya holatini nazorat qilish;

  4. O’zlari rahbarlik qilayotgan korxonaning texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi holatini doimiy ravishda nazorat qilishi;

  5. Mavjud qoidaga asosan jomakor kiyimlar, mahsus oyoq kiyimlari, mahsus sovun va himoya moslamalari bilan ta’minlash;

  6. Ishchilar, muhandis texnik xodimlar va ma’muriy xо‘jalik ishidagi xodimlarga xavfsizlik ta’limi berish, ularning xavfsizlik texnikasi sohasidagi bilimlarini tekshirish;

  7. Ish joylarini ogohlantiruvchi yozuvlar, shiorlar va boshqa texnika xavfsizligi qо‘llanmalari va kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash;

  8. Ishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan yо‘l-yо‘riq о‘tkazishni nazorat qilish;

  9. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hamda xavfli joylarda mahsus himoya moslamalarini tashkil qilish;

  10. Mavjud qoida va kо‘rsatmalarga muvofiq qozonli qurilmalarni, bosim ostida ishlovchi qurilmalarni, nazorat hisoblash asboblarini va yuklash transport vositalarini o’z vaqtida tekshirish va rо‘yxatga olishni tashkil etish;

  11. Ishlab chiqarishda sodir bо‘lgan baxtsiz xodisalar sabablarini о‘rganish, tahlil qilish va oldini olish tadbirlarini belgilash;

  12. Belgilangan muddatda jarohatlanganlar haqidagi hisobotlarni, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga ajratilgan mablag‘larni o’zlashtirilishi haqidagi ma’lumotlarni berib turish.

Ishlovchi 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda mahsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tutiladi (lavozimlar joriy etiladi).
Korxonadagi mehnat muhofazasi bо‘yicha muhandis korxona rahbarlariga bо‘ysо‘ngan holda ish olib boradi. Mehnat muhofazasi muhandisi korxonada mehnat muhofazasining bosh tashkilotchisi hisoblanadi. U korxonada mehnat muhofazasiga doir qonunchilikning amal qilishini nazorat qiladi va oddiy ishchilardan tortib to bosh mutaxassislargacha bu borada yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish tо‘g‘risida kо‘rsatma beradi. Xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzganlarga nisbatan chora kо‘rish masalasini kо‘rib chiqadi, nosoz texnikadan foydalanishni ta’qiqlaydi. Shuningdek, u inson hayoti uchun xavfli bо‘lgan о‘rinlarda ishlashni ta’qiqlash huquqiga ega. U kasaba uyushma tashkiloti bilan birgalikda mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan xonalar va burchaklar hamda, xavfsizlik texnikasi tadbirlari bо‘yicha о‘qishlap tashkil etadi.
Mehnat muhofazasi muhandisi ishlab chiqarishda sodir bо‘lgan baxtsiz hodisalarning hosil bо‘lish sabablarini tekshirishda faol qatnashadi va ularni hisobga oladi.
Respublikamizdagi umumiy ovqatlanish sanoati korxonalarida qulay meteorolik sharoitlarini yaratish va ular bilan bog‘liq bо‘lgan kasb kasalliklarini kamaytirish borasida katta yutuqlar qо‘lga kiritilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda xonalarga issiqlik kirishini va uning ishchilarga ta’sirini chegaralash shamollatishning samarali usullarini qо‘llash, mehnat va dam olish tartiblarini muvofiqlashtirish, har xil tarkibdagi ichimlik suvlar tashkil qilish va kiyinish tartibini mukammallashtirish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va uskunalarning birmuncha mukammal turlaridan foydalanish ish joyiga issiqlik kirishini kamaytiradi. Masalan, non-qandolat sexlarida elektr pechkalaridan foydalanish va hokazolar. Ishlarni mexanizatsiyalashtirish mehnatni yengillashtiradi, quvvat sarflashni kamaytiradi, shu tariqa organizmning issiqlab ketish imkoniyatini pasaytiradi. Jarayonlarni masofadan turib boshqarish ham nurlanish manbai bilan ishchi о‘rtasidagi masofani uzaytiradi va bu ishchiga ta’sir qiladigan nurlanish kuchini kamaytiradi.
Uskunalar yuzasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan qoplash, ishchilarni nur va konveksion issiqlikdan muhofaza qiladigan himoya tо‘siqlari kо‘rishning muhim ahamiyati bor.
Ishlab chiqarishda qizigan yuzalar harorati SN-245-71 talabiga binoan 450S dan oshmasligi kerak.
Ekranlar vazifasini issiqlikni о‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplangan tо‘siqlar, pech tuynuklarini ichida suv aylanib yuradigan sovutgichli ichi kovak eshikchalar, suv tо‘siqlar yoki suv purkaladigan zanjir tо‘siqlar, issiq gazlar taptini oladigan qilib о‘rnatilgan havo tо‘siqlaridan foydalaniladi. Xonalarni isib ketishini kamaytirshda shamollatish uskunalaridan oqilona foydalanish muhim rol o’ynaydi.
Ayrim ish joylari va chegaralarida normal iqlim vujudga keltirish uchun havo dushlari tashkil qilinadi. Qator korxonalarda havoni (normal holatda keltirishda) sun’iy iqlimga aylantiradigan qurilmalardan foydalaniladi.
Mehnat qilish va dam olishni tо‘g‘ri tartibini tashkil qilish, ish kunini qisqartirish, qо‘shimcha tanaffuslar joriy etish, samarali xordiq chiqarish uchun sharoitlar yaratish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Bizning respublikamizda issiq sexlarda kо‘pgina kasblar uchun 6 soatli ish kuni belgilangan. Yoz vaqtida ishni barvaqt boshlash, kо‘p smenali ishlarda esa, issiq davrni (soat 12s dan 16 gacha) smenalar о‘rtasida bir meyorda taqsimlash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Dam olish vaqtida ishchi eng qulay sharoitlari tegishli (13-200S) haroratda dam olish uchun, mahsus о‘rindiqlar suyanchiqlar, keng, yumshoq kursilari bо‘lgan xonada xordiq chiqarishlari kerak.
Ichimlik suvi bilan ta’minlashni tо‘g‘ri tashkil qilish, yо‘qotilgan namlik tuzlar va vitaminlarni о‘rnini qoplash uchun zarurdir. Issiqlab ketish va issiqlik nurlanishining bosh va ko’zga salbiy ta’sirini kamaytirishda shaxsiy muhofaza vositalari muhim rol о‘ynaydi.

XULOSA
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, o’quvchilarni o’qitishni jadallashtirish” ko’zda tutilgan. Kasb-hunar kollejlarida oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish muammosining dolzarbligini inobatga olgan holda mazkur muammoning nazariy va amaliy jihatdan o’rganish, olingan natijalarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik tajriba-sinov ishlarining so’nggi korsatkichlariga qo’yidagi xulosalar qilish mumkin:
- Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-nazariy, zamonaviy pedagogik texologiyalari bo’yicha Respublikamizda va xorijda nashr etilgan adabiyotlar, internet saytlari hamda o’quv jarayoni tahlili asosida kasb-рunar kollejida va o’rta ta’lim maktablarda foydalanishning xozirgi axvoli va kompyuter-texnologiyalarning tadbiq qilinganlik holati nazariy va amaliy jihatdan aniqlandi va o’rganildi.
Bitiruv-malakaviy ishida oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni mashg‘ulotlarida shirin taomlar tayyorlashning о‘ziga xos hususiyatlarini, mazmuni va mohiyatini hisobga olgan holda ilmiy manbalarga taynagan holda о‘rganildi, tahlil qilindi va quyidagi xulosalarga kelindi:

  • Shirin taomlarning juda qadim davrdan buyon tayyorlanib kelinayotgan turlari va tayyorlanish texnologiyasi haqida ma’lumotlar o’rganilib, taxlil qilindi;

- Issiq, jeleli shirin taomlar va issiq ichimliklar tayyorlash jarayonlari analiz qilinib, tez va sifatli tayyorlanish jarayonlari ishlab chiqildi. Shirin taomlarni tayyorlashda xom ashyolar sifatiga e’tiborni qaratish, me’yor darajada amalga oshirilish lozimligi yana bir bor o’z isbotini topdi;
- Shirin taomiar sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlari o’rganilganda taomni sifatli qilib tayyorlash avvalombor ishchining mahorati vas hart sharoitlarning mavjudligi muhim rol o;ynashligi isbotlandi;
- Ta’limning yangi pedagogik texnologiyalari o’rganildi va taxlil qilindi;
- Tadqiqot natijasi shuni kо‘rsatadiki, ta’lim jarayonida interfaol metodlarning qо‘llanilishi mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilashga va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
- O’qituvchilar tayyorlashning yangi pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni o’quv-tarbiyaviy jarayonga tadbiq etish muammolari ko’rib chiqildi va taxlil qilindi;
- Umumkasbiy fanlarni o’qitishda yangi pedagogtk texnologiyalarni qo’llash usullari taxlil qilindi;
“Shirin taomlar tayyorlash ” mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalanish metodi asosida o’qitish uslubiyoti ishlab chiqildi va mavzu bo’yicha tarqatma materiallar, uslubiy ko’rsatmalar tayyorlandi.
O’tkazilgan natijalarga ko’ra kasb-xunar kollejlari va o’rta ta’lim maktablarda maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning faol usullarini qo’llash natijasida bo’lajak kadrlarning o’zlashtirish darajasi oshgan. Bu esa kasb-xunar kollejlarida zamonaviy kadrlarni tayyorlash jarayonida faol o’qitish usullaridan foydalanilganda o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini samarali shakllantirishga erishish mumkinligini aniqlaydi.
BMI da keltirilgan dars loyihalari kasb-hunar kolleji o’qituvchilari hamda barcha turdagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun namuna sifatida tavsiya etilmoqda.Umid qilamizki, ushbu loyihalar hamkasblarimiz uchun amaliy qo’llanma bo’la oladi.
BMI ning amaliy ahamiyati shundaki tadqiqot ishida iashlab chiqilgan va qo’llanilgan metodlarni nafaqat maxsus fanlarda balki kasb-hunar kollejlarii va o’rta ta’lim maktablarida o’tiladigan barcha fanlarda ham qo’llasa bo’ladi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling