Maxsus fanlarni o‘qitish Shakllarining umumiy tavsifi


Download 0.58 Mb.
bet4/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1352460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O\'. shakllari STAJ

Bilimlarni mustahkamlash darsi. Bunday darslarda oldin o‘rganilgan materiallar yuzasidan ta’lim oluvchilar bilan suhbatlar, tajriba-amaliy ishlar o‘tkaziladi, har xil masalalar echiladi, texnologik jarayonlar ishlab chiqish mashqlari, yozma grafik ishlar, ilgari o‘rganilgan materialni mustahkamlash va tizimga solish yuzasidan turli mustaqil ishlar (sxemalar tuzish va ularni o‘qish, jadvallar tuzish, texnikaviy hujjatlarni tahlil qilish va shu kabilar) o‘tkaziladi, kinofilmlar ko‘riladi, ta’lim oluvchilar ma’ruza va referatlar bilan chiqadilar. Bu ish davomida bilimlar esga solinadi, etarli dalillar, tushunchalar, qonuniyatlar ta’lim oluvchilar ongi va xotirasida mustahkamlanadi. Buning natijasida bilimlar ancha puxta bo‘ladi.
Takrorlash-umumlashtirish darslari. Bu darslardan ko‘zlangan maqsad – o‘rganilgan material yuzasidan olingan bilimlarni esga tushirish va tizimga solish, bu esa bilimlardagi kamchiliklarni to‘ldirishga, mavzuning, bo‘limning va butun fanning asosiy g‘oyalarini, masalalarini yanada chuqur ochib berishga yordam beradi. Bu turdagi darslar dasturdagi mavzuni yoki bo‘limini o‘rganish so‘nggida va o‘quv yilining oxirida o‘tkaziladi. Takrorlash-umumlashtirish darslariga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ularning mundarijasiga albatta ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatiga doir yangi ma’lumotlar va metodlar kiritishdir.
Takrorlash-umumlashtirish darslari ikki xil bo‘ladi: o‘qituvchi mavzuning, bo‘lim yoki kursning o‘rganilgan materiali yuzasidan umumlashtiruvchi sharhlovchi ma’ruza o‘tkazadi yoki ta’lim oluvchilar bilan kengaytirilgan suhbat tashkil qiladi. Suhbat vaqtida ta’lim oluvchilar o‘qituvchi rahbarligida umumlashtiruvchi mashqlar, yozma ishlar va boshqa topshiriqlarni bajaradilar.
Sinash-tekshirish darsi. Bu darslarda mavzu, bo‘lim yoki butun kurs yuzasidan batafsil og‘zaki savol-javob,test sinovi, yozma yoki grafik nazorat ishlari o‘tkaziladi, nazorat qurilmalari, kartochka-topshiriqlar, sharhlash-takrorlash jadvallari yordamida ta’lim oluvchilar bilimi tekshiriladi, amaliy xarakterdagi topshiriqlar bajariladi. Bunday darslardan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir ta’lim oluvchining tayyorganlik darajasini asosli baholash uchun ma’lumotlar olish, bilimlarni qanchalik ongli va chuqur o‘zlashtirilganligini, olingan uquv hamda
malakalarning qanchalik puxta ekanligini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari, bunday darslarni o‘tkazishda o‘qituvchi ta’lim oluvchilar bilimi hamda uquvidagi kamchiliklarni to‘ldiradi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling