Maxsus jismoniy tayyorgarlik Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uslubiyati


Download 93.5 Kb.
bet4/11
Sana08.01.2022
Hajmi93.5 Kb.
#240734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
jismoniy tayyorgarlik

Mutanosiblik - jismoniy sifatlarning eng maqbul, mutanosib va muvozanatga solingan tarzda rivojlantirilishi;

O'zaro bog'langanlik - tuzilishi bo'yicha badiiy gimnasti-kaning asosiy mashqlariga eng yaqin bo'lgan vositalarni qo'llash;

O'zish - texnik tayyorgarlikka nisbatan jismoniy qobiliyatlar-ning tezroq rivojlanishini ta'minlashdan iborat.

Badiiy gimnastikachilarning maxsus jismoniy tayyorgar-ligining asosiy vositalari quyidagilardan iborat:

-Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar;

-Akrobatik mashqlar;

-Klassik trenaj elementlari;

-Badiiy gimnastika mashqlari; -Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi mashqlar.

Chaqqonlikka - murakkab koordinatsiyalangan harakatlar va buyumlar bilan mashqlarni o'z ichiga olgan topshiriqlar;

Egiluvchanlikka - boldir suyagi bilan tovon suyagini birikti-ruvchi bo'g'in, tos suyagi bilan son suyagini biriktiruvchi bo'g'in, umurtqa va yelka bo'g'inlarining harakatchanliklarini rivojlan­tirishga qaratilgan mashqlar - prujina kabi cho'zilishlar, silkitishlar, tana holatlarini fiksatsiyalash (muayyan holatda qotirib qo'yish), bo'shatish;

Kuchga - qo'l, oyoq va badan raushaklari kuchini oshirishga qaratilgan mashqlar: egish va bukishlar, silkitish, aylanma hara­katlar, yugurish, sakrash, o'tirib turish va boshqalar;

Tezlikka - asosiy mashqlarni bajarishda reaktsiya, harakatlar tezligi va chastotasini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar;

Muvozanat saqlashga - murakkablashtirilgan sharoitlarda barqaror holatni saqlab turish: dinamik harakatlar, vestibulyar apparat qo'zg'algandan keyin, ko'zlar yumilgan holatda, kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan tayanch bilan bajariladi.

Chidamlilikka - charchagan holiga turli mashqlarni bajarish.

Gimnastikada maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy us-lublari quyidagilardan iborat:

-Qaytarish uslubi;

-O'zgaruvchan;

-Doiraviy;

-O'yinli;

-Musobaqalashuv uslublari.

Gimnastikachilar maxsus jismoniy tayyorgarligini tashkil etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:



  1. Maxsus mashqlar majmui;

  2. Doiraviy mashq ko'rinishida; V) Musobaqalar shaklida.

Mashqlar majmui, doiraviy mashq va musobaqalarni o'tkazishda bir jismoniy xususiyatlarning boshqasiga (ijobiy va salbiy, bevosita va bilvosita, bir tomonlama va ko'p tomonlama) ta'sirini hisobga olish kerak. Shuni ham esda tutish kerakki, chaqqonlik, tezlik va sakrovchanlik charchoq holatida rivojlana olmaydi.Toliqish ta'sirida faol egiluvchanlik ta'siri ham kamayadi. Egiluvchanlik, sakrovchanlik va tezkorlikka mo'ljal-langan mashqlarni sifatli bajarish uchun esa oyoq-qo'l chigilini yozib olish darkor.

Yuqorida aytilganlarni liisobga olgan holda jismoniy husu-siyatlarni rivojlantirish va baholashga yo'naltirilgan vazifalar quyidagi tartibda berilishi tavsiya etiladi:



  1. Qo'l oyoq chigilini yozib olish;

  2. Egiluvchanlikka mo'ljallangan mashqlar;

  3. Tezlikka;

  4. Sakrovchanlikka;

  5. Koordinatsiyaga;

  6. Muvozanatga;

  7. Kuchga;.

  8. Chidamlilikka.

Maxsus jismoniy tayyorgarlikni amalga oshirish va baholash paytida jismoniy xususiyatlarning rivojlanishiga oid maqbul (sen-zitiv) yosh davrlarini hisobga olish kerak:

Maktabgacha va 6-10 yosh Koordinatsiya va

kichik maktab yoshi chaqqonlik sust

egiluvchanlik, tezlik
O'rta maktab yoshi 11-14 yosh Kuch, sakrovchanlik,

faol egiluvchanlik,
muvozanat.
Katta maktab yoshi 14-17 yosh Kuch va chidamlilik

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling